Psixologiyasi


iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreaktiv, kommu-



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/145
tarix19.06.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#117861
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   145
OILA PSIXOLOGIYASI

iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreaktiv, kommu-
nikativ, regulyativ (boshqaruv).
Bu haqda Sharq allomalari Yusuf Xos Hojib, Ibn Sino, 
Amir Tem ur, Alisher Navoiy, Ahm ad D onish va boshqalar o ‘z 
asarlarida yozib qoldirganlar.
Albatta, bu sanab o ‘tilganlar hozirgi zam on oilasini asosiy 
vazifalarining yagona klassifikatsiyasini tashkil eta olmaydi. 
Chunki ayrim manbalarda: naslni davom ettirish, tarbiyaviy, 
xo‘jalik va o ‘zaro yordam kabi vazifalar hozirgi zam on oilasi­
ning m uhim vazifalari sifatida k o ‘rsatib o'tilgan, sotsiolog 
olimlar (U.M .Sverdlov, V.A.Ryasensov, V.P.Klyuchnikov) esa
47


inson zotini davom ettirish, bolalam i tarbiyalash va xo‘jalik 
vazifalarini farqlaydi; S.D. Laptenok xo‘jalik-m aishiy, aholi 
sonini qayta tiklash, tarbiyaviy va oila a ’zolari dam olishi — 
hordig'ini tashkil etish; N.G.Yurkevich — m a’naviy muloqot, 
seksual, bolalarni dunyoga keltirish, tarbiya jarayonidagi 
ham korlik, uy x o ‘jaligini yuritish uchun zarur vositalarni 
ta ’minlash, dam olishni tashkil qilish, o ‘zaro moddiy va m a’­
naviy qoMlab-quvvatlash; A.G. Xarchev — aholi sonini qayta 
tiklash, ijtimoiylashuv, xo‘jalik, iste’mol va dam olishni tashkil 
qilish kabilarni farqlaydi. M ana yuqoridagilardan ko ‘rinib 
turibdiki, qator oilashunos mutaxassislar tom onidan oilaning 
asosiy vazifalari turlicha klassifikatsiya qilinmoqda. Bu o ‘rinda 
oila vazifalarini shunchaki sanab o ‘tish emas, balki ularni bir 
tom ondan odam lam ing moddiy, xo‘jalik-m aishiy va ikkinchi 
tom o n dan em otsional va ijtim oiy-psixologik ehtiyojlarini 
qondiruvchi vazifalarga farqlash muhim.
Shuni ham aytib o ‘tish joizki, hozirgi zam on oilasida 
em otsional va ijtimoiy-psixologik jarayonlam i qondirish vazi- 
fasining ahamiyati ortib borm oqda. H atto sof moddiy xarakter­
ga ega b o ‘lgan vazifalarda ham hissiylik ko‘proq tus olib bor­
moqda. Hissiy, emotsional kontaktlarning ahamiyati shahar 
oilalarida kuchliroq anglanm oqda. Qishloq oilalari esa uy 
hayvonlari va tom orqa yerlarining borligi evaziga shahar 
oilalariga qaraganda jam iyatning ishlab chiqaruvchi bo‘g‘inini, 
ishlab chiqaruvchilik vazifasini ko‘proq saqlab qolmoqda.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida bugungi za­
mon oilasining asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni sanab 
o ‘tish mumkin: iqtisodiy, reproduktiv, tarbiyaviy, rekreativ, 
kommunikativ, regulyativ (boshqaruv), feliotsitologik kabilar.
OILA VAZIFALARI
1
~
• iqtisodiy;
• reproduktiv;
• tarbiyaviy;
• rekreaktiv;
kommunikativ;
• regulyativ (boshqaruv);
• feliotsitologik.
48



Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə