Mavzu: Maktabda sport bayramining ahamiyati va uning maktab o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasidagi o‘rni. Reja



Yüklə 41,87 Kb.
səhifə1/4
tarix23.12.2023
ölçüsü41,87 Kb.
#157727
  1   2   3   4
Mustaqil ish jmn 2023 yil



Mavzu: Maktabda sport bayramining ahamiyati va
uning maktab o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasidagi o‘rni.
Reja:
1.Sport bayramini o‘tkazish jarayonida pedagogik talablar.
2.Sport bayramining o‘tkazilishini rejalashtirish.
3.Sport bayramini o‘tkazishda ota-onalar qo‘mitasining roli.
Xulosa.
Adabiyotlar ro’yxati.

Vatan uchun ham, har bir oila uchun ham eng avvalo sog‘lom farzand tarbiyalanishi kerak. Hozirgi paytda statistika bo'yicha respublikamiz aholisining taxminan 30%li salomatlik garovi bo'lgan jismoniy tarbiya bilan shug’ullanadi. Achinarlisi, xotin-qizlaming bu boradagi ko'rsatkichi 6%ni tashkil etarkan, xolos. Sog'lom avlodni dunyoga keltirish, tarbiyalash, jamiyatga mos tarzda tayyorlash - bugungi kun onalariga ko‘p jihatdan bog'liq. Demak onalar, ayollar salomatligi, ularning jismonan sog'lom, ma'nan yetukligi farzandlarimiz kamoloti va jamiyatimiz rivojining bosh omillaridir.


Boy qo‘lyozmalar turli xil manbalar, ajdodlarimiz uzoq o'tmishda ham jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanib kelganligidan ogoh etadi. “Alpomish”, “Barchinoy”, “Qirqqiz”, “To‘maris” eposlarida tasvirlanishicha, o‘sha davrda ayollar jismoniy tarbiyaga nafaqat qiziqishgan, balki erkaklar bilan tengma-teng musobaqalashishgan. Kezi kelganda yelkama-yelka turib dushmanlarga qarshi jangga kirishgan... Barchinoy, Qaldirg'och, Guloyim va Qirq go'zal timsollari sharq ayolining jismoniy kamoloti va benazir layoqati borligidan darak berib turibdi. Albatta, jismonan kuchli inson ruxan sog‘lom ham bo‘ladi.
Insonning e'tiqodi kuchli, mustahkam bo'lishi bilan birga badani ham sog‘, chiniqqan, har qanday mashaqqatlarga dosh bera oladigan bo‘lmog‘i lozim. Payg'ambarimiz (S.A.V): “Kuchli mo‘min kishi Olloh xuzurida kuchsiz mo'mindan yaxshiroq va mahbubroqdir” degandilar.
Salomatlikni tiklashga xizmat qiladigan mashqlar Islom dinida ham qadrlanadi.Haj safari ham kishidan har tomonlama sog‘lom bo‘lishlikni taqozo etadi. Mo‘min yashayotgan yeridan to ka'batul- logacha piyoda yurib borishi va u yerda uzluksiz ka'batulloh atrofida aylanishi, Arofat tog‘iga chiqishi va ka'baga qaytishi zarur bo‘larkan. Bu birinchidan, kishidan mustahkam sog‘liq talab etsa, ikkinchidan jismoniy chiniqqan, sabr-bardoshli, irodali va chidamli bo‘lishga undaydi. Ayollar ham yuqoridagi barcha riyozatlami Haj safari davomida erkaklar barobarida tortishlari shart bo'ladi. Bir so‘z bilan aytganda, Islom sog‘liq uchun nimaki zarur bo‘lsa, musulmonlarga buyurgan”.
Ona bo‘lish - buyuk baxt. Ayniqsa baquvvat, sog'lom har tomonlama yetuk farzandga ona bo'lish yana katta sharafdir. Bunga erishish uchun bo‘lajak onalar avvalo sog'lom va ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishishlari lozim.
Xotin-qizlar, yosh onalarga turli xil jismoniy mashqlarni o‘rgatish, mahallalarda, oilalarda sog'lomlashtirishga doir tadbirlar tashkil qilish, tushuntirish va maslaxatlar berish lozimdek ko‘rinadi. Maktablar o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari hamda ishlab chiqarish korxonalarida sog'lomlashtirish ishlarini olib boradigan mutaxassis xodimlar tayyorlashni kengaytirish zarur. Shu bois ham maktabda o‘quvchi qizlar bilan olib boriladigan jismoniy tarbiya ishlarining ahamiyati juda katta. Maktabda olib boriladigan jismoniy tarbiya shakllariga jismoniy tarbiya darsi, darsdan tashqari olib boriladigan sog'lomlashtirish tadbirlari kiradi. Bola maktabga kelguncha 80% harakatda bo‘lar ekan. Faqat 20% uxlash, dam olish, ovqatlanish va shu kabilarga sarflanar ekan. Mana shu haftalik harakatga bo‘lgan talabning 80%ni butun 11 yil davomida o'quvchilarda saqlab qolishimiz lozim. Ma'lumki, maktabda jadval asosida o‘tkaziladigan haftada 2 soat jismoniy tarbiya darsi o‘quvchilarda harakatga bo'lgan talablaming 11%ga javob berar ekan, darsdan tashqari hamma jismoniy tarbiya tadbirlari haftalik harakatga bo'lgan talablarning 60 %gacha qoniqtirar ekan. Demak, darsdan tashqari olib boriladigan tadbirlarga katta e'tibor berilishi lozim. Bu tadbirlardan biri turli - tuman sport bayramlaridir, ayniqsa “Balli qizlar!” bayrami juda qiziqarli o'tadi. Bunday bayramlarni o‘tkazishdan maqsad va vazifalar:

  • qizlarda harakat faolligini oshirish;

  • hayotiy zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

  • o'zaro hurmat va do'stlik fazilatlarini tarbiyalashdir.




Yüklə 41,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə