Mavzu: Maktabda sport bayramining ahamiyati va uning maktab o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasidagi o‘rni. Reja



Yüklə 41,87 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü41,87 Kb.
#157727
1   2   3   4
Mustaqil ish jmn 2023 yil

Birinchi bellashuv. Qizlar komandasi 5 kishidan iborat bo'lib basketbol to'pini qo‘yilgan 8 buyumlararo olib o‘tib, to'pni korzinaga tashlash (tushirish shart) lozim, so‘ng to'pni yerga urib bir to‘p bilan o‘z komandasi tomon olib yuradi va keyingi dugonasiga topshiradi. Shu tarzda o'yin o'tadi va hakamlar hay'ati o'yinni baholaydi, g‘oliblarni aniqlaydi.
Ikkinchi bellashuv. Murakkab estafeta. Komanda 3 qizdan iborat. Qoida 10 metr. masofani sakrab o'tish. Bu chaqqonlar o‘yini ham baholanadi va g‘oliblar aniqlanadi. Umumiy hisob e’lon qilinadi.
Musiqali tanaffus. Kichkintoy qizlar gardishlar bilan raqs mashqlarini bajaradilar. Bu juda chiroyli go‘zal jajji qizlar o‘yini hammaga yoqadi va qarsaklar uzoq davom etadi.
Uchinchi bellashuv. Eng chaqqonlar estafetasi. Qoshiqda tuxumni 10 metr masofadagi chiziqqacha tez olib o‘tish va orqaga qaytish. Bu o'yinda ham komandalardan 3 tadan qizlar qatnashadilar va g‘oliblar aniqlanadi. Hakamlar hay'ati mashqni baholaydilar.
To‘rtinchi bellashuv. Har bir komandadan 3 tadan qizlar qatnashadilar. Signal bo'yicha har komandadan bittadan ko‘zlari bog’langan holda qarama-qarshi tomon yuguradilar va 3-4 m devordan berida chiziq chizilgan joyda 3 ta lattadan yasalgan koptoklami topib yig'ib oladilar va orqaga koptoklar bilan yuguradilar. O‘yin baholanadi va natijalar e'lon qilinadi.
Musiqali tanaffus. Karatechi qizlar va akrobatika guruhi mashq qiladilar.
Beshinchi bellashuv. “O‘z urf-odatlaringizni bilasizmi?” mavzusi bo'yicha uy vazifasini ko‘rsatadilar. Bu o‘yinda milliy kiyim, mehmon kutish va dasturxon bezatish ko‘nikmalari bilan har bir komanda o‘z tayyorgarliklarini ko‘rsatadilar. Bu juda qiziqarli va yoqimli ko'rsatuvlar hammaga yoqdi hamda uni bajaruvchilar yuqori bahoga ega bo'ldilar.
Oltinchi bellashuv. Bu “Bo'lajak ona” mavzusi bo‘yicha har bir komanda (uch kishidan iborat) o‘z chevarliklarini ko‘rsatishlari lozim. Qizlarning hammasida bunga mo'ljallangan materiallar va qo‘ng‘iroqlar bor. Qizlar shu qo‘ng‘iroqlarga o'lchab ko'ylak tikishlari lozim. Hakam a'zolari har stol oldiga borib qizlar ishini, chevarli ko‘nikma va malakalarini kuzatib boradilar so‘ng baholaydilar. G‘oliblar aniqlanadi hamda natijalar e'lon qilinadi.
Musiqali tanaffus. Maktabning badiiy gimnastikaga qatnashuvchi kichkintoy qizlar o‘z mahoratini ko'rsatadilar. Ular tasma va to‘p bilan erkin mashqlarni bajaradilar.

Yüklə 41,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə