Mavzu: Maktabda sport bayramining ahamiyati va uning maktab o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasidagi o‘rni. Reja



Yüklə 41,87 Kb.
səhifə4/4
tarix23.12.2023
ölçüsü41,87 Kb.
#157727
1   2   3   4
Mustaqil ish jmn 2023 yil

Yettinchi bellashuv. Sardorlar konkursi. Ular navbatma-navbat savollar va javoblardan iborat. To‘g‘ri hisobga olinadi. Savollar “Amir Temur” yili mavzusi asosida. Bu konkursda qizlarning bilim sathi, dunyo qarashi kengligi, bilimga bo‘lgan intilishi va boshqalarni ko‘rish mumkin. Hakamlar hay'ati baholami e’lon qiladilar.
Sakkizinchi bellashuv. Bu ham sardorlar konkursi. Har bir sardor bir qo‘lida pufak ikkinchi qo'lida igna. Kimning pufagi butun qoladi. Bu o‘yinda to‘rtta komanda sardorlari bo’lganlari uchun 10-“A”, sinf 10-“B” sinf hamda 1 l-“A”, sinf 11-“B” sinf sardorlari bilan bellashadilar. 10- sinf g‘olibi 11-sinf g‘olibi bilan uchrashadi. Eng chaqqon sardor aniqlanadi va umumiy to'plangan ochkolar aytiladi.
“Balli qizlar” bellashuvi yakunlanadi, so‘z hakamlar hay'atiga.

Sport bayramini o‘tkazishda ota-onalar qo‘mitasining roli.
Bunday katta tadbir “Balli qizlar” sport bayramini o'tkazishda ota- onalar qo'mitasining roli katta. Eng avvalo, pedagogik nuqtai nazardan ota-onalarni ushbu sport bayramiga taklif qilish har bir pedagogni burchi. Ota- onalar o‘z farzandlarini chaqqonlik, tezkorlik, topag'onlik va boshqa qiziqarli o‘yinlar bellashuvida ularning mehnatsevar, bilarmon va boshqa fazilatlaridan faxrlanadilar. Turli musobaqalarda ota-onalar ham obrazlarga kirib ketib, birga qatnashgandek bo’ladilar.
Ikkinchi tomondan ushbu sport bayramini rejalashtirishda ota- onalar qo'mitasidan unumli foydalanish mumkin. Masalan, ular orqali qaysidir tashkilot homiylik qilishi (sensor), ota-onalar hakamlar hay'atida qatnashishi yoki “Balli qizlar” mashqlarini tayyorlashda, turli buyumlarni yasashda va boshqalarda qatnashishlari mumkin. Buning uchun bunday bayramlar bir necha oylar oldin rejalashtirib qo‘yiladi va uzoq muddat davomida tayyorgarlik ko'radilar. Tayyorgarlik davomida ishchi guruh tuzib o‘tkazilishi to‘g‘risida ketma-ketligi, har bir mashqni davomiyligi ulaming oralig'i, bellashuvda mashqlami baholash kriteriysi, qatnashuvlaming formalari va emblemalari ham baholanishi to‘g‘risida bir necha marta muhokama qiladilar.
Sport bayramiga yakun yasash.
“Balli qizlar” sport bayramining so‘nggi bellashuvi ham o‘tdi. Hakamlar hay'ati o‘z baholarini hamda natijalari bo‘yicha yig'ilgan ballar jamini ko‘rsatdilar.
Bayramni olib boruvchi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi so‘zni maktab direktoriga beradi.
Direktor “Balli qizlar” bellashuvida qatnashganlarni tabriklab hamma taklif qilingan mehmonlarga, ota-onalarga qarab shunday deydi: Aziz tomoshabinlar, hammamiz birgalikda “Balli qizlar” bellashuvining guvohi bo‘ldik. Qizlaming ustabilarmonligi, topag'onligi, tezkor va chaqqonligi, mehnatsevarligi va irodasi, do‘stlik, hurmat va izzat qizlarning salomatligi va go‘zalligi hamda boshqa chiroyli, yoqimli fazilatlarini ko'ryapmiz. Ular bizni juda xursand qildilar, hatto ayrim onalarimizning xursandlik ko‘z yoshi ham ko‘rindi. Albatta hamma musobaqalarda g'oliblar va yutqazganlar bo‘ladi. Hakamlar hay'ati natijalarni e’lon qiladilar. Lekin, mening fikrimcha, bugungi qiziqarli bellashuvlarda hamma qizlar g‘olib chiqdilar, chunki ular “Salomatlik” dori-darmonlari bilan ta'minlandilar. Kuchga-kuch, quvvatga-quvvat, yuzlariga tabassum qo'shildi. “Balli qizlar” sport bayramining maqsad va vazifalari ham shunda. Bunday sport bayramlarini tez-tez o‘tkazib turish zarur. Yana bir bor sizlami ushbu bayram bilan tabriklayman!
Sizlarga sihat-salomatlik, o'qishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman, sizlarga baxt va omad yor bo'lsin.
Direktor so'zlaridan so‘ng “Balli qizlar” bellashuvida qatnashgan barcha qizlarga qimmatbaho sovrinlar berildi. Musiqa yangraydi, hamma o'quvchilar, o‘qituvchilar, onalar raqsga tushadilar. O'ylaymizki, bu sport bayramini o‘quvchilar ko‘p vaqt eslab yuradilar.
Xulosa
Sport bayrami yakunlandi. Lekin o'quvchilar ketmadilar. Musiqaga o‘quvchilar o‘ynaydilar, mashqlarni muhokama qiladilar, talashadilar, ya'ni bellashuv ematsional tarzda davom etmoqda. Bunday bayramlar bo'lmaganda har bir chorakda bir marta o'tkazilsa, maqsadga muvofiq bo'lar edi. To‘g‘ri, bunga katta tayyorgarlik, vaqt kerak. Lekin bozor iqtisodiyoti o‘z ta'sirini ko'rsatmoqda. O‘quvchilarga sinfdan tashqari o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya ishlariga juda kam to'lanadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak, o'quvchilar tashabbuskorligi, bolalar salomatligi uchun qo'shimcha ishlarni bajarishga qarashlari sust.
Lekin bunday bayramlardan keyin o'quvchilar uzoq vaqt eslab yuradilar, yaxshi kayfiyatda bo‘ladilar, kuchga kuch, g‘ayratga-g‘ayrat qo'shiladi, jismoniy tayyorgarliklari, harakat miqdori oshadi, salomatligi mustahkamlanadi.
Bu esa “Soglom avlod uchun” istiqbol dasturini amalga oshirish uchun o‘ziga yarasha omildir.




«5



Yüklə 41,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə