Mavzu: Maktabda sport bayramining ahamiyati va uning maktab o‘quvchilarning jismoniy tarbiyasidagi o‘rni. Reja


Sport bayramini o‘tkazish jarayonida pedagogik talablar



Yüklə 41,87 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü41,87 Kb.
#157727
1   2   3   4
Mustaqil ish jmn 2023 yil

Sport bayramini o‘tkazish jarayonida pedagogik talablar.
Bu qiziqarli sport bayrami samarali o'tishi uchun juda katta tayyorgarlik kerak va jiddiy qarash lozim. Bayram bellashuvida o‘rta va yuqori sinflar qatnashishi mumkin. Masalan, 10-11 sinflar yoki 8-9 sinflar o'zaro bellashishlari mumkin. Bu masala oldindan tayyorlanib pedagogik kengashda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. “Balli qizlar” bayramida pedagogik jamoa qatnashishi maqsadga muvofiqdir, sinf rahbarlari nazorati ostida o‘quvchilar bayramga, musobaqalashishga tayyorgarlik ko'radilar. Har bir beriladigan vazifalar ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirishni bayon etishi lozim.
Sport bayramlari o‘quv yili davomida tarixiy sanalarga (vaqtlarga) bog'langan holda o'tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, “Xotin- qizlar kuni”ga, “Navro‘z” bayramiga, “Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni”ga, “Konstitutsiya kuni”ga, “Jismoniy tarbiya va sport kuni”ga, “Salomatlik kuni”ga va h.k. bag‘ishlangan sport bayramlarini o‘tkazish mumkin. Demak, har bir chorakda bayramlarni rejalashtirish maktabda jismoniy tarbiya va sport masalalarini ko'tarish hamda yaxshi yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu bayramlarni samarali o‘tkazish uchun birinchi navbatda tashkiliy qo'mita tuziladi. U bayram dasturini ishlab chiqadi hamda reja ssenariysini tuzadi va shu mo'ljallangan bayramga butun tayyorgarlik uchun kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha rahbarlik qiladi.
Ishlab chiqilgan sport bayram dasturi asosida hay’at guruhlar o‘z ishlariga jiddiy tayyorgarlik ko'radilar. Maxsus tuzilgan ishchi guruh bayram o‘tkazish joyida bezatishga katta e'tibor bilan qaraydilar. Ayniqsa maydonchalar, sport xonasi va boshqalar kerakli sport anjomlari, buyumlar, kasbiy materiallar va boshqalar oldindan tayyorlangan bo'lishi zarur.
Sport bayramining o‘tkazilishini rejalashtirish.
Sport bayramini o'tkazish uchun tuzilgan qo‘mitaga maktab direktori, jismoniy tarbiya o'qituvchilari, ota-onalar, jismoniy tarbiya bo'yicha aktivistlar va aktiv sportchilari kiradilar. Ular bayram ssenariysini va dasturini ishlab chiqadilar hamda hay’atlar guruhini tuzadilar. Undan tashqari har bir qo’mita a'zolari orasida qilinadigan ishlarni hamda vazifalarni yuklaydi.
Sport bayramini yuqori saviyada o'tkazish uchun maxsus vakolatli shaxslar guruhi (komissiya) tuziladi: texnik-moddiy ta'minlash guruhlar bayramning ochilish joyi, musobaqa o‘tkazish joyi, kerakli buyumlar va sport anjomlari bilan ta'minlaydi; bellashuvlar o‘tkazish joyini bezatish uchun maxsus madaniy guruh:
- ular turli plakatlar, rasmlar, albom, atributlar, emblema, bayroqchalar, raketalar, koptoklar va boshqalarni tayyorlaydilar; musiqaviy badiiy rahbar she'r, ashula, musiqalarni tanlaydi va kerak bo‘lsa, tuzatadi shu kabilar, yana bir guruh:
- bu jismoniy tarbiya o‘quvchilari - ular bellashuvi dasturi, hay'at a'zolariga musobaqa bayoni bilan ta'minlaydi va shu kabilar.
Yuqorida qayd etilgan maxsus vakolatli shaxslar guruhi “Balli qizlar” bellashuvini o'tkazish ssenariysi tuziladi, aniq o'tkazish vaqti, mashqlar, musobaqalar, o'yinlar ketma-ketligi hamda har bir o'yinda javobgar shaxslar ko'rsatiladi (tajriba yuzasidan). Masalan: Buxoro shahar, 20-maktabida “Navro'z” kuniga bag'ishlangan “Balli qizlar” bayramini tashkil qilish va o'tkazish dasturi tuzildi. Bu dastur asosida ssenariy yozildi. Shu borada birinchi navbatda ishchi guruhi tuzildi. Ular 5 kishidan iborat ishchi guruhni tashkiliy ishlari quyidagilardan iborat: bayram o‘tish joyini bezatish (plakatlar, devoriy gazetalar, she’rlar, turli bayroqchalar, pufaklar va h.k.lar).
Bulardan tashqari sport bayramida kerak narsalarni hamda samarali o‘tkazish uchun zarur buyumlarni ham ishchi guruh a'zolari ta'minlaydilar. Ishchi guruh ishlarini nazorat qilish maktab direktori, harbiy rahbar va jismoniy tarbiya o'qituvchisi boshqarib bordilar.
“Balli qizlar” bayramini jismoniy tarbiya o'qituvchisi olib boradi. Musobaqa jarayonida vazifalarni qizlar tomonidan bajrilishini va g'oliblarni aniqlash uchun hakamlar hay'ati ishlaydi.
Musiqa kuylaydi. Mehmonlar to'la. Marsh musiqa ostida birin- ketin 10a, 11b, 10v, 10b, lla, 11v-sinf jamoasi chiqadilar va belgilangan joyda saflanadilar.
Maktab direktori ularni tabriklaydi va bugungi bellashuvda, o'qishda, shaxsiy hayotida omad hamda baxt tilaydi. Tantanali kecha- sport bayramini ochilishiga ruxsat beradi.

Yüklə 41,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə