Reja: Suzish jismoniy tarbiyaning bir turi. Suzishning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Maktab va oliy o’quv yurtlarida suzish darsini tashkil qilish. Suzish fanining sog’liq uchun ahamiyati. Tayanch tushunchalar



Yüklə 48,5 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü48,5 Kb.
#152113
1404294065 52521


Suzish fanining ilmiy-nazariy asoslari


Reja:

  1. Suzish jismoniy tarbiyaning bir turi.

  2. Suzishning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.

  3. Maktab va oliy o’quv yurtlarida suzish darsini tashkil qilish.

  4. Suzish fanining sog’liq uchun ahamiyati.



Tayanch tushunchalar:
Anatomiya, fiziologiya, arxeologiya, geografiya, gigiena, pedagogika, psixologiya, fizika va h.k. muskul, bo’g’imlar, markaziy nerv sistemasi ta’siri, suvning harorati, suvning tozaligi, suvning gigienik holati, tashqi muhit, ajdodlarimizda suzish, odamning suvga moslashish, yoshga qarab suzish, o’rta va katta yoshdagi bolalarning suvda suzishi va h.k.

Jumhuriyatimizda jamiyatning barcha sohalarini yangilash, rivojlantirish, ildamlantirish jarayoniga faol kirishilmoqda. Bu yo’lda jismoniy tarbiya va sport ilmiga ham katta ahamiyat berilmoqda. Bejiz emaski, hukumatimizning qarorlarida jismoniy tarbiya va sportning aholi keng qatlamlari o’rtasida yanada keng yoyish umumdavlat ishi, barcha xo’jlik va jamoat tashkilotlari mehnat jamoalarining burchi ekanligi ta’kidlangan. Kishilarda sog’lom turmush tarzining shakllantiruvchi yangidan-yangi aniq vazifalar belgilab berilgan. Hozirda, ayniqsa, bolalarni go’daklikdan boshlab yalpisiga va mustaqil jismoniy mashg’ulotlarga keng jalb qilish, chiniqtirish, xususan, sog’lom, baquvvat, chidamli chaqqon bo’lib o’sishlariga jiddiy e’tibor berish juda zarur.


Hurmatli yurtboshimiz Islom Abdug’anievich Karimov aytganlaridek: «Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, donov va albatta, baxtli bo’lishlari shart».
Hozirgi kunda hamma ishonch e’tibor yosh avlodga va sportga qaralayapti. Ya’ni hozirgi kunda qaerga bormaylik yangidan-yangi sport ishootlarini zallarni, futbol maydonlarini, tennis kordlarini, suzish havzalarini va hokazolarni uchratamiz. Bunda biz Prezidentimizni yana bir jumlalariga e’tibor qaratamiz, «Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur». Shunga o’xshash e’tiborli jumlalar ko’p. Biz bilamizki, davlat bayrog’i faqat ikki narsa uchun yuqoriga ko’tariladi, birinchisi yurtimizga boshqa davlat prezidenti tashrif buyurganida prezident hurmati uchun, ikkinchisi sportchi nufuzli musobaqalarida qatnashib, yuqori o’ringa chiqqanida (1 o’rinni olganda) davlat bayrog’i ko’tarilar ekan. Bas, shunday ekan, bizlar ham jismoniy tarbiya va sportni yuksalishiga loqayd bo’lmasdan o’z hissamizni qo’shishimiz shart va lozim.
Suzish bilan shug’ullanish jismoniy mashqlarning eng foydali turlaridan hisoblanadi. Bejizga Prezidentimiz, «Hech narsa mamlakatni sportchalik uning shon-shuhratini dunyoga tanita olmaydi» demaganlar.
Suzish odatda anatomiya, biologiya, fiziologiya, pedagogika, psixologiya, biomexanika, bioximiya, tibbiyot va boshqa fanlar bilan uzviy bog’lib bo’lib, bu bilan biz quyida kurs dasturini bayon qilish davomida tanishib boramiz.
Suzish darsining vazifasi inson uchun hayotiy zarur bo’lgan suzishni o’rgatish va odam organizmini chiniqtirish va sog’lig’ini mustahkamlashni o’z ichiga oladi.
Geografiya, botanika va zoologiya kurslaridan ma’lumki, bundan taxminan 2-3 mlr. yil ilgari er kurrasi yuzasi ko’p qismi suv bilan qoplangan. Hozir esa er kurrasining 70,8% ini suv tashkil etadi. Geologiya fanidan ma’lumki, tabiatda suv juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. U tog’ jinslarini parchalab, eritib, erigan tog’ jinslarini va boshqa moddalarni oqizib kelib tuproq qatlamini hosil qiladi. Dstlabki eng soda organizmlar xuddi ana shu suv bag’rida paydo bo’lgan va yillar o’tishi bilan asta-sekin quruqlikda qolib hayot vujudga kelgan botanika va zoologiya Fani ham buni tasdiqlaydi.
Arxeologik qazilmalardagi suratlar, qadimgi kishilar Dafn etilgan joylarda topilan ashyollar shundan dalolat beradiki, ibtidoiy jamoa davrida erkaklar ovqat topish uchun suv havzalariga borib suv hayvonlarini ov qilgan, baliq tutganlar, qabila-qabila bo’lib suv ostidan kemalarga hujum qilganlar, buning uchun, albatta, suzishni bilganlar. Bunday olib qarasak, suzish sporti qariyb hamma fanlar bilan uzviy bog’liq ekan. Suzish sportiga asosan yuqorida ko’rsatib o’tgan fanlar uzviy bog’liqdir. Agarda ko’rsatilgan fanlarning birini qoldirib ketsak, suzish tarixini, rivojlanishini biz yaxshi ocha olmaymiz, chunki hamma fanlar bir-biri bilan uzviy bog’liq.
Suzish dars sifatida jismoniy tarbiya oliy o’quv yurtlarining o’quv dasturiga va jadvaliga kiritilgan. O’rta maxsus bilim yurtlarining jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturlarida majburiy fakul’tativ kurs sifatida o’rin olgan. Maktablarda sharoitga qarab jismoniy tarbiya darslarida suzishga o’rgatish bo’yicha mashg’ulotlar olib borilmoqda. O’z maktabida sharoit bo’lmasa yaqin atrofdagi basseynlar ijaraga olinmoqda yoki yoz oylarida ochiq suv havzalarida va bolalar dam olish oromgohlarida suzish mashg’ulotlari o’tkazilmoqda. Bu ishlarning hammasi davlat dasuriga muvofiq tasdiqlangan rejalar asosida olib boriladi. Chunki bizning jismoniy tarbiya sistemamizda suzish asosiy o’rinni egallaydi. Shu sabab boshqa jismoniy mashqlar qatori suzish ham jumhuriyat jismoniy tarbiya kompleksiga kiritilgan. Ikkinchi sabab suzishdagi tarbiyaviy ishlar butun mashg’ulot jarayonida olib borilib bolalarning kollektivizm ruhida ongli, intizomli, tashabbuskor, sabot-matonatli, jasur dadil va irodali bo’lib o’sishiga katta ta’sir ko’rsatishi biz uchun juda muhim ahamiyatga molikdir.
Ma’lumki, suzish jismoniy tarbiyaning bir turidir, bas, shunday ekan, badanni jismonan chiniqtirishda organizmni yanada sog’lomlashtirishda uning foydasi beqiyosdir. Chunki bolaning ham, katta kishining ham suvda suzganda bir necha emas, balki barcha mushaklari sistematik harakatga tushadi. Binobarin odam gavdasi bir butun holda mutanosib rivojlanadi. Bejiz emaski, suzish bilan muntazam shug’ullanib kelayotgan bolaning bo’g’inlari harakatchan, mustahkam, bir me’yorda harakatlanadigan, paylari, mushaklari yaxshi taraqqiy etgan bo’ladi. Ayniqsa, odam gavdasining suvda gorizontal holda harakatlanishi uning tik turib bajargan harakatlaridan ma’lum darajada farq qiladi. Binobarin bolaning tik turib, yurib, yugurib-yugurib bajargan mashqlari uning pay mushak va bo’g’inlariga bir tomondan ta’ir ko’rsatsa, suvda suzib bajargan mashqlari unga ikkinchi tomondan ta’sir ko’rsatadi. Gavdaning rosa va asl bo’lib rivojlanishida, ayniqsa, umurtqa pog’onasining qiyshayib qolishi (skolioz)ning oldini olishda suzishning ahamiyati juda kattadir. Shu sabab ham suzish umurtqa pog’onasi kasalliklarini davolashda keng tavsiya qilinadi.
Suvda suzish organizmni chiniqtirish manbai hamdir. Buni, albatta, dastlab suv muolajalaridan keyin boshlash kerak. Chunki suv o’zinig fizik xossalari, ya’ni issiqlikni o’ta o’tkazuvchanligi, katta issiqlik sig’imiga ega ekanligi va teriga mexanik ta’sir ko’rsatishi bilan suvda o’rganmagan organizmni shamollatib qo’yish mumkin. Suv muolajalarini xususan, ularning turlarini muntazam ravishda har kuni muayyan shart-sharoitda bolaning yoshiga, sog’lig’iga qarab bajarish kerak. Suv muolajalariga suv vanalari, dush badanni hul sochiq bilan artish, boshdan suv quyish, ho’l choyshabga o’ralish kabilar kiradi. Badanni hul sochiq bilan artganda suv unga engil-elpi ta’sir ko’rsatadi, tetik, bardam qiladi. Qon aylanishini moddalar almashinuvini oshiradi. Ho’l sochiq bilan artinish muolajalari kattaroq yoshdagi bolalargagina lozim va bu aksariyat davolash profilaktika maqsadlarida bajariladi. Chunki badanda tana haroratidan past harorat tegib turgach teridagi mayda kapillyar tomirlar torayadi, natijada issiqlik yo’qolishi kamayadi. Qon oqimiga bo’lgan qarshilik oshadi. Qon bosimi bir qadar ko’tariladi va oqibati yurakka zo’r keladi, uning urishini tezlashtiradi. Bular va yana nerv sistemasining ta’sirlanishi mushaklar tonusining oshishi, qon oqimining tezlashishi hammasi bir bo’lib moddalar almashinuvini yaxshilaydi.
Suzishga o’rgatishni odatda, 4-5 yoshdan boshlash mumkin. Hozir esa ayrim maxsus sport uyushmalarida hatto chaqaloqlikdan boshlab ham suzish o’rgatilmoqda. Tibbiyotchilarning fikricha, bu jarayon bola organizmiga yana ham foydali ta’sir qilar ekan. Agar bolaning paylari mushaklari, qayishqoq, bo’g’imlari moslashuvchan, gavdalari egiluvchanligini hisobga olsak, kam deganda uni suzishga 7-8 yoshdan sport mashqlarini 9-11 yoshdan boshlagani ma’qul, shunda bola sog’lom va baquvvat bo’lib o’sadi. Turmushda, hayotda jismoniy ishlarda pand emaydi.
Ko’pchilikka ma’lum kishiga jismoniy tarbiya, jumladan, suzish ko’p dori darmonlardan ko’ra foydaliroqdir. Chunki sovuq suvga o’rgangan chiniqqan bola organizmi sovuq shamoldan, elvizakdan, ob-havoning dambadam sovib-isib turishidan, namlikdan qo’rqmaydi, ularga tezda moslashib oladi. Bunday sovuq omillar ham uni bezovta qila olmaydi.
Suzishning nafasga ta’sirini aytmaymizmi, odam suvda suzayotganda beixtiyor nafasga zo’r keladi. Agar suzayotgan kishi havoni o’pkasiga tez olib uzoq-uzoq chiqarsa, uning nafas maromi to’g’ri bajariladi va o’pkaning hayotiy sig’imi borgan sari ortib boraveradi. Bu esa, o’z navbatida, har xil o’pka kasalliklaridan, halloslab qolishlardan saqlaydi. Yana eng keragi bola organizmi kislorod tanqisligiga ko’nikib boradi, o’rganadi.
Suzayotgan kishining gavdasi odatda, gorizontal holatda bo’ladi. Binobarin uning ichki a’zolari ham xususan, yurak ham shu holatni oladi. Bu esa uning ishini engillashtiradi. Shu jihatdan olib qaraganda odam tik truib mashqlar bajargandagiga qaraganda suvda suzganda yurakka nisbatan kamroq zo’r keladi. Kezi kelganda shuni ham aytib o’tish kerakki, suvga tushganda tik turmay harakatlanish lozim. Bola organizmiga suvdagi tinch holat emas, harakat holati zarur. U qancha ko’p harakat qilsa shuncha ko’p foydali bo’ladi. Suzishning boshqa suv muolajalaridan farqi va sog’lomlashtirish omilining harakatidadir. Shunda suvning organizmga sovuq ta’siri ham sezilmaydi.
Suzishning sport turlaridan biri bo’lib jahonga tarqalishiga dastlab uning organizmni sog’lomlashtiruvchi ta’siri turtki bo’lgan. Endi vaqti kelib suzish sportning eng ommalashgan ko’rinishi sifatida o’zining ma’lum bosqichlariga ega bo’ladi.
Adabiyotlar

  1. Sobirova O. Bolalar suzishni o’rganing. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1987.

  2. Firsov Z.T. Plavat’ ran’she chem xodit’. 2.izd. Fizkul’tura i sport. – Moskva: 1980.

  3. Sobirova O. Suzish san’atini o’rgan. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1989.

  4. Sobirova O. Suzish. – Toshkent: «Ibn Sino» nashriyoti, 1993.

  5. Tangirov Y., Levitskiy A.N. Suzish. – Toshkent: «Meditsina» nashriyoti, 1986.

  6. www.ziyonet.uz

Yüklə 48,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə