Qadimgi Sharq adabiyoti haqida tushuncha bering


shakliy rang-baranglik, uslubining nafisligi, ixchamligi, sodda va ravonligi –



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/67
tarix11.06.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#89352
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67
JAHON ADABIYOTI

shakliy rang-baranglik, uslubining nafisligi, ixchamligi, sodda va ravonligi – 
ulug‘ shoir tomonidan Rim she’riyatiga kiritilgan yangiliklarning yorqin 
namunasidir. Shoir o‘z ijodiga yakun yasab, “Qasidalar” uchinchi 
majmuasining “Haykal” nomli mashhur 30-qasidasida Rim she’riyatining 
taraqqiyoti yo‘lidagi buyuk xizmatlarini, inchunin, lirik shoir sifatida abadiy 
barhayot qolajagini e’tirof etar ekan, g‘urur bilan yozilgan bu so‘zlarda hech
qanday mubolag‘a bo‘lgan emas. Ulug‘ rus shoiri A.S.Pushkinning mashhur 
“Haykal” she’rining yaratilishiga Goratsiyning “Haykal o‘rnatdim men” (“Exegi 
monumentum”) qasidasi turtki bo‘lgan. Ruschada uni “Pamyatnik 
nerukotvorniy”, “Poxvala pissam” deya atashgan. Antik davrning bu


20 
qasidasidan ilhomlangan M.Lomonosov, G.Derjavin, V.Kapnist, A.Vostokov, 
S.Tyutchev kabi XVIII asr mualliflari ham haykal mavzusida o‘z qasidalarini 
yozishgan. Ammo faqat Pushkinning qasidasi davrlar osha sevib o‘qilmoqda 
15.
 
Rim adabiyotining “oltin davri”da kimlar yashab,ijod etganlar? 
 
Oltin asr 
Rim she’riyatining oltin asri m.o. I asrning o‘rtalaridan melodiy I asrning 
boshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda Rim tarixining muhim 
voqealari sodir bo‘ldi. Fuqarolar urushi davomida m.o. 31-yili Aksium 
yaqinidagi jangda siyosiy arbob va sarkarda Mark Antoniyning qo‘shini, 
keyinchalik Avgust faxriy unvonini olgan Oktavian askarlari tomonidan tor-
mor etildi. Oktavian Avgust Rim imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi. 
Rim adabiyotining bu davrida publitsistika gullab-yashnadi, buyuk Rim 
shoirlari – Goratsiy, Vergiliy, Ovidiylarining she’riy asarlari yozildi. Goratsiy 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə