Motsart va Betxoven kabi kompozitorlarni yetishtirdi. XVIII asr nemis
ma’rifatchilik adabiyoti o‘z xalqiga milliy birlik, o‘z kuchlariga ishonch,
adolatga intilish kabi tuyg‘ularni singdirdi.
Nemis ma’rifatchilarining asosiy vazifasi – mamlakatni milliy jihatdan
birlashtirish. (Fransiyada inqilobga tayyorlash bo‘lgan). Bu davrda falsafa juda
ham ravnaq topadi. (Kant, Fixte, Gegel). Yozuvchilar o‘z asarlarida falsafiy
masalalarga keng o‘rin berdi.
Gotxolpd Efraim Lessing (1729–1781). Germaniyaning 60-yillar adabiy
hayotida Lessing yyyetakchi o‘rin egallaydi. U zamonasining ulug‘ mutafakkiri,
iqtidorli tanqidchisi, adabiyot va san’at nazariyotchisi, shoir va dramaturgi edi.
Lessing adabiyotni hayotga yaqinlashtirdi, unga ijtimoiy yo‘nalish baxsh qildi.
U yangi nemis adabiyotiga asos soldi, Shiller va Gyotelar Lessingning shogirdi
edilar.
XVIII asrning 50-yillarida Lessing she’rlar, masallar va o‘zining birinchi
tragediyasi “Sara Sampson xonim” (1755) ni chop ettirdi.
Shiller (1759–1805). Ulug‘ nemis shoiri va dramaturgi Fridrix Shiller 1759-yili
Marbah shahrida (Vyurtemberg gersogligi) harbiy feldsher oilasida tug‘ilgan.
1773-yili 14 yoshlik Shiller harbiy bilim yurtiga (keyinchalik harbiy
akademiyaga) o‘qishga berildi. Vyurtemberg gersogi Karl Yevgeniy tashkil
qilgan ushbu o‘quv yurtida bo‘lajak shoir nemis sharoitining qorong‘i
tomonlari bilan to‘qnashgan edi. Harbiy akademiyada zobitlar, tibbiyot
xodimlari va huquqshunoslar tayyorlanardi. Akademiyada Shiller o‘zining ilk
ijodini boshladi. 1776-yili shoirning “Oqshom” she’ri chop etildi, shu yerda
birinchi dramatik asari “Qaroqchilar” ustida ish boshladi. Tragediya 1781-yili
yozib tugatildi va tez orada Mangeym shahri teatrida sahnaga qo‘yildi va
Dostları ilə paylaş: |