Qarshi Muhandislik-Iqtisodiyot Instituti Geologiya va Konchilik ishi fakulteti Ekologiya va Mehnat muhofazasi kafedrasi



Yüklə 119,9 Kb.
səhifə6/7
tarix11.02.2023
ölçüsü119,9 Kb.
#100649
1   2   3   4   5   6   7
KURS ISHI (2)

. XULOSA
Fransuz olimi Montesks Sharl Lui «Qonunlar ruhi to`g`risida»gi (1748) asarida tabiatda va hayotda iqlimning barcha kuchlardan ustun ekanligini ta’kidlagan. Ob-havo va iqlim qadimdan sivilizatsiya rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatib kelgan. Bugungi kunda ham ular insoniyatning hayotiga va faoliyatiga katta ta’sir o`tkazmoqda. To`g`ri, hozirgi zamon fan va texnikasi atmosfera, okeanlar va ichki suvlarda sodir bo`layotgan jarayonlarni oldindan aytishga imkon beradi. Bu ma’lumotlar odamlarning xavfsizligini ta’minlash va global miqyosdagi atrofmuhitni muhofaza qilish uchun zarurdir. Lekin shuni aytish kerakki, keyingi yuz yillikdagi texnologik taraqqiyot insoniyatni iqlimning roli ozaydi, degan xatarli xulosalarga olib keldi. Bunga XIX-XX asrlarda yer sharining katta qismlarida nisbatan barqaror iqlim sharoitining hukm surganligi sabab bo`lgan. Qizig`i shundaki, insoniyatning keyingi ikki yuz yillik davri davomida ilm, fan va texnikani rivojlantirish sohasida erishgan ulkan yutuqlariga qaramasdan, u hamon iqlimiy sharoitlarga bog`liqlikdan xalos bo`la olmayapti. Ustiga-ustak iqlimning inson xo`jalik faoliyatining barcha qirralariga, jumladan, qishloq xo`jalik mahsuldorligi, energetika, transport harakati, texnika va texnologiyalardan foydalanish va boshqa sohalarga ta’siri yanada kuchliroq bo`lmoqda. Iqlim sharoitining inson psixo-fiziologik holatiga va uning sog`lig`iga ta’siri ham kuchayib bormoqda. Iqlim sharoiti tobora ijtimoiy va siyosiy ahamiyat kasb etmoqda. Fan va texnika taraqqiyoti hozirgacha insonni tabiiy sharoitning ta’siridan to`liq himoya qilmayapti. Insoniyat faoliyati esa ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga 24 erishishga yo`naltirilgan va bu tabiatga shu darajada ta’sir etishini boshlaganki, XXI asrda ob-havo va iqlimni butunlay o`zgartirish mumkin. O`tgan asrning 60-yillari o`rtalaridan Saxelladagi (Afrika) dahshatli qurg`oqchiliklar, suv toshqinlari va qurg`oqchiliklarning tez-tez bo`lib turishi, shuningdek, Yevropa, Amerikada uzoq vaqtdan buyon kutilmagan qahraton qishning takrorlanishi jiddiy xavotir uyg`otdi. Ayniqsa, keyingi o`n yillikda insoniyat global antropogen isish, deb ataluvchi hodisaga uchragan. Hamma joyda atrof-tabiiy geografik muhitning o`zgarishi kuzatilmoqda. Qurg`oqchilik, suv toshqini, dovullar, jazirama issiq oqimlar, yong`inlarning ko`payishi, keskin sovub ketishlar va boshqa tabiiy ofatlar Yer sharining hamma hududlarida ham tez-tez kuzatilmoqda. Keyingi yillarda g`arbiy va janubiy Yevropada, Kavkazda misli ko`rilmagan suv toshqinlari yuz berdi. 2003, 2010 yillarda Hindistonda qattiq qurg`oqchilik, suv toshqinlari bilan almashdi. 2003, 2010, 2015 yillarda Hindiston, Shimoliy Amerika va Yevropa mamlakatlarida kuchli issiqlik kuzatildi. Katta maydondagi o`rmonlar yonib ketdi. Global iqlim o`zgarishi, eng avvalo, o`rtacha havo haroratining o`sishida va noqulay gidrometeorologik hodisalarning, ayniqsa, juda issiq kunlar, qurg`oqchilik, kuchli (jala) yog`in-sochinlari, sel, sunamilar va qor ko`chishlari sonining ko`payishida aks etadi. Iqlim o`zgarishining kuchayib borishi mamlakatlar rivojlanishida salbiy oqibatlarga olib keladi. Ob-havo va iqlim bilan bog`liq bo`lgan tabiiy ofatlar oziq-ovqat ishlab chiqarishni qisqartirishga, suvlarning ifloslanishiga va boshqa iqtisodiy zararlarga sabab bo`ladi. Shuning uchun ham bugungi kunda iqlim o`zgarishi muammosi nafaqat olimlarni va siyosatchilarni, balki butun insoniyatni tashvishga solmoqda. Iqlim o`zgarishi iqtisod uchun ham va butun jamiyat uchun ham og`ir sinovdir. Keyingi vaqtlarda ekstrimal meteorologik va iqlim hodisalari katta nobudgarchiliklarga olib kelmoqda. Yuz minglab odamlar halok bo`lmoqda. BMT ma’lumoti bo`yicha dunyoda 1980 yildan 2005 yilgacha 7 mingdan ko`p fojiali tabiiy ofatlar sodir bo`lib, juda ko`p odamlarning qurbon bo`lishiga olib keldi va 1 trillion AQSH dollaridan ko`p zarar keltirdi. Iqlimiy bilimlar va texnologiyaning rivojlanishiga qaramay, tabiiy va texnogen ofatlardan keladigan zararlarning hajmi har yili 6 foizga ortib bormoqda. 1965 yildan 1992 yilgacha dunyo bo`yicha tabiiy hodisalar harakatidan 6 million odam nobud bo`ldi, 3 milliard odam jabr ko`rdi, umumiy zarar 340 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Iqlim o`zgarishi bu vahimali 25 raqamlardan tashqari, bevosita yana ham vayron qiluvchi – «Fojiali konvergensiyalar» deb ataluvchi hodisalar bilan birga kechadi. Siyosiy zo`ravonlik, davlat to`ntarilishi, hatto fuqarolar urushi kabi siyosiy portlashlar (Yaqin Sharq, Afrika mamlakatlari, Yaman, Sudan va boshqalar) oqibati yana ham vayron qiluvchi kuchga aylanadi. 2012 yilda Butundunyo iqtisodchilar forumida iqlim o`zgarishi, oziq-ovqat, toza suv bilan ta’minlashdagi yetishmovchiliklar, shuningdek energoresurs va qishloq xo`jalik mahsulotlari narx-navolarining beqarorligi bilan bog`liq bo`lgan krizislar global nuqtayi nazardan beshta asosiy xavf-xatarga kiritildi. Ob-havo va iqlim nima? Ob-havo ma’lum hududdagi atmosferaning 10-12 kilometr balandlikda bir vaqtdagi, bir kunlik fizik holatini ifodalaydi. Ob-havoning qator meteorologik kattaliklariga havo harorati, havo namligi, havo bosimi, shamol tezligi va yo`nalishi, bulutlar va turli atmosfera yog`inlari turi va jadalligi, nurli energiya va issiqlik oqimlari kabilar kiradi. Iqlim esa ma’lum bir hududdagi obhavoning ko`p yillik rejimi bilan ifodalanib, joyning geografik kengligi, yer usti tuzilishi (orografik, relyef), dengiz sathiga nisbatan balandligi, okeanga nisbatan uzoq yoki yaqinligi va boshqa qator omillar bilan aniqlanadi. Yerning yuzasida atmosfera yoki havo qoplami mavjud, undan biz nafas olamiz va usiz yerda hayot bo`lishi mumkin emas. Har bir kishi bir kecha-kunduzda 1 kilogramm oziq-ovqat, 3 litr suv va 12 kilogramm havo iste’mol qiladi. Yer atmosferasi yigirmaga yaqin gaz aralashmasidan tashkil topgan. Ularning asosiy qismi – azot va kisloroddan hamda suv bug`i, azon va mutlaq holatda turuvchi chang va boshqa aerozollardan iborat. Ob-havoni kuzatish meteorologik stansiyalarda olib boriladi. Meteorologik kuzatishlar kun davomida har 3 yoki 6 soatda olib boriladi. Bunday bir vaqtda olib borilgan kuzatishlar butun dunyo ob-havo xizmatining (VSP) asosidir. Bunday prinsip meteorologik prognozlar tuzish va dovullardan ogohlantirish va global iqlim haqidagi bilimlarni to`ldirish uchun kerak.


Yüklə 119,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə