Qishloq xo'jaligi xaritalari Reja: Kirish kirish I. Bob. Qishloq xo’jaligi xaritalari I o’zbekiston Respublikasi umumiy yer maydoni


II.4 Yer resurslarini muhofaza qilishning ekologik talablari



Yüklə 195,21 Kb.
səhifə13/16
tarix31.05.2023
ölçüsü195,21 Kb.
#114539
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
O’zbekiston qishloq xo’jaligi

II.4 Yer resurslarini muhofaza qilishning ekologik talablari

Yer yuzasi quruqlik maydonining 100% (14800 mln.ga) desak shuning 43% (6394 mln.ga) yaroqsiz yerlarga, muzliklarga, doimiy qorlarga, qoyali, qurumli toshloq yerlarga, qumliklarga va ichki suv havzalariga, 28% (4060 mln.ga) o’rmonzorlarga, 17% (2600 mln.ga) o’tloq va yaylovlarga, 2% (296 mln.ga) sanoat ob’ektlariga shaharlarga, dam olish zonalariga, faqat 10% (1450 mln.ga) haydab ekin ekiladigan yerlarga to’g’ri keladi.


Тuproqlar suv va shamol eroziyasi tufayli tarkibi buzilib, unumdorligi keskin kamayib ketsa, ifloslanishi tufayli tuproqning kimyoviy va biologik xususiyati o’zgaradi, binobarin modda almashinuvida buzilish yuz beradi, har xil kasalliklar tarqatuvchi patogen mikroorganizmlar tez kamayib ketadi. Dunyo miqiyosida sanoat va shahar maishiy chiqindi axlatlarini yo’qotish jahonshumul masalaga aylandi. Chunki uni yoqish atrof muhitni, yerlarga kumish esa tuproqni ifloslaydi va har xil kasalliklar tarqatuvchi mikroblarning ko’payishiga imkon yaratadi. Yer usti resurslarini ifloslanishida sanoat korxonalaridan, ayniqsa kimyo-metallurgiya, issiqlik elektr stansiyalaridan atmosferaga ko’tarilgan, kul, qurum, zaxarli gazlar va changlar asta-sekin yerga o’zi yoki yog’inlar orqali tushib tuproqni ifloslaydi. Shunday qilib shahar axlati va sanoat chiqindilari tashlangan yerlarda sanitariya zonalari tashkil etilib oldi olinmasa, o’sha joylar tuprog’i o’ta ifloslanib, tabiiy holda tozalana olmaydi.
Yer yuzasida har xil muhandislik kommunikatsiya quvurlarni yotqizish, tuproq holatiga salbiy ta’sir etib, tuproqda biologik jarayonni buzadi va ifloslaydi. Chunki o’sha yotqizilgan quvurlar va kabellar atrofidagi tuproq tarkibi buziladi, tuproqdagi mikroorganizmlar nobud bo’ladi, o’simliklar quriy boshlaydi. Ma’lumotlarga ko’ra gaz quvurlari atrofidagi 100 metrgacha tuproqni zaxarlasa, issiqlik quvurlari 24 martagacha bo’lgan polosada tuproqni quritib, suv rejimini buzib tuproqdagi mikroorganizmlarning o’lishiga, o’simliklarning qurishiga olib keladi. Dunyoda jamiyatning tobora rivojlanib borishi o’z navbatida foydali qazilmalarga bo’lgan talabni kun sayin ortib borishiga olib kelmoqda. Bu esa qazilma boyliklargni ko’plab qazib olish, uning yangi-yangi konlarini qidirib topishni taqozo etadi. Lekin qazilma boyliklar tugaydigan va qayta tiklab bo’lmaydigan resurslar sinfiga kirganligi sababli undan rejasiz, nes-nobud qilib foydalanish tufayli uning zaxirasi tugab qolishi mumkin.
Dunyoda mineral o’g’itlarning yetishmasligini kamaytirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak: 1) mavjud va miqdori kamaygan qazilma boyliklarning yangi konlarini hozirgi zamon texnik imkoniyatlaridan foydalanib, qidirib topish; 2)okean va dengiz ostidagi qazilma boyliklardan foydalanishga erishish; 3) fan va texnika yutuqlariga asoslanib, yerning chuqurroq qismidagi boyliklardan foydalanishga erishish; 4) okean suvi tarkibida erigan holdagi minerallarni kimyoviy yo’l bilan uning chuchuklashtirishda ajiratib olishga erishish; 5) kelajakda zarur va qimmat baho metallarni dunyoda kup tarqalgan tog’ jinslaridan, xususan granitdan ajratib olishga erishish. Qazilma boyliklarni nes-nobud bo’lishida va ko’plab mablag’larni bekor sarflanishida ba’zi foydali qazilmalarning joylashgan hududlarini yaxshi o’rganmasdan ular ustiga shahar va posyolkalarni qurish, so’ngra ularni boshqa joyga ko’chirish ham sabab bo’lmoqda. Bunga Ohangaron ko’mir koni ustiga Angren shahri qurilganligi, so’ngra boshqa joyga ko’chirilganligini bunga misoldir. Qazilma boyliklardan oqilona foydalanishning yana bir yo’li qazib olingan va qayta ishlangan, xom ashyolarni tashishda isrofgarchilikka kam yo’l qo’yishga erishishdir. Ma’lumki, qazib olingan yoki qayta ishlangan xom ashyolarni ortishda, tushirishda, temir yo’l vagonlari va avtomobillarda tashishida ularning ma’lum qismi nes-nobud bo’ladi. Ko’mirni, sementni, alebastrni, ohakni va boshqa xom ashyolarni vagonlarda ochiq usulda tashilayotganda ularning bir qismini shamol uchirib, temir yo’lni ifloslaydi va nes-nobud bo’ladi. Qazilma boylikalardan oqilona foydalanishda tog’ jinslarining tarkibidagi foydali komponentlarning deyarli hammasini ajratib olishga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki tabiatda faqat bitta metall saqlovchi toza ruda yo’q, balki rudada asosiy komponentdan tashqari yana qimmatbaho yo’ldosh komponentlar ham bo’ladi. Lekin ba’zi korxonalarda asosiy komponentlarni ajratib olib, qolganlarini keraksiz jins sifatida chiqarib tashlanadi. Yer barcha ishlab chiqarilayotgan boyliklarning manbasi ekanligi ko`p martalab e`tirof etilgan. Yer sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari uchun yer imoratlar turadigan oddiy baza, qishloq xo`jaligida esa asosiy ishlab chiqarish vositasihisoblanadi. YA`ni kishilar yerga ishlov berish yo`li bilan ishlab chiqarishga ta`sir etadi. Yer bir paytda mehnat predmeti (mehnat yo`naltiriladigan obyekt sifatida) va mehnat quroli (yerda zarur biologik sharoitlarni tug`dirish natijasida o`simliklar rivojlanadi) sifatida qishloq xo`jaligida yuzaga chiqadi. Yer har bir xalqning asosiy boyligidir.
O`zbekiston Respublikasi 447,4 mln. gektar yer maydoniga ega. Respublika qishloq xo`jaligiga yaroqli yer maydonilarining 81 foizi yoki 26,6 mln. gektarini yaylov va pichanzorlar tashkil etadi. O`zbekiston qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarning 16 foizi haydaladigan yerlardir. Mamlakatning lalmikor yerlari 6,6 mln. gektar. Shundan 3,0-3,2 mln. gektari haydaladi va ularda lalimi dehqonchilik bilan shug`ullaniladi. Qolgan qismida namlikning juda kam bo`lganligi sababli foydalanilmaydi.
Respublika yerining bir qismi shaharlar va aholi punktlari, bir qismi transport va kommunikatsiyalari, daryo va suv havzalari bilan band yerlar, o`rmon xo`jaligi yerlari, harbiy maqsadlar uchun ajratilgan yerlar va davlat zahira fondidan iborat. Biz uchun eng muhimi, qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlar hisoblanadi. Respublikaning yer manbalari cheklangan va u qishloq xo`jaligi tarmog`ida foydalanadigan resurs sifatida kamayib bormoqda.
Qishloq xo`jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
1).Yer tabiatda chegaralangan. Uni insoniyat xohlaguncha ko`paytirish imkoniga ega emas. Demak, yagona to`g`ri yo`l – mavjud yer resurslaridan samarali foydalanishdir. Bundan tashqari sanoatning, kommunikatsiyaning o`sishi aholining ko`payishi tabiiy holda bir kishiga to`g`ri keladigan yer maydoni qisqarishiga olib keladi. Qolaversa, insoniyat yerdan to`g`ri foydalanmasligi oqibatda ularning qishloq xo`jaligi oborotidan chiqib ketish xollari ham yuz bermoqda. Taraqiyot6ning tuproq erroziyasi, sho`r bosish, kasalliklarga chalinish kabi salbiy oqibatlarini kamaytirish har bir davlatning, yerdan foydalanuvchilarning birinchi galdagi vazifasidadir.
2). Yer – tabiat mahsuli. Bu ham bizning oldimizga qator vazifalarni qo`yadi. Uni yaratishda inson mehnati aralashmagan. Albatta bazor munosabatlari talablaridan kelib chiqib yerning bohasi shakllanadi. Lekin bu boha uning haqiqiy narxi qancha ekanligini aniq belgilay olmaydi. Yerni oldi sotdi jarayonlarida bu xususiyalarni hisobga olish lozim.
3). Yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Bu degani yerdan o`z bilganimizcha abadiy foydalanish mumkin degani emas. Balki yerdan to`g`ri va oqilona foydalangandagina u qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun abadiy bo`lishi mumkin. Yerdan noto`g`ri foydalanish esa uning qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi uchun yaroqsiz holga kelib qolishiga sabab bo`ladi. Masalan, 2005 yilning 1-avgusti ma`lumotlariga qaraganda birgina farg`ona vodiysida 2000 yilda mavjud bo`lgan 366 ming gektar sug`orilib dehqonchilik qiladigan yerlarning 9 ming gektari ekin ekish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan.
4). Turli joylarda mavjud yer maydonlari turli sifatga, ya`ni unumdorlikka ega. Yerning tabiiy va sun`iy unumdorligi bir – biridan farqlanadi. Tabiiy unumdrolik – yerning inson aralashuvisiz tabiat tomonidan vujudga kelgan hosil bera olish qobiliyatidir. Inson aralashuvi natijasida vujudga kelgan unumdorlik sun`iy unumdorlikdir. Bu unumdorlikni oshirish imkoniyatlari katta. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki respublika yerlarining tabiiy unumdorligi pasayib bormoqda. Tuproqda mavjud bo`lgan gumus moddasining pasayishi kuzatilmoqda. Buning oldini olishning asosiy yo`llari yerga dam berish, yerlarning holatini hisobga olib qishloq xo`jalik ekinlarini joylashtirish, yerga organik o`g`itlarni (har bir gektarga kamida 15 tonanadan) solish, sug`orishning ilg`or texnologiyalaridan foydalanish zarur.
5). Yerni bir joydan ikkinchi joyga ko`chirish mumkin emas. Demak qishloq xo`jaligida yerdan foydalanishni yaxshilash uchun har bir xo`jalik (shirkat, fermer va dehqon) hududida qanday sifatga ega yer bo`lsa shunga qarab ekin turlarini joyashtirish lozim. Bu xususiyat qishloq xo`jaligi korxonalariga faoliyat uchun o`rnatiladigan soliq tizimini ishlatishda ham hisobga olinishi talab qilinadi.
Bularning barchasi mavjud yerlarda qaysi ekin turlarini joylashtirish, texnikaning qanday turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmi qanday bo`lishi maqsadga muvofiqligi to`g`risida inkor etib bo`lmaydigan talablarni keltirib chiqaradi.

Yüklə 195,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə