R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Krizis yoki tanglik 

yetarli darajada oshkor ko‗rinib turgan signaldir. Agar 
inson o‗z hamkori bilan ish yuzasidan aloqalarini uzsa 

yechilmagan konflikt ro‗y 
berganligidan darak beradi.


26 
Zo‗rovonlik ham insonlar o‗rtasida krizis yoki tanglik mav
judligini 
ko‗rsatadi va ular bir birlarini emotsiyalarini jilovlay olmasdan, haqorat qila 
boshlaydilar. Krizis yoki tanglik vaqtida insonlarning o‗zlarini tutishlaridagi odatiy 
meyorlar o‗z kuchini yo‗qotadi. Inson chegaradan chiqib ketish holatigacha 
bo‗
ladi. 
Keskinlik
ham konflikt signallaridan biri bo‗lib, u bizga boshqa insonni
uning xatti harakatlarini obyektiv idrok etishimizga xalaqit beradi. O‗zaro 
munosabatlarimizda salbiy jihatlar bosimi yuqoriroq bo‗ladi. Bunda 
opponentimizga nisbatan hislarimi
z salbiy tomonga qarab o‗zgaradi. U bilan 
munosabatlar uzluksiz bezovtalanishlar manbasi bo‗lib qoladi. Holat, gugurt 
chaqilishi bilan lovullab alangalanib ketadigan qurigan o‗tinga o‗xshashdir
Anglashinmovchilik. 
Ko‗pchilik holatlarda fikrlar ifodasini a
niq 
anglamaslik yoki o‗zaro tushunishni yo‗qligi tufayli, noto‗g‗ri xulosalar chiqargan 
holda 
biz 
anglashinmovchilik 
holatlariga 
tushib 
qolamiz. 
Ba‘zan 
anglashinmovchilik mazkur holat tomonlardan birining emotsional tarangligi 
natijasida ham yuz bergan bo‗
lishi mumkin. Bunday holat insonning fikrlari 
uzluksiz ravishda bitta va faqat bitta muammo sifatida qaytib kelaverishiga 
moyillik yuqori bo‗ladi. Uning idrok etilishida buzilish ro‗y beradi.
Insident.
Insidentda ishtirokchi sifatida sizga konflikt mavjudligi haqidagi 
signal unchalik ham ahamiyatli emas. Qandaydir arzimas narsa bizni vaqtinchalik 
hayajonlantirishi yoki jahlimizni chiqarishi mumkin, lekin bir necha kundan keyin 
u unut bo‗lib ketishi aniq.
Diskomfort. 
Diskomfort - 
nimanidir noto‗g‗ri 
ekanligini intuitiv ravishda 
his etish, shu bilan birga uni so‗zlar orqali ifodalab berish qiyin bo‗lgan holat. 
Bunday hollarda intuitsiyaga quloq solish va uni qo‗llab quvvatlash lozim. 
O‗zingizga: ―Mazkur holatda men nimadir qila olamanmi?‖ degan savolni qo‗ying. 
Xayolingizga boshqa vaqtda siz buni o‗ylab ham ko‗rmagan qandaydir qadamlarni 
amalga oshirish kelishi mumkin. Agar siz diskomfort va insident signallarini 
anglab olishga o‗rgansangiz, balki siz keskinlik, anglashinmovchilik va krizis yoki 
tangl
ik holatlarini oldini olgan bo‗lasiz.


27 
Shunday qilib, konfliktni rivojlanishi quyidagi signallar bilan tavsiflanar 
ekan: diskomfort 

insident 

anglashinmovchilik 

keskinlik - krizis yoki tanglik. 
Bulardan diskomfortni anglab olish qiyinroq, krizis yoki tanglik yorqin namoyon 
bo‗ladi. Psixolog va pedagoglar quyidagicha tavsiyani berishadi: o‗z holatingizga 
e‘tiborli bo‗ling, konflikt signallarini ajrata biling, shundagina siz konfliktni 
imkoni boricha oldini olgan bo‗lasiz.


28 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə