R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

zo„rovonlik 
ustida bir oz to‗xtalib o‗tadigan bo‗lsak, 
zo„rovonlik
ni keng ma‘noda insonga yoki boshqa individ va ijtimoiy guruhlarga 


30 
nisbatan har qanday jarohat (jismoniy, ma‘naviy, ruhiy, mafkuraviy va shu kabilar) 
yetka
zilishi tushuniladi. Tor ma‘noda esa insonga jismoniy va ma‘naviy jarohat 
yetkazishdir. Bundan kelib chiqadiki, zo‗rovonlik natijasi jismoniy, ruhiy va 
ma‘naviy (kaltaklash, shikast yetkazish, qotillik, qo‗rquv, nafsoniyatiga tegish, 
stress va shu kabilar) 
jarohatlar bo‗lishi mumkin ekan.
Zo‗rovonlik nima degan savol tug‗iladi? Zo‗rovonlik haqida ko‗pchilik 
tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan tushunchalar mavjud. Agressiya uchun 
mazkur holat psixologik nazariya, etika, huquqshunoslik, davlatchilik nazariyasi 
namoyondalariga tegishlidir. Psixologlar zo‗rovonlikni sababsiz, impulsiv, 
irratsional, xolis bo‗lmagan agressiya deb talqin qilishadi.
Bunday ko‗rinishdagi ta‘riflar, albatta to‗liq emas va bahslarga o‗rin 
qoldiradi: ko‗pincha ular turli xil tushuncha mazmunini to‗liqligicha qamrab 
ololmaydi.
Zo‗ravonlik har doim bevosita yoki bilvosita hayot uchun xavf tug‗diradi, 
vayron etish yoki umum
an yo‗q qilish uchun mo‗ljallangan bo‗lishi ham mumikn.
Zo‗ravonlik va konfliktologiyada ba‘zi jihatlardan bir
-biri bilan umumlashib 
ketadigan holatlar ham kuzatiladi. Konfliktologiyada tahliliy yondashuvni amalga 
oshiradigan bo‗lsak, uning alohida fan si
fatida ajralib chiqqaniga hali unchalik ham 
ko‗p vaqt bo‗lgani yo‗q.
Ba‘zi hollarda konfliktli holatni tushunish uchun zo‗rovonlikni asl ildiziga 
nazar tashlashga to‗g‗ri keladi. Zo‗rovonlikni chiqarib tashlash, konfliktli 
holatlarni bartaraf etishga sabab 
bo‗ladi. Ba‘zan inson dunyoga kelishi va 
rivojlanib borishida, uning xarakterida agressivlik kuzatiladi. Agar bundaylar 
uchun ta‘lim
-
tarbiya to‗g‗ri tashkil etilsa, ulardagi agressiyaga moyillik bartaraf 
etilib, atrofdagilarga xavf keltirmaydigan qilib shakllantirish mumkin. Axloqiy-
ma‘naviy tarbiyaning to‗g‗ri yo‗lga qo‗yilishi zo‗rvonlikni bartaraf etishga 
yo‗naltirilgan asosiy kuchdir. 
Konflikt holatlarda agressiya va zo‗ravonlikni kuzatish mumkin. Shu o‗rinda 
ta‘kidlashimiz lozimki, agressiya va zo‗ravonlikdan konfliktli holatlarni bartaraf 
etishda foydalanish hollari ham uchraydi. Shunday kimsalar ham uchraydiki, ular 


31 
tahdid va qo‗rqituv, zo‗ravonlik orqali konfliktli holatlarni bartaraf etish mumkin 
deb o‗ylaydi. Bu xato va noto‗g‗ri yo‗l ekanligi ko‗pchilik uchun ayon. Shuni 
unutmaslik kerakki, zo‗rovonlik orqali hech qachon ziddiyatga barham berib 
bo‗lmaydi, ya‘ni zo‗rovonlik –
muammoni hal etib bermaydi. Konfliktdagi 
tomonlarning o‗zaro to‗qnashuvlari zo‗rovonlikni tatbiq etilishiga, kuch 
ishlatilishiga asos bo‗lmaydi. Demak, aytishimiz mumkinki, har qanday qarama
-
qarshilik yoki ziddiyat zo‗rovonlikka olib kelavermas ekan.
Rus yozuv
chisi Lev Tolstoy ―G‗azabda boshlangan narsa, odatda, uyatda 
tugaydi‖, deb yozgan edi. Zo‗ravonlik boshqalardan o‗zini ustun qo‗yish bo‗lib, 
uning oxiri fojiali tugashi tayindir. Demak, o‗zini ziyoli deb hisoblagan inson, har 
qanday zo‗ravonlikdan o‗zini tiyishi, unga yo‗l qo‗ymaslikka harakat qilishi lozim.
Inson o‗zidagi agressiv holatlarini yengishi mumkinmi? Albatta mumkin va 
uning bir necha usullari mavjud, ular: passiv usul, faol usul va mantiqiy usullardir. 
Ular haqida quyida qisqacha to‗xtalib o‗t
amiz. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə