R. D. Shodiyev


Oilaviy tarbiyaning mazmuni



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Oilaviy tarbiyaning mazmuni 
barcha yo‗nalishlarni qamrab oladi. Oilada 
jismoniy, estetik, mehnat, aqliy va ma‘naviy
-axloqiy tarbiyalar bola yoshini 
o‗zgarishiga qarab amalga oshirilib borildi. 
Oilada ota-ona va yaqin qarindoshlar 
tomonidan imkoniyat darajasida tabiat, jamiyat, ishlab chiqarish, kasblar, texnika 
haqida bilimlar berib boriladi, ijodiy faoliyat tajribasini shakllantiriladi, ba‘zi bir 
intellektual ko‗nikmalarni shakllantirilib, atro
f-olamga, insonlarga, kasbga, 
hayotga nisbatan munosabat tartiblab boriladi. 
Oilaviy tarbiyada ma‘naviy tarbiya alohida o‗rinni egallaydi. Ayniqsa, 
birinchi navbatda ochiqko‗ngillik, xayrixohlik, tozalik, insonlarga nisbatan 
e‘tiborlilik va rahmdillik, hal
ollik, mehnatsevarlik kabi sifatlarni shakllantirish 
asosiy o‗rinni egallaydi.
Oilaviy tarbiyaning maqsadi 

shunday shaxslik sifatlarini shakllantirishki, 
ular bolaning hayotiy yo‗lida uchrashi mumkin bo‗lgan turli qiyinchilik va 
to‗siqlarni hech qiynalmay oshib o‗tishga yordam beradi.
Bolada intellektual va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish, dastlabki mehnat 
tajribasi faoliyatini, ma‘naviyat va estetikani shakllantirish, emotsional madaniyat 
va jismoniy sog‗lig‗i, ularning baxti –
bularning barchasi oilaga, ota-onaga 
bog‗liqdir hamda ular oilaviy tarbiyaning vazifalarini tashkil etadi.
Oilaviy tarbiyaning o‗z metodlari ham mavjuddir, ular: shaxsiy namuna, 
muhokama qilish, ishonch, qayg‗urish, shaxs obo‗sini ko‗tarish, yumor, 


46 
an‘analarga sodiqlik, maqto
v, hamdardlik va shu kabilar. U yoki bu metodlar 
tatbiqi tarbiyaviy jarayondagi aniq holatga qarab tanlanadi va u individual tavsifga 
egadir.
Shu bilan birga oilada noto‗g‗ri tarbiyalashlar ham uchraydiki uni qayd 
etmaslikni ham ilojisi yo‗qdir. Bunday ho
llar oilaviy fojiaga olib kelishi mumkin 
va buning ham quyidagicha o‗ziga xos sabablari mavjud:
1.
Ota-
onalarning pedagogikadan bexabarligi. Ko‗pchilik ota
-onalar 
pedagogika haqida umuman tasavvurga ega bo‗lmasdan, mas‘uliyatli va o‗ta 
murakkab bo‗lgan tarbi
ya jarayoniga kirishadi. Ular ham oilada, maktabda va 
boshqa ta‘lim muassasalarida ta‘lim
-
tarbiya ko‗rishganligi sababli, tarbiya 
jarayoniga nisbatan xabardorlik haqida ota-
onalarda illyuziya paydo bo‗ladi. 
Ushbu paradoks haqida K. D. Ushinskiy shunday yoz
adi: ―Tarbiyalash san‘ati 
shunday o‗ziga xos xususiyatga egaki, 
u barcha uchun tanish va tushunarlidek, 
ba‘zan esa oson ishdek tuyuladi‖.
2.
Tarbiya jarayonida dag‗al, shafqatsizlarcha ―soxta tarbiya‖lash 
metodlaridan foydalanish va uning natijasida bolalarda 
qo‗rqish, bezish, o‗ksish 
kabi hislar paydo bo‗ladi, har qanday yo‗llar bilan ulardan qochishga, qutilishga 
harakat qilishadi.
3.
Oilada bolani juda ham erkalangan, serxarxasha, yig‗loqi egoistga
aylantirish natijasida 

egotsentrik va vijdonsiz befarq inson shakllanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə