R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

“nufuzli ezmalanib nasihat o„qish” 

bunday holda ota-onalar 
bolalarini cheksiz o‗rgatish va nasihatom
uz gaplar bilan bezor qilib tashlashadi. 
Ularni nazdida asosiy pedagogik ta‘limot o‗rgatishlarning negizida yotadi. Lekin, 
bolaning emotsional hayoti o‗z
-
o‗zidan, ota
-onalar ishtirokisiz amalga oshadi; 
-
“nufuzli mehr” 

soxta nufuzning keng tarqalgan juda makkorona 
usuli bo‗lib, muloyim so‗zlar, erkalashlar orqali bolaga ortiqcha mehr ko‗rsatiladi. 
Bolaning har bir harakati, ifodalari qizg‗anishli kuzatiladi. Agar bola quloq 
tutmasa, undan nima uchun ota-
onasini yaxshi ko‗rmasligini so‗rashadi. Bunday 
oila haddan tashqari his hayajonga berilib, boshqa narsalarga ahamiyat ham 
bermaydi. Bola yoshlik chog‗idan boshlaboq, insonlarga moslashish kerakligini, 
birovning pinjiga kirishni va shundan manfaat topishga o‗rganadi, buning 
natijasida u fitnaga va o‗zgalarni tuyg‗ularini manipulyatsiya qilishga o‗rganadi;
-
“nufuzli ezgulik” 

bu holda ota-
onalar o‗zlarining yon berishlari va 
muloyimliklari bilan bolalarni itoatkor bo‗lishiga harakat qiladilar, aynan shu 
sifatlari uchun bolalari ularni ardoqlashadi deb o‗ylashadi. Ular bolalarini ko‗z 
o‗ngida farishta sifatida namoyon bo‗lishadi, faqat hammasi muvaffaqiyatli bo‗lsa 
bas, nimani bo‗lsa ham qurbon qilishga ular tayyor. Bunday ota
-onalar bolalariga 
hamma narsaga ruxsat beradilar, ular uchun hech narsani ayamaydilar. Bunday 
oilalarda bolalar tezda buyruq ohangiga o‗tadilar, o‗z injiqliklari bilan har qanday 
istaklarini bajarilishiga erisha boshlaydilar. Ba‘zan ota
-onalar bunday istaklarga 
qarshilik ko‗rsatishga ham harakat qiladilar, lekin bu hech qanday natija bermayd
i; 


49 
-
“nufuzli do„stlik”

agar u teskari jarayon boshlanadigan so‗nggi 
chegaragacha borib taqalmasa, ota-
onalar bilan bolalar o‗rtasidagi do‗stlik eng 
yaxshi tarbiya vositasidir. Bunday oilalarda bolalar kattalarni ko‗nglini olishga, 
ularga har qadamda niman
idir o‗rgatishga, ular hammasini risoladagidek 
bajarmayotganlari to‗g‗risida tanbeh berishga harakat qilishadi. Ammo, ertami 
kechmi bunday do‗stlik barham topadi, chunki, u o‗zaro hurmat e‘tiborsiz mavjud 
bo‗lishi mumkin emas;
-
“nufuzli sotib olish” 

bu ho
lda bo‗ysunish turli sovg‗a
-salomlar bilan 
sotib olinadi, mazkur holat bolani izdan chiqishiga sabab bo‗ladi, ularni 
tilyog‗lama va manfaatparast qilib shakllantiradi. Bolalar o‗z ishlari haqida salbiy 
jihatlarni yashirib, yaxshi tomonlarini manfaat nuqtai nazaridan kelib chiqib 
ma‘lum qilishadi, chunki ota
-
onalari ularning yaxshi qiliqlari uchun to‗lovni 
amalga oshirishlari lozim-da. 
Oilada konflikt uchun sabablar talayginadir 

bolaning o‗zini tutishi, ota
-ona 
o‗rtasidagi janjal, ishdagi muamolarni uyga o
lib kelinishi va shu kabilar. 
Ko‗pchilik bolalar o‗smirlik yoshiga qadam qo‗yganlaridan so‗ng 
o‗zgaradilar. Jiddiy, itoatkor boladan birdaniga o‗jar va qo‗pol bolaga aylanib 
qolishadi. Aynan qo‗pollik ota
-
onalarni ko‗proq ko‗nglini og‗ritadi. Lekin, 
mazku
r yomon illatni bartaraf etish uchun uning paydo bo‗lish sabablarini aniqlash 
lozim. O‗n besh yoshli bolada o‗tish davri bilan bog‗liq juda ko‗p muammolar 
yuzaga keladi. Ota-
onasi, do‗stlari oldida o‗zining ahamiyatliligi to‗g‗risida unda 
ikkilanishlar pay
do bo‗ladi. O‗smirlar bunday davrda murakkab holatlardan, 
hattoki o‗zi uchun xavfli bo‗lsa ham kattalarga bog‗liqlikdan chiqib ketish 
harakatida bo‗ladilar. Bu esa oilaviy munosabatlarni konfliktli holatlarga olib 
keladi.
O‗smir ota
-
onasi bilan qo‗pol m
uomala qilishni boshlaydi. Agar ota-ona 
ham ochiq konfliktga o‗tishni boshlasa, bu umuman tushunmaslikka va o‗zaro 
da‘volarning to‗planishiga olib keladi. Bunday konfliktlardan qochish uchun 
kattalar nima qilishi lozim? O‗z farzandini odobsizligiga toqat q
ilish juda qiyin, 
unga yetarli darajada javob qaytarishni istaydi, lekin, bundan nima naf bo‗lishi 


50 
mumkin. O‗rtadagi munosabatlardagi har qanday chuqurlashuv olovga yog‗ 
sepganday bo‗lish
ligini kattalar yaxshi bilishadi. Shu sababli ularga quyidagi 
maslahatlarni berish mumkin: 
-
o‗smir yoshida bolaga ko‗proq erkinlik bering. Unga katta bo‗lib 
qolganligini anglating, quloq solmaslik 

sizning g‗amxo‗rligingizdan chiqishga 
intilish ekanligini uqtiring; 
-
notatsiya o‗qimang. Hammasidan ko‗p axloqiy tarbiya bolani 
jahlini 
chiqaradi. Ota-
onalar bola bilan muloqot tarzini o‗zgartirishlari, vazmin, muloyim 
ohangga o‗tish va qat‘iy baho va mulohazalardan voz kechishlari lozim. Bola o‗z 
nuqtai nazari bo‗lish huquqiga egadir;
-
Ota-onalar kompromissga borishlari kerak. Ota-
onalar va o‗smirlar 
salbiy emotsiyalar qurshovida bo‗lsalar, bir
-birlarini tushunish imkoniyati 
yo‗qoladi;
-
Kim aqlliroq bo‗lsa o‗sha yon beradi. O‗z farzandini ustida g‗olib 
bo‗lish hech kimga yarashmaydi;
-
Xafa qilish kerakmas. Konfliktni bas qila turib, bolani qochirma 
gaplar bilan og‗ritmang. Holatdan hammani rozi qilib, mag‗rur chiqib ketishga 
bola kattalardan o‗rnak oladi;
-
Ota-
onalar qat‘iy va izchil bo‗lishlari lozim. Bolalar 
- sezgir 
psixologdirlar. Ular kattalarning nozik tomonlarini yaxshi biladi. Shu sababdan, 
kompromissga tayyor holda, bolalar ota-onaning nufuzi har narsadan ustun 
ekanligini unutmasliklari kerak. Insonga uni sevishlari, tushunishlari, tan olishlari, 
hurmat qilishlari hamda kimgadir kerakligini his etishi va yaqin bo‗lishi juda h
am 
zarurdir.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə