R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

 
 
 
 
 
 
 
 


78 
Konfliktlarni boshqarish tartiblari va usullari 
Bundan oldingi mavzuda biz passiv va faol eshitish hamda munosabatlar 
haqida fikr yuritdik, ushbu mavzuda esa konflikt holatlarni boshqarish tartiblari va 
uning usullarini izlash haqida fikr yuritamiz. Konflikt holatlarda aksariyat 
ishtirokchilar anglanmagan holatda bahslashadi va harakatlanadi. Konflikt 
holatl
arda ishtirokchilar o‗zlarini qanday tutishlari lozimligi haqida bilim, 
ko‗nikma va malakalar yetishmaydi. Bunday holatlar o‗z
-
o‗zini nazorat qilishni 
talab qiladi. Shunday ekan, konflikt holatlar o‗ylab gapirish va harakatlanish 
lozimligini ko‗rsatadi. K
onfliktga nisbatan ongli munosabat shu yerda namoyon 
bo‗ladi. Har bir inson o‗zining ongli munosabati orqali har qanday ziddiyatli holat 
va nizoli vaziyatlarni o‗z nazoratida ushlab tura oladi hamda ziddiyatli holatga 
nisbatan o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Bosiqlik bilan o‗zi va opponent tomonni 
muzokaralarga taklif etgan holda oqilona ish yuritishga chaqiradi. Birgalikda 
nizoni keltirib chiqargan omillarni, muammoni ildizini topib, uni bartaraf etish 
choralarini ko‗radi.
Agar qarshimizda jahldor, jizzaki od
am turgan bo‗lsa, biz unga nisbatan 
o‗zimizni qanday tutishimizni oldindan aytib berishimiz qiyin. Bunday odamdan 
o‗zimizni chetga olishimiz yoki nima sababdan bunday holga tushganligini so‗rab 
surishtirishga harakat qilishimiz mumkin. Yoki, o‗zimiz ham u
ning holatiga tushib 
qolishimiz ehtimoldan xoli emas.
―Konfliktli holatlarda nima qilishimiz, qanday yo‗l tutishimiz kerak?‖ degan 
savol tug‗ilishi tabiiy, bunday holatlarda quyidagilardan foydalanish maqsadga 
muvofiq bo‗ladi.
Konfliktli holat qanday bo‗l
sa shundayligicha, hech emotsiyalarga berilmasdan 
qabul qilishga harakat qiling. Bunday holat sizga yoqmasligi mumkin, lekin u sizga 
nisbatan kutilmagan va ko‗zda tutilmagan holatlarni ham keltirib chiqarishi 
ehtimoldan holi emas. Siz konfliktni asli mohiyati, kelib chiqish sabablarini 
bilganingizdan keyingina konfliktga nisbatan o‗z ta‘siringizni o‗tkazib, boshqarishni 
boshlashingiz mumkin. Konfliktli holatga dastlab duch kelganingizda unda siz ikki 


79 
tomonda bo‗lib turasiz. Konfliktli holatni anglash va tu
shunishning dastlabki bosqichi 

uni obyektiv, xolisona va emotsiyasiz qabul qilishdir. Konfliktli holatga nisbatan 
betaraflikni saqlash, uni anglash va tushunishdagi birinchi qadamdir. Konfliktli 
holatda betaraflikni saqlash, aniq dalillarga asoslangan mulohazali fikr yuritish 
imkoniyatini beradi.
Konfliktli holatni anglash va tushunish obyektiv dalillarga asoslangan 
mushohada qilish mumkinligini bildiradi. Mazkur dalillar sizga qarshi yoki sizning 
manfaatlaringizga to‗g‗ri kelmasligi mumkin. Lekin, siz 
konfliktni yechimini 
topmoqchisiz, uni bartaraf etmoqchisiz. Shu sababdan barcha dalillar sizga qarshi 
bo‗ladimi yoki siz uchun qulaylik tug‗diradimi, buni farqi yo‗q 
- uni tan olishdan 
boshqa iloji yo‗qdir. Konfliktga aynan u kelib chiqqan holatdan boshl
ab baho bering, 
agar shunday hollarda kayfiyatingiz joyida bo‗lmasa, ishni uni aytib eshittirishdan 
boshlang. Uni aytib eshittirishingiz, sizni noo‗rin amallar qilishingizni oldini olgan 
bo‗ladi. Kayfiyatingiz yomonligini tan olishingiz emotsional holatda
noto‗g‗ri qaror 
qabul qilishingizdan asraydi. 
Konfliktli holatlarda inson shunday vaziyatga tushmasligi haqida, ideal holatda 
u qanday bo‗lishi mumkinligi haqida o‗ylaydi. Siz konfliktli holatda yaqinlaringiz 
bilan munosabatlaringiz buzilayotganligi haqid
a o‗ylab qiynalasiz. Ular bilan 
munosabatlaringizni qaytadan tiklashga harakat qilasiz, uning turli yo‗llarni izlaysiz, 
lekin siz bunday holda reallikdan chetga chiqib o‗z xayollaringiz bilan bo‗lib qolasiz. 
Konfliktli holatni xayollarda bartaraf etib bo‗l
maydida. Insondagi ichki emotsiyalar 
kuchayib ketganida turli xayollarga berilishi tabiiy holatdir. Bunday hollarda konflikt 
ishtirokchilari harakatlari va gaplarini emotsional holatimiz bilan baholaymiz, lekin 
ularda ham emotsionallik borligini unutib qo‗
yamiz. Shaxsiy emotsiyalarimiz 
barchasidan ustun va to‗g‗ridek tuyulaveradi. Bunday paytlarda egoizmni nariga surib 
qo‗yib, inson o‗ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‗lishi lozim. Xulosa o‗rnida 
aytishimiz mumkinki, o‗zimizni ham o‗zgalarni ham emotsion
al holatlarimizni 
baholashga o‗rganishimiz kerak.
Konflikt holatlarda uni bartaraf etish insonni ko‗p narsalarga o‗rgatadi va 
bunday holatlarga tushmaslik uchun u hayotiy tajribaga ham ega bo‗ladi. Har bir 


80 
konfliktli holatda siz qandaylir ma‘noda hayotiy tajribaga ega bo‗lasiz, shunday 
holatlarga nisbatan sizda immunitet shakllanadi. Konfliktli holatlarga real 
yondashuvni amalga oshirish vaziyatni obyektiv baholash imkoniyatini yaratadi. 
Konfliktli holatlarga kreativ yondashishga harakat qiling, xato va kamchiliklaringizni 
tan olishdan uyalmang. Har qanday konfliktli holatni o‗z hatti
-harakatlaringizni 
tanqidiy tahlil qilmasdan turib bartaraf etib bo‗lmaydi, shundagina siz hissiyot va 
xayollaringizni tartiblagan bo‗lasiz. Shundagina hayotiy tajriba bobida b
oshqalarga 
nisbatan bir, ikki qadam ilgalagan bo‗lasiz. 
Konfliktli holatlarda xato va kamchiliklar, yutqazishlar ham bo‗lishi mumkin 

bu bilan hayot tugagani yo‗q, u davom etaveradi. Bularning barchasi inson uchun 
hayotiy tajribaga aylanib boraveradi. Xatoni xato qilmaslik uchun qiladilar. Faqat, 
yiqilganda qaytib turishni ham bilish kerak.
Konfliktli holatdan keyingi vaziyatni o‗zingiz uchun yangi shaklga, yangi 
qonuniyatga aylantiringki, ular sizga yangi imkoniyatlar va yangi munosabatlar 
eshiklarini lang ochib bersin. Konflikt holatiga ikkala tomon ham ana shu nuqtai 
nazardan yondashsa, ular bunyodkorlik prinsiplari asosida yashashga harakat qila 
boshlaydilar. Bunda ikkala tomon ham barcha uchun foydali munosabatlarni 
o‗rnatadi, barchani qoniqtiradigan
vaziyatga o‗tadi. Demak, konfliktli holatlar yangi 
imkoniyatlar va yangi munosabatlarning boshlanishidir.
Shunday qilib, konflikt yechimiga qaratilgan sa‘y
-harakatlar passiv, impulsiv 
yoki faol bo‗lishi mumkin. Konfliktga faol munosabat unga nisbatan ong
li 
munosabatni talab etadi. Konfliktga bo‗lgan ongli munosabat esa munosabatlarni 
emotsiyalardan xoli, ziddiyatga obyektiv, xolis, ortiqcha xis-
tuyg‗ulardan ozod 
bo‗lgan tarzda baho berishni, obyektiv faktlarga e‘tibor bilan qarab, o‗zining 
kamchiliklarini ham tan olishni, hammaga bir xil mezonlar bilan qarashga 
o‗rganishni, konflikt yechimiga qaratilgan qadamlarni o‗ylab amalga oshirishni talab 
etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə