R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


84 
Kofliktlarni bartaraf etishda “
Men-
tasdiqlar” (men
-murojaat) usuli 
Agar siz konfliktli holat atrofida muzokaralar jarayonini tashkil eta olgan 
bo‗lsangiz, u holda boshqalarga tahdid etmagan holda o‗z shaxsiy 
manfaatlaringizni ham unutib qo‗ymang. Siz orttirilgan muomala 
ko‗nikmalaringizdan emotsional holatni bostirish, b
oshqa kishining xohish-istagini 
aniqlash, konfliktni bartaraf etish muhitini yaratish uchun foydalanishingiz
mumkin. Ushbu ko‗nikma va malakalardan shaxsiy manfaat va hislaringizni ifoda 
qilishda ham foydalanishingiz mumkin. Ana shular asosida konflikt p
aydo bo‗lishi 
yoki uni kuchayishini pasaytirish imkoniyatiga ega bo‗lasiz. 
Bunda tayanch yondashuv bo‗lgan ―Men
-
tasdiqlar‖ yoki ―Men
-
murojaatlar‖ 
usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda bu talab, his-
tuyg‗u 
va haqoratlarsiz, muhokama yok
i baholashlarsiz kimgadir shaxsiy ma‘lumotlarni 
taqdim etish usulidir. Siz boshqaga nima qilishi lozimligi yoki nima haqida 
gapirish kerakligi haqida emas, balki nima istashingiz, nima zaruratligi yoki nima 
haqida o‗ylayotganingiz haqida gapirasiz.
Siz o‗z
manfaatingizni himoya qilasiz, lekin shu bilan birga boshqa kishiga 
bosim o‗tkazmaysiz. Shunday qilib ikkinchi tomon muhokama qilinmaydi, 
ayblanmaydi va unga qarshi hujum uyushtirilmaydi, u o‗zini burchakka 
qisilganday his etmaydi hamda unda o‗zini himoya
qilish zarurati paydo 
bo‗lmaydi, natijada konfliktli holatni chuqurlashtirishga o‗rin qolmaydi.
―Men
-
tasdiq‖ faqatgina ―Men‖dan boshlanib, shaxsiy sezgi yoki reaksiyani 
ifodalaydi. Masalan, agar sizdan boshqa odam istagiga javob qaytarish uchun vaqt 
talab 
qilinsa, siz: ―Buni o‗ylab ko‗rish uchun menga bir oz vaqt berilsa yaxshi 
bo‗lardi‖ deyishingiz mumkin. Yoki sizda muammoga nisbatan boshqacharoq 
qarash mavjud bo‗lsa, unda siz: ―Mazkur muammo yuzasidan mening fikrim 
o‗zgachadir va unga nisbatan shu fikrimni bildirmoqchi edim‖ qabiladagi 
gaplardan foydalanishingiz mumkin. Agar siz boshqa kishidan nimanidir olmoqchi 
bo‗lsangiz, u holda o‗z xohishingizni quyidagicha neytral shaklda: ―Bu ishni men 


85 
uchun imkoni boricha tezroq bitirib bersangiz katta yordam qil
gan bo‗lardingiz‖ 
tarzida bildirganigiz ma‘qul bo‗ladi.
―SIZ
-
tasdiqlar‖ yoki ―SIZ
-
murojaatlar‖ ba‘zida konfliktli holatni avj oldirib 
yuborishi mumkin, chunki ular ikkinchi tomon uchun ayblovdek, hukm 
chiqarishdek va hujum qilinayotgandek tuyuladi va uni himoyalanish pozitsiyasida 
turib olishga majbur qiladi. Unga quyidagi tipik misollarni keltirishimiz mumkin 
―SIZ
-
tasdiqlar‖: ―SIZ xato qilayapsiz‖, ―SIZ noto‗g‗ri gaplarni aytayapsiz‖, ―SIZ 
har doim....‖.
―SIZ tasdiqlar‖ning asosiy muammosi shundan iborat
ki, ular sizning 
haqligingiz va boshqa tomonni haqsizligi haqida tasavvur paydo qiladi. Ular fikrlar 
o‗rtasida farqlar mavjudligini ko‗rsatadi. Buning natijasi esa ikkinchi tomonning
jahlini chiqishi va uni himoyalanish pozitsiyasida turib olishiga sabab 
bo‗ladi. 
Bunday konfliktli holatlar qandaydir muammoga bog‗liq ravishda emas, balki unga 
―SIZ tasdiqlar‖ga yo‗l qo‗ygan kishiga nisbatan munosabat asosida paydo bo‗ladi. 
Muammoli holat esa o‗z navbatida murakkablik kasb etadi. 
Agar siz ―SIZ tasdiqlar‖ maz
munini boshqa kishidan nimani 
istayotganingizni neytral shaklda talabni yumshatish uchun ―MEN murojaat‖ 
shaklida ifodalashdan foydalansangiz, u holda bu sizga ijobiy mahsuldor 
munosabat o‗rnatishga yordam beradi. Ikkinchi tomonning aksariyati bunday 
hollarda qarama-qarshilikni his etmasdan va mos salbiy emotsiyalarga berilmasdan 
sizni eshitishga, tinglashga va javob berishga tayyor bo‗ladi.
Quyida ―SIZ tasdiqlar‖ni ―Men tasdiqlar‖ yordamida samarali mahsulodor 
munosabatlarga o‗tkazish yuzasidan m
isollar keltiramiz. 
―SIZ 
tasdiqlar‖
―MEN tasdiqlar‖
Ayblash 
Natijaga mo‗ljalni olgan holda manfaat va istaklarni 
ifodalash:
―SIZ 
nima 
Siz meni gaplarimni bo‗lib, nimanidir aytmoqchi 


86 
uchun 
ha 
deb 
gapimni 
bo‗laverasiz?‖
bo‗lganingizda, MEN siz nima haqda 
gapirayotganingizni 
tushunishim uchun fikrimni bir joyga jamlay olmayman, 
chunki bu vaqtda MEN o‗z fikrlar va o‗ylarimga 
diqqatimni jamlagan bo‗laman. Agar siz meni eshitib 
bo‗lguningizcha toqat qilib tursangiz men sizdan 
minnatdor bo‗lar edim, albatta siz
menga ma‘lumotni 
hoziroq yetkazishingiz lozim deb topgan holatlar bundan 
mustasno. 
SIZ meni o‗z 
savollaringiz bilan 
chalg‗itib
qo‗yayapsiz
Boshqa ishlar bilan band bo‗lganimda, siz nima 
haqidadir so‗rasangiz MEN o‗zimni noqulay his etaman, 
bunday vaqtda MEN sizning savollaringizga javob 
berishga tayyor bo‗lmayman. Agar siz barcha 
savollaringizni vaqtim bemalol bo‗lganda berganingizda 
edi men sizdan minnatdor bo‗lar edim (imkoniyatingizga 
qarab vaqtingizni ko‗rsatasiz). 
O‗ta murakkab bo‗lgan ―MEN murojaatlar‖ni asosiy modeliga ko‗ra sizni 
qoniqtirmaydigan ikkinchi tomon harakatlariga nisbatan neytral bo‗lgan 
ayblovlarsiz iboralar bilan boshlashingiz lozim. So‗ngra esa mazkur harakatlarga 
nisbatan bo‗lgan ratsional va emotsional reaksiyalaringizni 
ifoda qilishingiz kerak 
bo‗ladi. Shundan keyin, mazkur harakatlar sizni qiyin holatga tushirib qo‗yishini 
tushuntiring yoki u sizga qanday aks ta‘sir ko‗rsatishini oddiygina qilib ko‗rsatib 
bering. Va nihoyat, agressiv bo‗lmagan o‗ta muloyimlik bilan nim
ani istashinizni 
ifodalab bering. Shu bilan birga quyidagi murojaatlardan foydalanig ―Men 
istardimki...‖, ―Men sizdan minnatdor bo‗lar edim‖ yoki ―Men ... afzal bilaman‖.
Qismlarga ajratilgan ―MEN murojaatlar‖ modelining elementlari quyidagi 
ko‗rinishni ta
shkil etadi:


87 
―Siz qachon (ikkinchi tomon harakatlarini ayblovlarsiz ifodalash), men his 
etaman (mazkur harakatlarga bog‗liq sizning emotsiyalaringiz yoki hislaringiz), 
chunki (nima sababdan ushbu harakatlar siz uchun muammo tug‗diradi yoki u 
sizga qanday 
ta‘sir ko‗rsatadi), va men istardim, men sizdan minnatdor bo‗lardim, 
men uchun afzal (sizning hohish-
istagingiz ifodalash)‖.
Mavzuga izoh: Notiqlik san‘atini egallash istagi bilan juda qiziqqan bir yosh 
yigit uzoqdan Afinaga Suqrotning yoniga tashrif buyuribdi. Suqrot u bilan suhbat 
qilib bo‗lganidan so‗ng u yigitchadan notiqlik san‘atini o‗rgatishi uchun ikki 
baravar haq to‗lashi kerakligini aytibdi. Shogird tushmoqchi bo‗lgan yigit 
―Nega?‖
-
degan savol bilan murojaat qilganida, falsafachi ―chunki men sen
ga 
nafaqat gapirishni, balki qanday jim turishni va eshitishni ham o‗rgatmog‗im lozim 
bo‗ladi‖ –
deb javob qaytargan ekan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə