R. D. Shodiyev


Muammo mazmunida fikrni jamlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Muammo mazmunida fikrni jamlash. 
Ma‘lumki
, muammo paydo 
bo‗lishida kelishmovchilik uchun sabab 
- vaziyat, hodisa, voqea sanaladi. Lekin, 
vaziyat, hodisa, voqea ham o‗z
-
o‗zidan paydo bo‗lib qolmaydi. Uning ham o‗ziga 
xos bo‗lgan sabab va oqibatlari mavjud. Tomonlarni to‗qnashtirgan vaziyat, 
hodisa va voqeadagi maqsadlar - 
manfaatlar to‗qnashuvi hisoblanadi. Muammoni 
paydo bo‗lishida tomonlarning maqsadlarini taqqoslang, ulardagi umumiy va 
qarama-
qarshi jihatlarni belgilab oling. Shu o‗rinda qayd etishimiz joizki, konflikt 
holatlarning yechimini 
topishda tatbiq etish mumkin bo‗lmagan qoidalar ham 
mavjud. Bular quyidagilardir:

muxolif tomon bilan ziddiyat bahonasida umr bo‗yi bo‗lib o‗tgan 
barcha nizolarni sanash, ularni kelib chiqqan o‗sha paytda emas, aynan yangitdan 
vujudga kelgan ziddiyatli vaziyatga qo‗llash, eslash va muxolif tomonni avvalgi 


93 
ayblari uchun jazolashga harakat qilish

mumkin emas! Umringiz mobaynida 
muxolif tomon bilan bo‗lib o‗tgan barcha nizolarni qayta eslash –
mumkin emas! 
Konfliktlar natijasida nizolar tarixini esga olish, ularni doimiy yodda saqlashga 
urinish, har gal nizo chiqqanida ularni ataylab esga solish - mutlaqo mumkin 
emas!. Muxolif tomonga davriy ravishda ta‘na
-doshnom qilish, ilgari muhokama 
qilinib, bir-birini kechirimlari bilan tugallangan konflikt vaziyatlarni unutmasdan, 
ularni o‗z ruhiy holatini yuklanganlik darajasida saqlab yurish ham 
mutlaqo 
mumkin emas! Shu o‗rinda, e‘tiborni muammoga emas, balki o‗z hissiyotlari va 
xafagarchiliklarga ham qaratish - mutlaqo mumkin emas!
Konfliktdan chiqib ketish uchun inson eng avvalo o‗zini ruhiy holatini
moslashtira olishi lozim. Agar inson konfl
iktga nisbatan munosabatini o‗tib ketgan 
hodisa va ziddiyatlar asosida boshlasa, ularga tayansa hech qachon ziddiyatni 
bartaraf eta olmaydi. Kechirimli bo‗lishlik –
ziddiyatlarni bartaraf qilish uchun 
qo‗yilgan qadamlardan biridir. Shunday ekan, ilgarigi 
konflikt holatni yangisi 
bilan ulab bo‗lmaydi, ziddiyatlar tarixini eslash ham mumkin emas. Chunki, 
muxolif tomon ham xuddi shu yo‗ldan borishi mumkin. Ilgarigi ziddiyatlarni 
yodga olishdan ko‗ra, balki muammoni aniqlash yo‗lidan borgan ma‘qul.

konflik
t holatlarda ayb kimdaligini aniqlashga, uni paydo bo‗lishida, 
uning rivojida kim ko‗proq aybdor ekanligiga bor kuchni berish mumkin emas. 
Konflikt holatlarda kim haqu, kim nohaqligini aniqlash 

konfliktni boshi berk 
ko‗chaga boshlash demakdir. Chunki, har birimizda o‗z haqiqatimiz mavjud. 
Shunday ekan, ziddiyatni bartaraf etish degani bu kim aybdor ekanligini izlash 
hamda ziddiyatdagi aybdor insonni topish va uni jazolash ham emasdir! Sababi, 
konfliktli holatlarda barcha o‗zini o‗ziga xos bo‗lmagan hola
tda tutishi kuzatilgan. 
Barcha ham konfliktli holatlarda g‗azab otiga minishi, o‗zini himoyalash maqsadida 
qo‗pol so‗zlardan foydalanishi mumkin. Konfliktli holatlarda aybdor shaxsni topish 
qiyin yoki uni topib bo‗lmaydi! Qarama
-
qarshi manfaatlar to‗qna
shuvi natijasida 
konfliktlar paydo bo‗ladi. 
Konfliktli holatlarda aslida qarama-
qarshi insonlar ham bo‗lmaydi, chunki 
insonlar qarama-qarshiligi aslida manfaatlar qarama-qarshiligi mavjudligini 


94 
ko‗rsatadi va u yuzaga qalqib chiqadi xolos. Shu bois, agar 
siz ziddiyatda muxolif 
tomon shaxsini ayblasangiz, diqqatingizni konfliktni keltirib chiqargan muammoga 
emas, balki shaxsga qaratgan bo‗lasiz. Bunda konflikt yechimini emas, balki 
aybdor shaxsni izlayotgan bo‗lasiz. Mazkur holatda birovni jazolash, aybini 
tan 
oldirish muhim, asl haqiqat esa boshqa tarafda bo‗lib chiqishi mumkin. Natijada, 
siz o‗zingizga yoqmay turgan insonni ayblash va o‗zingizni oqlash yo‗lidan ketgan 
bo‗lasiz. Aslida olganimizda siz o‗zingizni oqlashingiz kerakmidi? Yo‗q. Chunki, 
ayb sizda ham emas. Bu esa, konflikt yechimidan uzoqlashib, uning yechimini 
topishda boshqa yo‗ldan ketilganligini ko‗rsatadi. Shunday ekan, konfliktlarni 
yechishda aybdorni qidirish mutlaqo noto‗g‗ri yo‗ldir. Konflikt holatlarda aybdor 
shaxslar bo‗lmaydi. Aybdor
ni qidirish esa uni jazolashni talab etadi. Muxolif 
tomonga ―Sen aybdorsan‖ desangiz, u ―Meni jazolashmoqchi‖ deb anglashi tabiiy. 
Ammo u aybdor emasligini h
is qilgan holda, ―Nima uchun meni 
jazolashmoqchi?!‖ deb, qarshi hujumga o‗tadi. Bu holatda, muxolif
tomonning 
qarshi hujumi, aslida, hujum qilish uchun emas, balki o‗z
-
o‗zini himoya qilish 
uchun yo‗naltirilgan bo‗ladi.

konfliktli holatlar yechimini izlashda fikr-mulohazalar va 
emotsiyalarni muammo yechimiga qaratish, paydo bo‗lgan muammoni bartaraf 
et
ishga qayg‗urish, mavjud energiyani muammo mazmunini anglash va yechishga 
qaratish kutilgan natijani beradi. Muammo bo‗yicha fikrlashish, o‗zingizga va 
muxolif tomonga undan chetlashishga yo‗l qo‗ymang. Gaplar va so‗zlaringiz 
bosiq, tinch, izzat-hurmatni 
joyiga qo‗ygan holda yuzaga chiqsin, emotsiyaga 
berilmang. Chunki, siz konfliktning kelib chiqishida qarshingizda turgan inson 
emas, balki uning manfaati yotganini yaxshi bilasiz. Bir o‗ylab ko‗ringchi, balki 
mana shu manfaatlarda ba‘zi bir joylarida umumi
y tomonlar, jihatlar mavjuddir. 
Muxolif tomon o‗sha umumiy tomonlarni balki sizga ayon qildirmoqchidir. 
Muammoni aniqlab olish esa, ana shu savollarga javob topish bilan barobardir. 

konflikt holatlarni manfaatlar to‗qnashuvi deb yuqorida qayd etdik. 
Leki
n, shu bilan birga bunday holatlarda ikki tomon ham g‗olib chiqishi 
mumkinligini bildik. Agar shunday bo‗lsa, siz o‗z oldingizga konfliktli holatlarda 


95 
g‗olib chiqishni maqsad qilmang. Sizning maqsadingiz 

o‗z manfaatlaringiz bilan 
muxolif tomon manfaatlar
ini uyg‗unlashtirish, ularni umumiy o‗xshash jihatlarini 
topib, ikkala tomonni ham qoniqtiruvchi yechimga keltirishdir. Sizning va uning 
yutug‗i teng bo‗lgandagina konflikt holat o‗z yechimini topgan bo‗ladi. Ya‘ni, 
konflikt holatdan har ikki tomon qoniqadi, tinchlanib, topilgan yechimdan qoniqish 
hosil qilgandagina ―g‗olib
-
g‗olib‖ holati yaratiladi. Demak, bosh maqsad –
konflikt 
holatda adolatli yechimni izlash va topishdan iborat bo‗lishi lozim.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə