R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

 
 
 
 
 


107 
“Konfliktli holatda men o„zimni qanday tutaman” mavzusidagi amaliy 
mashg„ulot 
 
(мashg„ulot test o„tkazish metodikasi asosida tuzilgan)
 
 
Mashg„ulotdan maqsad.
Shaxsning konfliktli holatlarda o‗zini qanday 
tutishi lozimligi to‗g‗risidagi asosiy muammo haqidagi bilimlarni mustahkamlash. 
Mashg„ulotga tayyorgarlik ko„rish bosqichi
Tayyorgarlik ko„rish davri. 
Shaxsni o‗zini o‗zi baholash 
maqsadida talabalar 
bir-
ikki hafta oldin test metodi yordamida mashg‗ulot o‗tkazilishi haqida 
ma‘lumotga ega bo‗ladilar. Ularga mashg‗ulot mavzusi va maqsadi yetkaziladi.
Adabiyotlarni mustaqil o‗rganish va asosiy tushunchalarni aniqlash uchun 
ko‗rsatmalar beriladi: ―konfliktda shaxsni o‗zini tutishi modeli‖, ―konfliktda o‗zini 
tutish strategiyasi‖.
Mashg„ulot davomida. 
Talabalar testlar bilan ishlaydilar, o‗qituvchi 
yordamida natijalarni tahlil qiladilar, harakatlanishda korreksiyalash yo‗llarini 
aniqlashadi. 
 
1-
test. Shmishek metodikasi bo„yicha aksentuatsiya tavsifini baholash
 
Qo‗llanma. Sizga 97 savol taqdim etilmoqda, ulardan har biriga Siz ―ha‖ 
yoki ―yo‗q‖ deb javob berishingiz lozim. Bu yerda ―yaxshi‖ yoki ―yomon‖ degan 
javobning o‗zi bo‗lishi mumkin
emas. 
1.
Sizni kayfiyatingiz odatda yaxshi, buzilmagan bo‗ladimi?
2.
Siz haqoratlarga, ranjitishlarga ta‘sirchanmisiz?
3.
Siz tez ko‗zingizga yosh olasizmi?
4.
Qandaydir ishni nihoyasida uning bajarilish sifati haqida shubha paydo 
bo‗lsa, Siz uni to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri bajarilganligini tekshirishga 
tushasizmi? 
5.
Bolaliligingizda Siz tengdoshlaringiz kabi qo‗rqmas bo‗lganmisiz?
6.
Sizda kayfiyatingizni darhol o‗zgarish holatlari tez
-tez uchrab turadimi? 


108 
7.
Xursandchilik vaqtida, bayramlarda Siz atrofdagilarni diqqat markazida 
bo‗lasizmi?
8.
Sizda hech qanday sabablarsiz jahldor bo‗ladigan kunlar bo‗ladimi va 
bunday paytda atrofdagilar Sizga yaqinlashmaslik lozim deb 
hisoblaydilarmi? 
9.
Siz kelgan xatni o‗qib chiqib, tezda javob qaytarasizmi?
10.
Siz jiddiy insonmisiz? 
11.
Siz qandaydir v
aqtda nima bilandir qizg‗in mashg‗ul bo‗lsangiz, boshqa 
narsalar siz uchun o‗z ahamiyatini yo‗qotib qo‗yadigan holatlar 
bo‗ladimi?
12.
Siz tadbirkormisiz? 
13.
Siz haqorat va ranjitishlarni tezda unutasizmi? 
14.
Siz rahmdil insonmisiz? 
15.
Siz pochta qutisiga xat tashlaganingizda, uni qutiga tushgan 
tushmaganligini tekshirib ko‗rasizmi?
16.
Sizning izzattalabligingiz, ishda yoki o‗qishda Siz birinchilardan 
bo‗lishingizni talab etadimi?
17.
Bolaligingizda Siz momaqaldiroq va itdan qo‗rqqanmisiz?
18.
Ba‘zan Siz nomaqbul hazillar ustidan kulasizmi?
19.
Tanishlaringiz orasida Sizni pedant …
deb hisoblaydiganlar bormi? 
20.
Sizning kayfiyatingiz tashqi holatlar bilan juda ham bog‗liqmi?
21.
Sizni tanishlaringiz yaxshi ko‗rishadimi?
22.
Siz kuchli ichki shijoat va mayl hukmida tez-
tez bo‗lib turasizmi?
23.
Siz odatda tushkunlik kayfiyatida bo‗lasizmi?
24.
Og‗ir asabiy holatda Sizda o‗ksinish bo‗lganmi?
25.
Bir joyda uzoq muddat o‗tirish Siz uchun qiyinmi?
26.
Sizga nisbatan adolatsizlikka yo‗l qo‗yilsa, Siz o‗z manfaatlaringizni 
himoya qila olasizmi? 
27.
Ba‘zan maqtanchoqlik qilasizmi?
28.
Zarurat bo‗lganida Siz uy hayvoni yoki parrandasini so‗ya olarmidingiz?


109 
29.
Agar parda yoki dasturxon bir tekis yozilgan bo‗lmasa, Sizni 
g‗ashingizni keltiradimi, uni to‗g‗rilab qo‗yishga harakat qilasizmi?
30.
Bolaligingizda Siz uyda yolg‗iz qolishdan qo‗rqarmidingiz?
31.
Asossiz sabablarsiz kayfiyatingiz tez tez buzilib turadimi? 
32.
Kasbiy faoliyatingizda Siz eng yaxshilardan biri bo‗lish holati 
uchraganmi? 
33.
Sizning jahlingiz tez chiqadimi? 
34.
Siz sho‗x
-
xursand bo‗lishga 
qodirmisiz? 
35.
Sizda to‗lig‗icha baxtdan qoniqish holatlari bo‗ladimi?
36.
Quvnoq tomoshalarda Siz konfransyelik rolini bajara olasizmi? 
37.
Hayotingiz davomida Siz yolg‗on gapirga
nmisiz? 
38.
Odamlarning yuziga qarab U haqida o‗z fikringizni ayta olasizmi?
39.
Siz qonga bexavotir qaray olasizmi? 
40.
Faqat Siz mas‘ul bo‗lgan ishni bajarish Sizga yoqadimi?
41.
Ba‘zan bir odamga nisbatan adolatsizlik yo‗l qo‗yilganda, Siz uni tarafini 
olishga qodirmisiz? 
42.
Siz qorong‗i yerto‗laga tushsangiz yoki qorong‗i bo‗sh xonaga kirsangiz 
xavotirga tushasizmi? 
43.
Sizga katta mehnat talab etadigan va tez bajariladigan ishdan ko‗ra, uzoq 
vaqtda hamda aniq bajariladigan faoliyat yoqadimi? 
44.
Siz juda kirishimli insonmisiz? 
45.
Sizga maktab davrida she‘rlarni ifodali o‗qish yoqarmidi?
46.
Bolaligingizda Siz uydan qochib ketganmisiz? 
47.
Odatda Siz jamoat transportida hech ikkilanmasdan yoshi ulug‗larga joy 
berasizmi? 
48.
Ko‗p hollarda Siz uchun hayot qiyin tuyuladimi?
49.
Sizda qandaydir konfliktdan so‗ng ta‘bingiz xira bo‗lganida ishga bora 
olmaslik holati bo‗lganmi?
50.
Omadsizlikka uchraganigizda, sizda hazilkashlik saqlanadi deyishimiz 
mumkinmi? 


110 
51.
Siz kimnidir xafa qilib qo‗ysangiz u bilan yarashishga harakat qilasizmi? 
Yarashishga nisbatan birinchi qadamni qo‗ya olasizmi?
52.
Jonivorlarni juda yaxshi ko‗rasizmi?
53.
Sizda uydan chiqib 
ketganigizdan so‗ng qaytib kelib, svet, gaz va 
boshqalarni o‗chirganigizni tekshirib ko‗rish holatlari uchraganmi?
54.
Qachondir Siz bilan yoki qarindoshlaringiz bilan qandaydir hodisa sodir 
bo‗lishi mumkin degan fikrlar Sizni bezovta qilganmi?
55.
Sizning kayfiyatingiz ob-
havoga juda ham bog‗liqmi?
56.
Katta auditoriya oldida ma‘ruza qilish Siz uchun qiyinmi?
57.
Kimdandir xafa bo‗lganingizd qo‗llaringiz ishga tushishi mumkinmi?
58.
Xursandchilikni juda ham yoqtirasizmi? 
59.
Nimani o‗ylasangiz shuni aytasizmi?
60.
Ko‗nglingiz qolgan
ida ruhiy tushkunlikka tushasizmi? 
61.
Qandaydir ishda Sizni tashkilotchilik jalb etadimi? 
62.
Maqsadga erishishingizda yo‗lingizda qandaydir to‗siq uchrasa sabot 
matonat bilan harakatlana olasizmi? 
63.
Siz yoqtirmaydigan insonlar omadsizlikka uchraganida Sizda qoniqish 
hissi bo‗lganmi?
64.
Tragediyaga oid filmlarni ko‗rganigizda ko‗zingizga yosh keladimi?
65.
Sizda o‗tgan kun va ertangi kun haqidagi fikrlar tez
-tez uxlashingizga
ta‘sir ko‗rsatadimi?
66.
Maktab davrlarida Siz doskadagi o‗rtog‗ingizga aytib turgan yoki uyga 
vaz
ifalarni ko‗chirtirish holatlaringiz bo‗lganmi?
67.
Qorong‗ulikda bir o‗zingiz qabristondan o‗ta olarmidingiz?
68.
Maoshingizni sanab ko‗rganingizda pul ko‗p chiqsa o‗ylab o‗tirmasdan 
kassaga qaytararmidingiz? 
69.
Uyingidagi har bir buyum o‗z joyida turishiga katta a
hamiyat 
qaratasizmi? 
70.
Uxlashga yotganingizda yaxshi kayfiyat bilan yotib, ertalab yomon 
holatda turishingi va bu bir necha soat davom etish holatlari uchraganmi? 


111 
71.
Yangi holatlarga Siz tezda moslasha olasizmi? 
72.
Boshingiz tez-
tez og‗rib turadimi?
73.
Siz tez-tez kulib turasizmi? 
74.
Siz yoqtirmagan insonigizga, Sizning unga nisbatan haqiqiy 
munosabatingizni hech kim bilmagan holda, xushmuomalalik bilan 
munosabatda bo‗la olasizmi? 
75.
Siz harakatchan insonmisiz? 
76.
Adolatsizlik ro‗y berayotganida azoblanasizmi?
77.
Tabiat ishtyoqmandimisiz? 
78.
Uydan chiqayotganingizda yoki uxlamoqchi bo‗layotganingizda Siz suv 
kranlarini, chiroqlar o‗chirilganligini, eshiklar yopiqligini tekshirib 
ko‗rasizmi?
79.
Siz qo‗rqoq emasmisiz?
80.
Siz iste‘mol qilgan alkogolli ichimlik kayfiyatingizni o‗zgartira o
ladimi? 
81.
Badiiy ijodkorlik to‗garaklariga bajonudil ishtirok eta olasizmi?
82.
Ba‘zida uydan uzoqlarga ketib qolish istagi Si
z
da bo‗ladimi?
83.
Siz odatda hayotga tushkunlik kayfiyatida (pessimistik tarzda) 
boqasizmi? 
84.
Sizda xushchaqchaqlik kayfiyati mayuslikka o‗ti
sh holati uchraydimi? 
85.
Siz jamoani qiziqtirib, kompaniyaning joni dili bo‗la olasizmi?
86.
Xafagarchilikni, jahlni uzoq vaqt saqlaysizmi? 
87.
Boshqalarning boshiga tushgan musibatga Siz uzoq vaqt qayg‗urasizmi?
88.
Har doim ham Sizga nisbatan qilingan tanbehni, uni to‗g‗riligini 
tasdiqlagan holda tan olasizmi?
89.
Maktab davrlarida daftar beti dog‗ bo‗lganida qayta ko‗chirib 
yozganmisiz? 
90.
Sizda insonlarga nisbatan ishonishdan ko‗ra ehtiyotkorlik va 
ishonchsizlik kattami? 
91.
Siz qo‗rqinchli tushlarni tez
-
tez ko‗rib turasizmi?


112 
92.
Ba‘zan Sizda perronda turib o‗z irodangizga qarshi bo‗lgan holatda 
poyezd yo‗liga chiqish yoki uyingidagi derazadan sakrash kabi xayoldan 
chiqmaydigan fikrlar paydo bo‗lib turadimi? 
93.
Xushchaqchaq ins
onlar davrasida Siz xushchaqchaq bo‗lib qolasizmi?
94.
Siz murakkab muammolar haqida o‗ylamaydigan, agar ular bilan 
shug‗ullansangiz unchalik ham uzoq shug‗ullanmaydigan insonsiz?
95.
Alkogolli ichimlik ta‘sirida Siz kutilmagan impulsiv harakatlarni amalga 
oshirasizmi? 
96.
Suhbat davomida Siz uchun gapirishdan ko‗ra eshitish ma‘qulmi?
97.
Siz kimnidir tasvirlay turib, qiziqib ketganingizdan Siz o‗zingizni kim 
ekanligingizni unutib qo‗ya olasizmi?

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə