R. D. Shodiyev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

 
 
 
 
 
 
 
 


100 
Pedagogik konfliktologiyada tolerantlik tushunchasi va mediatsiya 
qoidalari 
 
Konfliktli holatlarda tolerantlik (o‗zgacha
mantiq va qarashlar, farqlanish 
huquqi, o‗xshamaslikni tan olishga tayyorlik) ongli ravishda holatlarga obyektiv 
munosabatda bo‗lish imkoniyatini berib, so‗ngra asosli tadbir va harakatlarni 
amalga oshirishni nazarda tutadi. Tolerant shaxsni konfliktli holatlarda xatti-
harakatlarining samaradorligi boshqalarnikiga qaraganda yuqoriroq bo‗ladi. U 
boshqalardan o‗z ruhiy holatining turg‗unligi (stressga va konfliktga nisbatan 
turg‗unlik) bilan farq qiladi.
Tolerantlikni yo‗nalishlariga ko‗ra quyidagilarga ajra
tish mumkin: 
-
Boshqalarga nisbatan tashqi tolerantlik 

boshqa shaxslarda shaxsiy 
pozitsiya bo‗lishi mumkinligini tan olishning shakllanganligi, konfliktli holatlarni 
turli aspekt va argumentlarni hisobga olgan holda turli nuqtai nazardan qaray olish 
qobiliyatining mavjudligi; 
-
Ichki tolerantlik (ichki turg‗unlikning mavjudligi) 
- konfliktli 
holatlarda muvozonatni saqlash, mazkur holatlarda harakat qilish va uni bartaraf 
eta olish qobiliyati. 
Ilmiy adabiyotlarda tolerantlik 

eng avvalo sheriklar fikriga hurmat bilan 
qarash va tengligini tan olish, hukmronlik va kuch ishlatishdan voz kechishdir deb 
qaraladi.
Tolerantlik insonning boshqalarni qanday bo‗lsa shundayligicha qabul 
qilishga tayyorligini nazarda tutadi va ular bilan kelishish asosida o‗zaro 
harakatlanadi. Shu bilan birga tolerantlik befarqlik munosbati emas yoki boshqaga 
moslashish ham emasdir. U jabrlanish yoki jabrlanuvchi pozitsiyasida bo‗lishni, 
ya‘ni shaxsiy manfaatlardan to‗liq voz kechish yoki altruizmni (altruizm –
lotinchadan olingan bo‗
lib, alter 

boshqa, boshqalar ma‘nosini bildiradi. Boshqa 
insonlar farovonligi uchun shaxsiy manfaatlaridan voz kechishga tayyorlik, ular 
haqida qayg‗urish) nazarda tutmaydi. Bu hamkorlikdagi natijaviylikdan 
manfaatdor bo‗lgan tomonlarning faol pozitsiyasidir. ―Hamkorlik‖ so‗zining 


101 
dastlabki holatidanoq uning asosida birgalikda aniq bir natijaga erishish ma‘nosi 
yotadi. Mazkur natija, munosabatlarni tushunilishi, rivojlanishi va boshqalarga 
ko‗maklashishi lozim. 
Munosabatlardagi tolerantlik 

yetuk, mustaqil, shaxsiy qadriyalar va 
manfaatlari mavjud inson pozitsiyasi bo‗lib, ularni himoya qilishga va bir 
vaqtning o‗zida boshqa insonlar qadriyatlari va pozitsiyalariga nisbatan hurmat 
qilish munosabatida bo‗ladi. Tolerant inson o‗zini yaxshi biladi va
o‗zgalar 
so‗ramasidan turib, ularga diqqat
-
e‘tiborini qaratgan holda ularni tan oladi. 
Tolerantlikni tushunish uni intolerantlik - 
toqatsizlikni taqqoslash yo‗li orqali 
erishiladi. Toqatsizlik quyidagi ko‗rinishlarda namoyon bo‗ladi:
-
salbiy stereotiplar, natsionalizm, shovinizm, rasizm; 
-
nutq va amallardagi zo‗ravonlik –
ta‘qib qilish, qo‗rqitish, tahdid 
qilish, repressiya, genotsid, haqoratlash, ustidan kulish, laqab qo‗yish;
-
qarash va amallardagi ekstremizm - terrorizm, fashizm, diniy va 
madaniy qadriyatlarni vayron qilish; 
-
ekspluatatsiya qilish; 
-
migrantofobiya va jinsiga ko‗ra diskriminatsiya qilish, jamiyatdan 
ajaratib qo‗yish
.
Toqatsizlik ko‗pincha ochiq va oshkor bo‗lmagan, yashirin pozitsiyada 
bo‗ladi. Masalan, biz talabalarimiz tolerantligini o‗rganganimizda barchasiga: 
inson qonunlarga rioya etishi kerakmi, bizning mamlakatimizda istiqomat 
qiladigan odam aniq qoidalarga, xatti-
harakat meyorlariga bo‗ysunishi lozimmi? 

degan savol bilan murojaat qildik. Ularning barchasi tasdiq javobini berishdi.
Tolerantlikning asosiy mezonlari quyidagilardan: 
- tenglik pozitsiyasi va boshqalarning manfaatini ham hisobga olish; 

zo‗ravonl
ikni rad etish; 

o‗ziga, boshqaga, jamiyatga bo‗lgan munosabatni anglash;

ixtiyoriy ravishda qoida va qonunlarga bo‗ysunish;
- maqsadlarning pozitivligi (pozitiv leksikada ifodalanish); 

og‗ir holatlarda ichki turg‗unlikni, muvozonatni saqlay bilish;


102 
- shaxsiy tanlov qobiliyatining mavjudligidan iborat. 
Maktab sharoitida tolerantlikni tarbiyalash. 
Maktab sharoitida tolerantlikni tarbiyalash ishini maktab o‗qituvchilaridan 
boshlash lozim. Ta‘lim –
bu shunday sohaki, unda tolerant munosabatlarni 
shakllant
irish va o‗rnatish juda muhimdir va buni amalga oshirish uchun 
imkoniyatlar ham mavjuddir. Bunda tarix, geografiya va adabiyot darslarida 
o‗quvchilarga boshqa xalqlar to‗g‗risida obyektiv ma‘lumotlarni taqdim etish 
kerak 

bu birinchi aspekt bo‗lsa, ikkinc
hi aspekti 

boshqani tinglay olish va 
tushuna bilish ko‗nikmasining mavjudligidir. Bular uchun esa maktablarda 
o‗qituvchilar va o‗quvchilarga maxsus treninglar tashkil qilish va o‗tkazish lozim. 
Mediatsiya nima? Mediatsiya 

muzokaralardan nimasi bilandir 
farqlanmaydigan holat bo‗lib, u o‗zida muzokaralar jarayonining o‗ziga xos 
ko‗rinishini namoyon etadi.
Mediatsiya 

shunday jarayonki, uning borishida konflikt ishtirokchilari 
neytral vositachi (ya‘ni mediatr) yordamida muammoni rejali oshkor qilishadi v

uni yechish yoki muqobil yo‗llarini izlashadi hamda ularning manfaatiga to‗g‗ri 
keluvchi kelishuvga erishishga harakat qilishadi.
Mediatsiyani (vositachilikni) birinchi navbatda konfliktni yechishga qarab 
siljitilgan jarayon deb tushunish lozim. Mediatsiya 

maqsadli aralashuv bo‗lib, u 
dastlab konfliktni yumshatadi, so‗ngra oqilona yechimni qabul qilish uchun sharoit 
yaratadi va nihoyat qandaydir muammoni yechadi. Bunda konfliktli holatdagi 
barcha elementlar yechim topmasada, lekin mediatsiya yordamida mavjud konflikt 
uning ishtirokchilari tomonidan yaxshi tushunilishi va boshqariluvchi jarayonga 
o‗tkazilishi mumkin.
Mediatsiya muammoni chuqurlashtirishga qarab emas, balki yuqori darajada 
tomonlar konfliktni qanday yechimini topishi lozimligiga va harakat dasturini 
tuzishga qarab jamlanadi.
Mediatsiya mavjud harakatlar va davolash nazariyalarini rad etmaydi, uni 
almashtirmaydi ham, mediatsiya bilan parallel ravishda uzoq muddatli ruhiy 


103 
ta‘sirlar ham qo‗llanilishi mumkin. Xuddi shuningdek, mediatsiya
jarayonida 
huquqiy va shunga o‗xshash konsultatsiyalar zarurati rad etilmaydi.
Mediatsiya 

konfliktga pozitiv aralashish texnikasi bo‗lib, undan holatni 
susaytirish va yechimini topishni tarkiblashtirishda foydalaniladi. Mazkur texnika 
qadriyatlar, meyorlar, prinsiplar va manfaatlarni namoyon etishi hamda kelishuvini 
nazarda tutadi, uning tashuvchilari mediatorlar emas, balki aynan konflikt 
ishtirokchilaridir. Mediatsiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 
ishtirokchilar asos sifatida qabul 
qiladigan bo‗lg‗usi harakatlar dasturini ishlab 
chiqish; o‗zlarining shaxsiy yechimlari natijalarini to‗liq anglashlari uchun 
ishtirokchilarni tayyorlash; bezovta qiluvchi va konfliktning boshqa salbiy 
jihatlarini ishtirokchilar yordamida hammani qanoatlantiruvchi asosni ishlab 
chiqish jarayonida neytrallashtirish. 
Mediatsiya - 
qarshiliklarni yengishga, ishtirokchilar o‗rtasida samarali 
kommunikatsiyaga to‗siq bo‗layotgan holatlarni bartaraf etishga; alternativ 
imkoniyatlarni maksimallashtirishga; jarayon ishtirokchilari barchasining 
manfaatlarini hisobga olishga; kelgusida konfliktni yechish uchun uning modelini 
yaratishga yordam beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə