R. D. Shodiyev


Faol tinglash malakalarini qo„llash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Faol tinglash malakalarini qo„llash. 
Konflikt holatlarning o‗ziga xosligi 
har ikkala tomon uchun ham his-
tuyg‗ularning beqiyos darajada taranglashgan 
bilan tavsiflanadi. Ma‘lumki, har bir kishi eng avvalo o‗
z his-tuylariga quloq 
tutishga odatlangan bo‗ladi. Har bir insonning ichki ―Meni‖ yuqoriroq turadi. 
Lekin, barchamiz ham o‗z hissiyotlarimizni to‗g‗ri anglab yetamizmi? O‗z 
hissiyotlarimizni to‗g‗ri talqin eta olamizmi? Konflikt holatidagi muammoni 
anglash
imiz, tushunishimiz uchun o‗ylarimiz, fikrlarimiz, emotsiyalarimiz, hamda 
mulohazalarimiz yoki argumentlarimiz yetarlimi? Shu sababdan ham, odatda 
konfliktli holatning yechimini topish uchun har ikkala tomon faol tinglashni, 
o‗zgani eshitishni, uning o‗y 
va fikrlarini, emotsiyalarini, shuningdek mulohazalari 
yoki argumentlarini bilishi lozim bo‗ladi. Muammoni aniq belgilash va uning 
chegaralarini ko‗rish uchun muxolifat tomon fikr va o‗ylari, hissiyotlarini to‗g‗ri 
aniqlab olish kerak bo‗ladi. Ikkinchi tom
on fikrlarini bilish - ularni faol tinglash, 
fikrlarini to‗g‗ri baholay olish, talqin qilish, qarashlarini anglash va tushunish 
orqaligina ta‘minlanishi mumkin. 
 
Faol tinglash ko‗nikmalari o‗z
-
o‗zidan shakllanmaydi va paydo bo‗lmaydi. 
Uni har bir shaxs o‗
zida shakllantirishi va tarbiyalashi lozim. Faol tinglashning 


97 
o‗ziga xos tartib
-
qoidalari mavjud bo‗lib, u ochiqlik, samimiylik, mulohazalik, 
bosiqlik, vazminlik, dalil va argumentlarni ochiq hamda asosli bayon qilish
birovni ayblamasdan so‗zlash, boshqalarga mehrli bo‗lish, suhbatlashayotganda 
boshqa tomonga qarab turmaslik, ko‗zni suhbatdoshdan olib qochmaslik, nigohlar 
samimiy va ochiq bo‗lishi, tahdidli harakatlar va so‗zlardan o‗zini tiya bilish, 
muloqotga tayyor ekanlikni namoyish qilish, soxta sun
‘iy xushomadlardan o‗zini 
tiya bilish, piching va istehzolarni nari surib qo‗yish, kamsitishlikdan yiroq bo‗lish, 
manmansiramaslik kabilar shunday tartib-qoidalardandir.
Shunday holatlar bo‗ladiki, agar muxolifat tomon sizga qo‗pol muomalada 
bo‗lsa, siz uning qo‗polliklariga bosiqlik va hurmat bilan munosabat bildirsangiz, 
uning o‗zi uyalib qoladi, chunki hech kimsa o‗zini ―men –
madaniyatsizman‖ deb 
tan olmaydi, barcha kishilar ―yaxshi odam‖ bo‗lishga intiladi. Agar suhbat 
chog‗ida, o‗z dardlarini aytayotgan odamdan yuzingizni teskari qilib, bee‘tibor, 
esnab turib gaplashsangiz, bu odamni siz o‗zingizdan inson va do‗st sifatida 
yiroqlashtirgan bo‗lasiz. 
Ba‘zi insonlarga uning so‗zlarini tinglashingizni o‗zi yetarli bo‗ladi. Uni 
diqqat bilan tinglashingizni o‗zigina undagi barcha gina va qudratlarni unutilishiga 
olib keladi. O‗rtadagi mavjud bo‗lgan emotsional tanglik holati unutiladi. Birovni 
eshita bilish ham juda muhim va yaxshi fazilatdir. Suhbatdoshni eshita bilish 
qobiliyati 

insondagi komillikning shakllanganlik belgisidir. Chunki,
egoistlargina faqat o‗zigagina quloq soladi. 
Ikkita tomonning konflikt holatlari birdaniga paydo bo‗lib qolmaydi va 
o‗zicha yuzaga chiqmaydi. Har doim muzokara olib borish ikkala tomonning ham 
muloqot jarayoniga tayyorligini ko‗rishlikni talab qiladi. Muloqot ham birdaniga 
tashkil etilib, tinch va osuda o‗tmaydi. Buning uchun tashkiliy holatlar bilan birga 
yuqoridagi t
alablarni bajarishga moyiillik ham bo‗lishi kerak bo‗ladi. Demak, 
lozim bo‗lganda, o‗zingizni nohaq ekanligingizni tan olishga ham tayyor bo‗lish 
kerak. Konflikt holatlarni yechish ayyorlikni yoqtirmaydi, uning eng muhim 
qonun-qoidlari 

samimiy va to‗g‗ri so‗z bo‗lishdir.


98 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə