R. D. Shodiyev


Ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/59
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#145061
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
httpilmiy.bmti.uzblibfiles116Pedagogik20konfliktologiya.pdf

Ziddiyatlar yechimida adolatparvarlik mezonlari 
 
Ma‘ruzalarimiz davomida konfliktlar haqida umumiy ma‘lumotlarga ega 
bo‗lmoqdasiz. Mazkur ma‘lumotlar turmushizdagi tinchlik va xotirjamligimiz
uchun mas‘uliyatimizni orttiradi. Sababi tinchlik va osoyishtalik har doim ham o‗z
-
o‗zidan bo‗lib qolmaydi va o‗zicha davom etavermaydi. Har bir inson o‗z oilasida 
tinchlik va xotirajamlikni ta‘minlay olishi zarur. Konfliktlar va unga olib keluvchi 
vaziy
atlar ana shu osoyishtalik tizimini buzilishiga sabab bo‗ladi.
Aksariyat hollarda konfliktlar natijasida zo‗ravonlik kelib chiqadi. Biroq,
zo‗ravonlik –
odatiy hayotdagi holat va voqea emasligi hammamiz uchun ayondir. 
Konflikt natijasida zo‗ravonlikning namoyon bo‗lishi bu ziddiyatning nihoyat 
darajada yuqori cho‗qqiga chiqqanligini va agressiyaga olib kelganligini bildiradi. 
Ma‘lumki, har qanday konflikt va unga olib keluvchi holatlarni oldini olish mumkin. 
Lekin, ko‗p hollarda konfliktlarni tinchlik yo‗li bilan hal etish imkoniyati bo‗lsa 
hamki unga e‘tibor berilmaydi. 
Bunday vaziyatlardan qanday chiqish mumkin va «Adolatparvarlik 
mezonlari»dan qanday foydalaniladi? Albatta konfliktlarni zo‗ravonliklarsiz va 
kuch ishlatmasdan muvaffaqiyatli hal etis
hda «Adolatparvarlik mezonlari»dan o‗z 
o‗rnida foydalanish maqsadga muvofiqdir. «Adolatparvarlik mezonlari»dan o‗rinli 
foydalanish, hech bir tomon mag‗lub emasligini, balki barcha g‗olib bo‗lib 
qolishligini isbotlaydi. Konfliktli holatlarni bartaraf etish
da qo‗llaniladigan 
adolatparvarlik mezonlari quyidagilarni tashkil etadi: 
Muammo va uni aniqlash yo„llari.
 
Muammo 

nima? Hayot mavjud ekan 
muammo ham mavjuddir. Shu sababdan ham har doim muammoning ichki 
mazmunini anglashga, tushunishga harakat qilish lozim. Muammo masshtabini 
aniqlashda xolisona va vijdonan yondashishga harakat qilish kerak. Muammoni 
dastlab o‗zingiz idrok eting va tushunib olishga harakat qiling. Muammoni 
anglash, tushunish jarayonida sabr-
toqatli bo‗lgan holda bosiqlik bilan 
harakatlaning. Konfliktni oydinlashtirishda mavjud haqiqatni anglashga, tushunib 
olishga harakat qiling. Hissiyotlaringizni jilovlab, boshqalarning nutq hamda 


92 
emotsiyalariga e‘tiborli bo‗ling. Muammo qanday taqdim etilayotganligiga va 
qanday qabul qilinayotganlig
iga e‘tiboringizni qarating. Muammoning turli 
tomonlari hamda jihatlarini tahlil qilib, umumlashtiring va xulosa chiqaring. 
Fikrlarni umumiy hamda tegishli jihatlarini toping va kelishuv yo‗lidan unumli 
foydalaning. Ha deb muammoni ro‗kach qilavermaslik 
kerak. Bahslashayotgan 
insoningizga ham mazkur muammoni anglab yetishiga, gap nima haqida 
borayotganligini tushunishiga imkon bering. Siz bahslashayotgan kishi ham 
muammoni sizning darajangizda anglab yetishini sabr bilan kuting. Ikkala tomon 
ham muammoni qanday fahmlayotganligi haqida sabr-toqat bilan suhbat va 
mulohaza yuriting. Muammoni anglash jarayonida ikkala tomonni fikrlarini 
umumlashtiruvchi jihatlar va belgilarni aniqlab oling. Bahslashayotgan insoningiz 
bilan kelishgan holda diqqat va e‘tiboring
izni mazkur muammoga qarating. U kishi 
muammodagi biror holatni tez tafakkur eta olmasa, shoshiltirmang. Uning 
mulohaza yuritgan holda, xulosa chiqarishiga imkon yarating. Muammo 
mavjudligi sababidan konflikt kelib chiqayotganligini anglab yetgan holda 
diqqatingizni muammoga qarating. Konfliktning kelib chiqishida muammo asosiy 
ahamiyat kasb etishini yodingizda tuting. Diqqat e‘tiboringiz va energiyangizni 
shaxsga emas muammoni bartaraf etishga qaratganingiz ma‘qul.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə