Хулоса
Versal tinchlik shartnomasining imzolanishi 1919-yilning 28-iyunida Versal
saroyida yengilgan Germaniya bilan g‟olib Antanta davlatlari o‟rtasida shartnoma
imzolandi. Bu shartnoma tarixga Versal tinchlik shartnomasi nomi bilan kirdi.
Versal shartnomasi Germaniya va uning ittifoqchilarini urushning aybdorlari deb
e‟lon qildi. Shartnomaga ko‟ra, Fransiya Elzas va Lotaringiyani o‟ziga qaytarib
oldi. Germaniyaning Saar viloyati 15 yil muddatga Millatlar Ittifoqi boshqaruviga
berildi. 15 yildan so‟ng bu viloyat taqdiri plebitsey yordamida hal etiladigan bo‟ldi.
Uning ko‟mir havzasi shaxtalari Fransiyaning mulki bo‟lib qoldi. Reyn
daryosining chap sohilini 15 yil muddatga Antanta okkupatsiya qildi. Reyndan
sharqqa qarab 50 km hudud to‟la demilitarizatsiyalashtirildi. Germaniya Polsha va
Chexoslovakiyaning mustaqilligini tan oldi. Bir paytlar Prussiya bosib olgan
hududlar, Sharqiy Pomore Polshaga berildi. Buning natijasida Polsha Boltiq
dengiziga chiqish imkoniga ega bo‟ldi. Eypen, Malmedi va Morelle okruglarida
plebitsey o‟tkazildi, natijada bu okruglar Belgiyaga o‟tdi. K.Jaypeda esa Litvaga
o‟tkazildi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniyaga, Sileziyaning bir qismi
Chexoslovakiyaga berildi. Gdansk shahri esa Millatlar Ittifoqi boshqaruvidagi
«erkin shahar» deb tan olindi. Shu tariqa Germaniya 1914-yilning 1-avgustiga
qadar bo‟lgan o‟z hududining 1/8 qismini yo‟qotdi. Germaniya Avstriyaga bo‟lgan
da‟volaridan voz kechishga majbur etildi.
Avstriyaning mustaqilligi Antanta davlatlari tomonidan kafolatlanadigan
bo‟ldi. Bundan tashqari, Germaniya dunyodagi barcha mustamlakalaridan mahrum
etildi va ular g‟oliblar o‟rtasida taqsimlandi. Chunonchi, Germaniyaning
Afrikadagi mustamlakalari Togo va Kamerun Buyuk Britaniya va Fransiyaga
o‟tdi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaga Tanganika (Germaniya Sharqiy Afrikasi);
Belgiyaga Ruanda va Urundi; Janubiy Afrika ittifoqiga - janubi-g‟arbiy Afrika
(Namibiya); Yaponiyaga Tinch okeanidagi Marshall, Marian va Karolina orollari,
Xitoyning Szyaochjou viloyati, Shandun yarim oroli berildi. Germaniyaga Antanta
davlatlari foydasiga katta miqdorda reparatsiya to‟lovi majburiyati yuklandi.
Komissiya reparatsiya miqdorini 1921-yilning 1-mayigacha belgilaydigan,
Germaniya esa ungacha Antantaga 20 mlrd markani oltin, mahsulotlar, kemalar va
qimmatbaho qog‟ozlar bilan to‟lashi zarur edi. Reparatsiya muammosi 1921-
yilning aprel - may oylarida London konferensiyasida hal etildi. Unga ko‟ra,
reparatsiya 132 mlrd oltin marka miqdorida belgilanadi. Uning 52 foizi
Fransiyaga; 22 foizi Buyuk Britaniyaga; 10 foizi Italiyaga; 8 foizi Belgiyaga;
Gretsiya, Ruminiya va Yugoslaviyaga birgalikda 6,5 foizi; 0,75 foizi Yaponiyaga
to‟lanishi kerak edi.
Bu ochiqcha talonchilik Antanta davlatlarining Versal shartnomasida yozib
qo‟ygan quyidagi fikrlari bilan oqlanar edi: “Germaniya va uning ittifoqchilari
tajovuzi tufayli ro‟y bergan urushda ittifoqchilar (Aiitantani nazarda tutishayotir)
va ularga qo‟shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar uchun
butun mas‟uliyatni Germaniya o‟z zimmasiga oladi”. Germaniya uchun bunday
katta miqdorda reparatsiya to‟lash nihoyatda og‟ir edi. Biroq lining rozi bo‟lishdan
boshqa iloji yo‟q edi. Hayot Germaniya oldiga ikki imkoniyatni ko‟ndalang qilib
qo‟ydi: yo qo‟yilgan shartga rozi bo‟lib, tinchlikka erishish, yoki yana urushga
kirishib butunlay xonavayron bo‟lish. Versal shartnomasi Germaniyada umumiy
harbiy majburiyatni taqiqladi. Ayni paytda Germaniya suv osti flotiga, katta harbiy
kemalarga, harbiy va dengiz aviatsiyasi va tank qo‟shinlariga ega bo‟lish
huquqidan mahrum etildi. Shunday bo‟lsa-da, Germaniyaga 100 ming kishilik
qo‟shinga ega bo‟lish (bu qo‟shin faqat ko‟ngillilar asosidagina tashkil etilishi
mumkin edi) huquqi berildi. Vudro Vilsonning fikricha, bu qo‟shin Germaniyaga
ichki tartibni saqlash va bolshevizm xavfiga qarshi turish uchun zarur edi.
Vashington konferensiyasi Shartnoma bo‟yicha AQSh va Buyuk Britaniya harbiy-
dengiz flotining umumiy suv sig‟imi 525 ming, Yaponiya flotiniki 315 ming,
Fransiya va Italiya flotlariniki (har biriniki) 175 ming tonnadan oshmasligi kerak
edi. Bundan tashqari, tomonlar suv sig‟imi 35000 tonnadan ortiq bo‟lgan kema
qurmaslik yoki sotib olmaslik majburiyatini oldilar. Shunday qilib, AQSh o‟zining
dengizdagi asosiy raqibi Buyuk Britaniyaning dunyoning eng qudratli harbiy-
dengiz floti miqdoriga ega bo‟lish maqsadini yo‟qqa chiqarishga erisha oldi.
Ayni paytda, bu shartnoma suv osti floti xususida hech qanday cheklashni
belgilamadi. Bu shartnoma matnida Yaponiya AQSh va Buyuk Britaniyaning
Yaponiya sohillariga 5 ming km dan yaqin masofada harbiy dengiz qarorgohi
qurmaslik majbuhyatini qayd eta oldi. 6-fevral kuni uchinchi shartnoma-
“To‟qqizlar shartnomasi” - im-zolandi. Bu shartnoma Xitoyga oid edi. Ma‟lumki,
Xitoy ham Versal shartnomasini imzolamagan. Buning sababi - Germaniyaning
Xitoydagi mustamlakalari Xitoyga qaytarib berilmay, Yaponiyaga berib
yuborilganligi edi. Germaniya mustamlakalari ning Yaponiyaga o‟tishi va uning
yanada qudratli davlatga aylanishi AQShni xavotirga solmay qolmadi. Shuning
uchun Vashington konferensiyasida AQSh bu mustarnlakalar Xitoyga qaytarib
berilishiga erishdi.
|