Mavzuning o’rganish darajasi.
Versal - Vashinton tizimi va uning xalqaro
ahamiyati bo‟yicha bir qator olimlar tadqiqot ishlarini olib borishgan. Birinchi
jahon urushi tugaganidan keyin Yevropada xalqaro kuchlarning yangi muvozanatini
qayd etgan Versal shartnomalar tartibi shu tariqa shakllandi. Bu tartibning ichida
chuqur ziddiyatlar mavjud bo‟lib, keyinchalik ular jahon iqtisodiy inqirozlarida,
g‟olib va mag‟lub davlatlar o‟rtasidagi nizolarda namoyon bo‟lishini,
shartnomalarning talonchilarcha shartlari mehnatkashlarning yelkasiga og‟ir yuk
bo‟lib tusndi, ayniqsa Germaniyada qasd olish kayfiyatining yoyilishiga sabab
bo‟ldi. Germaniya vayron bo‟hnagan, u asosan o‟zining harbiysanoat imkoniyatlarini
saqlab qolgan, mamlakat yaxlitligi buzilmagan, hududida bosqinchi qo‟shinlar
yo‟q edi. Germaniya Versal shartnomasini bekor qilish uchun qulay paytni
poylardi. Hatto qurolli nizo evaziga bo‟lsada, uning moddalarini qayta ko‟rib
chiqishga erishish niyatida edi. Gitler keyinchalik aholining katta qismini o‟zining
ahmoqona g‟oyalari bayrog‟i ostida birlashtirgani ham bejiz emasligi haqida
olimlarning fikrlari yetarlicha asosli. Bu mavzu chuqur ilmiy hamda amaliy
ahamiyatga ega bo‟lib mustaqillik davrida bu davr tarixiga oid turli xil kitoblar
nashr qilindi.
Z.Nuriddinov,
3
Х.Kichkilov
4
, N.Jo‟rayev
5
, А.Aliyeva
6
, М.Lafasov
7
kitoblarida bu mavzu chuqur tahlil etilib mavzuni mohiyati ochib berilgan.
Versal-Vashington tizimi chuqur tahlilga egaligi bilan harakterlanadi. Bu
mavzuni vazifasi yuqoridagi to‟rtta punkt bilan ochib berilgan.
Dostları ilə paylaş: |