Kirish
Mavzuni dolzarbligi.
Versal-Vashington tizimi dunyodagi ko‟pgina
davlatlar taqdiriga ta‟sir etdi va dunyo xaritasini kuchli mamlakatlar foydasiga
o‟zgartirib yubordi. Versal-Vashington tizimi dunyo tarixida birinchi marta
qurollanishni cheklashi orqali insoniyat taqdirini ijobiy tomonga o‟zgartirdi.
U tufayli Versal-Vashington tizimi orqali dunyodagi qaram mamlakatlarning
ba‟zilari mustaqil davlatlarga, ba‟zi mustaqil davlatlar esa qaram davlatga aylanib
qoldi. Parij tinchlik konferensiyasi bir yil davom etdi (1919 yil 18 yanvardan 1920
yil 21 yanvargacha). Asosiy davlatlarning tutgan mavqelari birbiriga zid, ko‟pincha
tamomila qaramaqarshi edi. Eng muhimi, Antanta ittifoqi asosan maxfiy
shartnomalar, yashirin bitimlar asosiga qurilgan bo‟lib, yangi vaziyatda bu
kelishuvlarni amalga oshirib bo‟lmasdi. Ana shu shartnomalarga ko‟ra, Rossiya
Stambulni olishi va Dardanell bo‟g‟ozi ustidan nazorat o‟rnatishi, buning evaziga
Fransiyaning Elzas Lotaringiyaga egalik qilish huquqini hamda Angliyaning Misr
ustidan nazoratini e‟tirof etishi zarur edi. Ruminiyaga Transilvaniyani berish va‟da
qilingan, ammo bu Vengriya manfaatlariga mos kelmasdi. Angliya arab xalqlariga
Usmonli imperiyasidan chiqish va arab davlatlari tuzishni taklif etdi. Ayni paytda bu
taklif Angliya va Fransiyaning yaqin Sharqni bo‟lib olish haqidagi kelishuvlariga zid
edi. Versal tinchlik shartnomasi, boshqacha aytganda, Pari, tinchlik
shartnomasi Gerimaniya va lining ittifoqchilari bilan alohida-alohida tuzilgan
besh ayri shartnomadan iborat edi. 1919 ylining 28 iyunida Versal saroyining
Oynali zalida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi imzolandi. Germaniya va
uning ittifoqchilari urush aybdorlari deb e‟lon qilindilar. Tabiiyki, ular aybdor
sifatida jazolanishlari lozim edi, Germaniyadan dunyodagi eng boy temir
konlariga ega bo‟lgan Elzas Lotaringiya ajratib olindi va Fransiyaga berildi.
Fransiya, shuningdek, Saar ko‟mir konlarini 15 yil davomida ishlatish huquqini
qo‟lga kiritdi. Germaniyaning Reyn daryosidan g‟arbdagi hududi Fransiya
chegaralarigacha, sharqda 50 kilometrgacha harbiylardan xoli zonaga
aylantirilishi, Reyn daryosining g‟arbiy qirg‟og‟ida 15 yil mobaynida
ittifoqchilarning qo‟shinlari turishi zarur, deb belgilandi. Shartnomaga ko‟ra,
Germaniyada majburiy harbiy xizmat bekor qilinishi, mamlakat suv osti floti,
harbiy va dengiz aviatsiyasi taqiqlanishi zarur edi.
1
Ko‟ngilli asoslarda
shakllanadigan armiyaning askarlari soni 100 mingdan oshmasligi lozim edi.
Bosh shtabni tarqatish, harbiy maktablarni yopish, barcha zobitlarni ishdan
bo‟shatish majburiy qilib qo‟ yildi. Mavjud qurolyarog‟lar - tank va to‟plar, tez
otar qurollar Antanta mamlakatlariga topshuildi. Germaniya amalda to‟liq
qurolsizlantirildi.
Tayinlangan
nazorat
komissiyasi
shartnoma
talablari
bajarilishini kuzatib turishi zarur edi. Mazkur shartnomaga asosan Belgiya Eypen
va Malmedi okruglarini oldi. Shlezvigning shimoliy qismi Daniya ixtiyoriga o‟tdi.
Polsha Poznan, Yuqori Sileziyaning bir qismi, Pomeraniya, G‟arbiy va Sharqiy
Prussiya rayonlariga ega bo‟ldi. Gdansk Millatlar Ligasi boshqaruvidagi “erkin
shahar” deb e‟lon qilindi. Polshaning dengizga chiqishini ta‟minlaydigan maxsus
“yo‟lak” ham ajratildi. Germaniyaning Afrikadagi mustamlakalari asosan
Angliya, Fransiya va Belgiya o‟rtasida taqsimlandi. Angliya va Fransiya Togo va
Kamerunni, Angliya - Tanganikani, Belgiya – Ruanda Urundi va Namibiyani
(Janubi G‟arbiy Afrikani) oldi. Yaponiya Tinch okeanidagi Marshall, Marian va
Karolin orollarining, shuningdek, Xitoyning Szyao Chjou viloyati va shandundagi
konsepssiyaning sohibi bo‟ldi.
Versal-Vashington tizimi orqali dunyoda biror bir soha ustidan hukumronlik
qiluvchi yirik-yirik davlatlar paydo bo‟ldi.
Versal-Vashington
tizimi
dunyoda
birinchi
martta
dengizdagi
munosabatlarni tartibga soldi.
Yuqoridagi Versal-Vashington tizimi bilan bog‟liq masalalarni chuqur tahlil
etish hamda ularning mohiyatini ochib berishni belgilaydi.
1
Nuriddinov Z. G'arb mamlakatlari yangi tarxi. –T; 1974. 605-bet.
Versal-Vashington tizimi dunyodagi kuchlar nisbatini tubdan o‟zgartirib
yubordi. Bu tizim orqali dunyoda birinchi va ikkinchi raqamli mamlakatlar paydo
bo‟ldi.
2
Dostları ilə paylaş: