4. Versal-Vashington tizimining yangicha xalqaro munosabatlarni
shakillanishidagi o’rni
1924-yil Sovet davlatini Yevropaning barcha mamlakatlari tan oldilar. Sovet
davlati G‟arb davlatlari Davlatlararo munosabatlarning yanada keskinlashuvi
Reparatsiya muammosi bilan tinch-totuv yashash masalasiga sinfiy kurashning
xalqaro maydondagi shakli sifatida qarar edi. Shuning uchun ham bu munosabat
doimiy emas, G‟arb davlatlari ertami-kechmi harbiy intervensiya uyushtirishi
mumkin, deb hisoblardi. G‟arb esa, o‟z navbatida Rossiya va Komintern
tomonidan inqilobning eksport qilinishi mumkinligidan cho‟chir edi. Shuning
uchun ham ularning o‟zaro munosabatlarida hadiksirash mavjud edi. 1925-yilda
Lokarno konferensiyasida imzolangan “Reyn kafolat pakti”ga Sovet davlati keskin
norozilik bildirdi. Chunki, bu paktga ko‟ra, buyuk davlatlar Belgiya va Gollandiya
chegaralari daxlsizligini kafolatlaganlari holda, bunday kafolat Sharqiy Yevropa
davlatlari uchun joriy etilmadi. Sovet davlati esa, o‟z chegaralari xavfsizligini
ta‟minlash maqsadida, Germaniya, Turkiya, Litva va Afg‟oniston bilan betaraflik
to‟g‟risida shartnoma imzoladi. 30-yillarda xalqaro munosabatlarning o‟ziga xos
xususiyatlaridan biri Versal - Vashington tizimining barbod bo‟lishi hamda G‟arb
va Sharqda urush o‟choqlarining vujudga kelishi, dunyoning yangi urush sari
qadam bosishidan iborat. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida (1929-1933) Versal -
Vashington tizimining barbod bo‟lish jarayoni yanada tezlashdi. Yevropada
kuchlar nisbatida keskin o‟zgarishlar yuz berdi, davlatlar o‟rtasida raqobat yanada
kuchaydi. Bu raqobat, ayniqsa, qurollanish poygasida yaqqol namoyon bo‟ldi.
AQSHning qo‟llab-quvvatlashi bilan Germaniya xavfsizlik tizimi doirasida tenglik
huquqini qo‟lga kiritdi. Bu tenglik huquqi amalda Germaniyaning harbiy qudratini
tiklash huquqini tan olish bilan barobar edi. Versal tinchlik shartnomasining shu
tarzda taftish qilinishi sobiq g‟oliblar va mag‟lublar ahvolini o‟zgartirib yubordi.
Ayniqsa, Fransiyaning ahvoli yomonlashdi. 30-yillarning boshidayoq Germaniya
tomonidan uning xavfsizligiga tahdid solinayotganligi sezila boshladi. Shunday
sharoitda 1932-yilda Fransiya Sovet davlati bilan o‟zaro hujum qilmaslik
to‟g‟risida shartnoma imzoladi. Uzoq Sharqda ham vaziyat keskinlashdi. Xitoy
Buyuk Britaniya, AQSh va Yaponiya munosabatlari keskinlashgan maydonga
aylanib qoldi. Yaponiya “Buyuk Osiyo” imperiyasini yaratish ishtiyoqi bilan
yonmoqda va shu niyatda u 1931-yilda Xitoyga hujum qildi va Manjuriyani bosib
oldi. Shu tariqa yangi jahon urushining birinchi o‟chog‟i vujudga keldi.
Germaniyada fashizm doiralari qalbini birinchi jahon urushi natijalari bo‟yicha
o‟ch olish orzusi egallab olgan edi. Ayni paytda ular dunyoga hukmron bo‟lish
da‟vosi bilan chiqdilar. Versal shartnomasi amalda inkor etildi. 1935-yilda umumiy
harbiy majburiyat joriy etildi va Saar viloyati qo‟shib olindi. 1936-yilning mart
oyida Germaniya qo‟shinlari demilitarizatsiyalashtirilgan zonani egalladi va
qurollanish poygasini avj oldirdi. Shu tariqa yangi jahon urushining ikkinchi
o‟chog‟i vujudga keldi.
18
30-yillarda xalqaro munosabatlarning o‟ziga xos
xususiyatlari. Bu davrda fashistik Italiya ham qo‟l qovushtirib o‟tirmadi. 1935-
yilning oktabr oyida uning qo‟shinlari Efiopiyaga bostirib kirdi. 1936-yil bahoriga
kelib bu davlat Italiya mustamlakasiga aylandi. Bu urush Yevropa fashist
davlatlarining ochiqdan-ochiq qurolli agressiyaga o‟tishi edi. 1936-yil iyun oyida
Germaniya va Italiya fashistlari Ispaniya fashizmiga qurolli yordam ko‟rsatdilar.
Buyuk Britaniya va Fransiya esa Ispaniya ishlariga aralashmaslik siyosatini e‟lon
qildi. Bu bilan ular amalda Ispaniya Respublikasining ag‟darilishiga
ko‟maklashdilar. 1939-yilda Ispaniyada general Frankoning fashistik tartibi
o‟rnatildi. Ayni paytda yangi jahon urushi tashabbuskori bo‟lgan davlatlar ittifoqi
qaror topdi. Xususan, 1936-yil noyabrida Germaniya va Yaponiya “Antikomintern
pakti” deb atalgan paktni imzoladilar. 1937-yilda bu paktga Italiya ham qo‟shildi.
Shu tariqa Berlin -Rim - Tokio uchburchagi - dunyoni kuch ishlatish yo‟li bilan
qayta bo‟lishga intilayotgan 3 davlat agressiv ittifoqi vujudga keldi. Bundan
ruhlangan Yaponiya Xitoyda yanada yirik bosqinchilik harakatlarini boshladi.
Germaniya esa Avstriyani bosib oldi. 30-yillarda xalqaro munosabatlarga xos yana
18
Lafasov M. Jahon tarixi “Turon -iqbol”, T., 2008. 20-bet
bir xususiyat shu ediki, jahon jamoatchiligining katta qismi urushni xohlamas,
urushga faqat ba‟zi davlatlargina intilmoqda edi. Xo‟sh, shunday bo‟lsa, nega
ikkinchi jahon urushining oldini olib bo‟lmadi? Birinchidan, G‟arb davlatlari jahon
iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etish bilan band bo‟lib qoldilar.
Natijada, bu omil G‟arbning urush xavfiga jamoa bo‟lib kurashish qobiliyatini
pasaytirib yubordi. Ikkinchidan, jamoaviy xavfsizlik tizimi kuch ishlatishni inkor
etmas edi. Binobarin, tinchlikni saqlab qolish jasoratni, har qanday qurbonlarga
tayyor turishni, irodani talab etardi. Biroq yaqindagina tugagan birinchi jahon
urushining qonli oqibatlari kishilarni dahshatga solib qo‟ygan edi. Shuning uchun
ham jamoatchilik fikri bunday yangi qurbonlar berishga tayyor emas edi. Bu holat,
o‟z navbatida, yangi urushning oldini olishga qodir davlatlar (Buyuk Britaniya,
Fransiya) siyosatida passivlik, ehtiyotkorlik va noizchillikni yuzaga keltirdi.
AQShda esa aralashmaslik kayfiyati kuchli edi. Shuning uchun ham urush xavfi
kundan-kunga kuchayib borayotgan bir sharoitda AQSh hukmron doiralari o‟z
qobiqlariga o‟ralib olishni lozim topdilar. Bu esa yangi urush olovini yoqishga
intilayotganlarga juda qo‟l keldi. Uchinchidan, G‟arb Gitlerning hokimiyat
tepasiga kelganligi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligiga o‟z vaqtida
to‟g‟ri baho bera olmadi. Buyuk Britaniya va Fransiya “tinchlantirish” siyosatini
yuritdi. To‟rtinchidan, bir tomondan, Buyuk Britaniya va Fransiya o‟z
xavfsizliklarini Germaniya agressiyasini Sharqqa, Moskvaga qarshi burib yuborish
yo‟li bilan saqlab qolishga intilgan bo‟lsalar, Sovet davlati, o‟z navbatida, Nega
yangi jahon urushining oldini olish mumkin bo‟lmadi, xavfsizligini har qanday
vositalar bilan bo‟lsada, saqlab qolishga intildi. Binobarin, yangi jahon urushining
oldi olinmay qolishida ularning mas‟uliyati bab-baravar edi. 1934-yilda Fransiya
va Sovet davlati jamoaviy xavfsizlik to‟g‟risidagi shartnoma loyihasini ishlab
chiqqanlarida Buyuk Britaniya uni qabul qilmaganligiga ajablanmasa ham bo‟ladi.
Ikki tomonlama yoki uch tomonlama shartnomalar imzolash yo‟li bilan ham
jamoaviy xavfsizlik tizimini vujudga keltirish mumkin edi.
19
Shu maqsadda
Fransiya va Sovet davlati 1935-yilda o‟zaro yordam to‟g‟risida shartnoma
19
Nuriddinov Z.R. G‟arb mamlakatlarining Eng yangi tarixi. “O‟qituvchi”, T., 1978. 73-bet
imzoladilar. Bunday shartnoma ikkala davlat tomonidan Chexoslovakiya bilan ham
imzolandi. Bu orada Gitlerning ishtahasi kun sayin o‟sib bordi. 1938-yilda u
Chexoslovakiyaning Sudet viloyatini talab qildi. Bu masala 1938-yilning
29-sentabrida Myunxenda Yevropa buyuk davlatlari rahbarlari o‟rtasida
muhokama etilib, Sudetni Germaniyaga berishga qaror qilindi. Gitler 1939-yilning
15-martida Chexoslovakiyani to‟la bosib oldi. 1939-yilning 21-martida Polshadan
Gdansk shahrini talab qildi. 22-martda Litvaga qarashli Klaypedani egalladi. Aprel
oyida Italiya armiyasi Albaniyaga bostirib kirdi. Shu tariqa, tinchlantirish siyosati
butunlay halokatga uchradi. Fashist davlatlarining bejazo g‟olibona harakatlari
jamoatchilikda bundan buyon agressiyaga yon bosish mumkin emasligi fikrini
keltirib chiqardi. Sovet rahbariyati Germaniya va Yaponiya solayotgan xavfdan
cho‟chiy boshladi. 1939-yilning mart oyida Buyuk Britaniya Sovet davlatiga
Fransiya va Polsha bilan o‟zaro hamkorlik haqida deklaratsiya imzolashni taklif
etdi. I. Stalin esa o‟zaro aniq majburiyatlar qayd etilgan uch tomonlama shartnoma
imzolashni va Germaniyaning bo‟lajak agressiyasini qaytarish uchun Polsha va
Ruminiya hududiga Sovet armiyasini kiritish huquqi berilishi shartini qo‟ydi.
Polsha va Ruminiya hukmron doiralari bu shartni sovetlarning Sharqiy Yevropada
o‟z nazoratini o‟rnatishga intilishi, deb qabul qilmadilar. Buyuk Britaniya va
Fransiya Polsha va Ruminiyani Sovetlar taklifiga ko‟ndirish choralarini
izlamadilar. Natijada Moskva Buyuk Britaniya va Fransiya Sovet davlati bilan
muzokaralarni Gitlerga tazyiq o‟tkazish uchungina olib bormoqda, aslida ularning
maqsadi sovetlarga qarshi Gitler bilan kelishish, deb hisobladi. Shunday qilib, uch
buyuk davlat - Sovet davlati, Buyuk Britaniya va Fransiya bir-biriga ishonmas edi.
Shuning uchun ham 1939-yilning 12- avgustida Moskvada boshlangan ingliz-
sovet-fransuz muzokaralari natijasiz tugadi. Gitlerning asosiy maqsadi Sovet
davlati, Buyuk Britaniya va Fransiya o‟rtasida shartnoma tuzilishini barbod etish,
Polshaga hujum qilish oldidan sovetlarning betaraf qolishiga erishish edi. Natijada
1939-yil 23-avgustda Sovet davlati bilan Germaniya o‟rtasida o‟zaro hujum
qilmaslik to‟g‟risida shartnoma imzolandi. Shartnoma 10 yil muddatga tuzildi.
Unda tomonlarning biri boshqa davlat bilan urushga tortilganda, ikkinchi tomon
betaraf qolishi yozib qo‟yilgan va, ayni paytda, shartnomaga yashirin ahdnomalar
ham ilova qilingan edi. Bu yashirin ahdnomalarda Sharqiy Yevropani Sovet davlati
va Germaniyaning ta‟sir doiralariga bo‟lib olish nazarda tutilgan edi. Gitler
Finlyandiya, Latviya, Estoniya va Bessarabiyani Moskvaning ta‟sir doirasida deb,
o‟z navbatida, I. Stalin Litvani Germaniya ta‟sir doirasida deb tan oldilar.
Shuningdek, yashirin ahdnomada kelgusida Polshani ham bo‟lib olish ko‟zda
tutilgan edi. Polshaga hujum qilish haqida uzil-kesil bir qarorga kelgan Germaniya
esa 1939-yil 1-sentabr tongida polyak yerlariga bostirib keldi. 3-sentabr kuni
Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e‟lon qildilar. Shu tariqa
Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Xulosa qilib aytish mumkinki, ikki jahon
urushi oralig‟idagi xalqaro munosabatlarda kuchli davlatlar dunyoga o‟z hukmini
o‟tkazdilar. Urushga qarshi kuchlarning zaifligi natijasida fashizmning oldini olish
mumkin bo‟lmadi.
20
Vaholanki, bir qator davlatlar o‟z manfaatlari yo‟lida ular
bilan til biriktirdilar. Ma‟naviyat qashshoqligi va nafs balosi navbatdagi urushni
keltirib chiqardi. AQSh Versal shartnomasini tasdiqlash va Millatlar Ligasiga
kirishdan bosh tortdi. Amerika senati shannomalarda Amerika manfaatlari
hisobga olinmagan, deb
hisobladi va buning qasdiga boshqa mintaqada - Tinch
okeanida yangi tartiblar o‟rnatishga qaror qildi. Bu mintaqadagi davlatlararo
munosabatlar 1902 yilda imzolangan inglizyapon ittifoqiga ko‟ra belgilanardi.
Uning yordamida 1905 yilda bu yerdan Rossiya siqib chiqarilgan edi. AQSh
Birinchi jahon urushi mobaynida qudratli okean harbiydengiz floti qurdi. Homing
katta qismi Tinch okeanida to‟plangan edi. Amerika ana shu flot yordamida bu
mintaqada yetakchi davlat bo‟lishga qaror qildi. Rejaning bosh vazifasi
inglizyapon ittifoqini yo‟qqa chiqarish edi. Ratifikatsiya qilish (lotlncha
“ratificacio” – “tasdiqlayman”) - davlatnlng oliy martaball vakill imzolagan xalqaro
shartnomanlng oily hoklmlyat organi tomonidan e‟tirof etilishi AQSh tashabbusi
bilan Vashingtonda konferensiya o‟tkazildi va u 1921 yilning 12 noyabridan 1922
yilning 6 fevraligacha davom etdi. Unda 9 davlat - AQSh, Angliya, Yaponiya,
Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Portugaliya va Xitoy valcillari ishtirok
20
Nuriddinov Z.R. G‟arb mamlakatlarining Eng yangi tarixi “O‟qituvchi”, T., 1978. 107-bet
etdilar. Garchi unda ko‟tarilgan masalalar bevosita hayotiy manfaatlarga aloqador
bo‟lsada,
Sovet
Rossiyasi
vakillari
konferensiyaga
taklif
etilmadilar.
Konferensiyada bir necha shartnoma imzolandi. Ular ichida eng muhimi to‟rt
davlat - AQSh, Angliya, Yaponiya va Fransiya o‟rtasidagi shartnoma edi. Unda
Tinch okeanidagi qaram hududlaming xavfsizligi masalasida qatnashchilarning
o‟zaro kafolatlari qayd etildi. Natijada 1902 yilgi inglizyapon ittifoqi bekor qilindi.
AQSh Tinch okeani havzasiga chiqish yo‟lini ochdi hamda bu mintaqadagi
mamlakatlar va hududlarni ekspluatatsiya qilishda «teng imkoniyatlarga» ega
bo‟ldi. Konferensiyada AQSh ning yana bir g‟alabasi «to‟qqiz mamlakat
shartnomasi» tuzilganligi bo‟lib, unda teng imkoniyatlar tamo yili va Xitoydagi
«ochiq eshiklar» siyosati o‟z ifodasini topgan edi. AQSh endi Xitoyga ham yo‟l
ochgan,
kelgusida
yevropahk
raqobatchilarni
siqib
chiqarib,
o‟z
monopoliyalarining hukmronligini o‟rnatishni mo‟ljallagandi. Shu bilan birga,
“beshlar shartnomasi” (AQSh, Angliya, Fransiya, Yaponiya va Italiya) Tinch
okeani hududida harbiy kemalar miqdorini chekjadi, bu bilan AQSh va Angliya
imkoniyatlarini tenglashtirdi. Mazkur shartnomaga ko‟ra, AQSh va Angliya
Yaponiya sohillariga 5 ming km. dan yaqin (aniqrog‟i, Singapur bilan Gavay
orollari o‟rtasida) masofada yangi harbiy dengiz qarorgohlari qurmaslik
majburiyatini oldilar. Bu esa ularni Yaponiya hududiga bevosita yaqin bo‟lgan
suvlarda qulay harbiy qarorgohlar qurishdan mahrum etardi.
21
Vashington
konferensiyasi qarorlari Versal tinchlik shartnomasiga qo‟shimcha sifatida
Tinch okeanida yangicha “kuchlar muvozanati” uchun asos bo‟ldi. Ular AQSh
uchun Uzoq Sharqda faol siyosat eshiklarini ochar va bu mintaqada AQSh
gegemonligini o‟rnatar edi. Vashington konferensiyasi xalqaro munosabatlarda
Versal-Vashington tartibini nihoyasiga yetkazdi. Versal-Vashington tartibi
yaratilishining asosiy bosqichlari:
- 1919 yil yanvar - Versal tinchlik shartnomasining tuzilishi. Birinchi jahon
urushi yakunlarining chiqarilishi;
- Xalqaro hamkorlik va xalqlarning xavfsizligi uchun kurash yo‟lida
21
Nuriddinov Z.R. G‟arb mamlakatlarining Eng yangi tarixi “O‟qituvchi” T., 1978. 136-bet
birlashgan davlatlar minbari sifatida Millatlar Ligasining tashkil etilishi;
- Avstriya, Bolgariya, Vengriya va Turkiya bilan Versal tartibidagi
shartnomalarning imzolanishi;
- AQShning Versal shartnomasini tasdiqlash va Millatlar Ligasiga kirishdan
bosh tortishi;
-
Vashington konferensiyasi, «to‟qqiz davlat shartnomasi»ning
imzolanishi. Uzoq Sharq va Tinch okeanida AQSh gegemonligini o‟rnatish
imkoniyatlarining paydo bo‟lishi. Versal-Vashington tartibini yaratishning
yakunlanishi;
- Millatlar Ligasi Nizomi (26 modda), mamlakatlar o‟rtasida iqtisodiy va
siyosiy hamkorlik xalqaro nizolarni hal etishda urushdan vosita sifatida
foydalanmaslik;
-
agressor mamlakatga qarshi jazo choralarining qo‟llanilishi.
|