Режа: Ishlab chiqarish zaxiralari chiqimini rasmiylashtirish tartibi


Yoqilg’ilarni sarflash sutkalik qaydnomasi



Yüklə 19,98 Kb.
səhifə2/5
tarix22.12.2022
ölçüsü19,98 Kb.
#97716
1   2   3   4   5
11-mavzu. Materiallarni kirimining va chiqimining buxgalteriya hisobi va auditi

Yoqilg’ilarni sarflash sutkalik qaydnomasi. Temir yo’l transportida yoqilg’ilar asosan poyezdlarni tortish uchun, asosiy ishlab chiqarishga va xo’jalik faoliyati uchun sarflanadi. Lokomotivlar uchun yoqilg’ilar sutkalik qaydnomalar bo’yicha mashinistning marshurut varaqasi asosida sarflanadi (soat18 00 dan 18 00gacha). Sutkalik qaydnoma ikki nushada baza navbatchisi tomonidan rasmiylashtirib, xar bir lokomotiv harakat turlari bo’yicha alohida yеtkazib beriladi. Baza navbatchisi sutkalik qaydnoma va mashinist marshurutiga lokomotiv uchun berilgan yoqilg’ining miqdori va turini qayd qiladi. Ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlash uchun mashinist va yo’nalish navbatchisi sutkalik qaydnomaga imzo qo’yadi. Qaydnomaning bir nus’hasi xarajatni tasdiqlovchi hujjat sifatida bazada, ikkinchisi esa Lokomotiv depo joriy-texnologik markazda hisobni olib borish uchun qoladi. Markaz ushbu hujjatni lokomotiv depo buxgalteriyasiga topshiradi.
Temir yo’l transportiga qarashli korxonalarga yoqilg’i bevosita temir yo’l bazalari orqali yoki to’g’ridan-to’g’ri kirish punktlari orqali tarqatiladi.
Yoqili taloni. Temir yo’l xodimlari yashash binolarini isitish va boshqa xo’jalik ehtiyojlari uchun ishlatiladigan yoqilg’ilar yoqilg’i taloni asosida beriladi. Yoqilg’i talonida yoqilg’i turi, miqdori kabilar ko’rsatiladi. Yoqilg’i taloni yoqilg’i olish uchun pul to’langani haqidagi kvitansiya bilan birga bazaga topshiriladi. Baza navbatchisi yoqilg’i talonini depo buxgalteriyasiga topshiradi.
Lokomativlarga berilgan yoqilg’ilar xarajatlarga olib borilmaydi. Lokomotivlar depoga qaytib kelganidan so’ng, lokomotiv baklaridagi yoqilg’i qoldig’i o’lchanadi va haqiqiy sarflangan yoqilg’i asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga o’tkaziladi.
Yo’lning ustki qatlami materiallarini sarflashda quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi:
1) Yo’l va yo’l qurilmalarini joriy holatda saqlab turish va baholash jadvali
2) Yo’llarni kapital, o’rta ta’miri va yo’larni ko’tarma ta’mirida ta’mirlangan yo’llarni topshirish va bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi;
3) Yo’lning ustki qismi materiallarini chet tashkilotlarga sotishda yukhat rasmiylashtiriladi.
Moddiy hisobot. Barcha moddiy javobgar shaxslar korxonada beligilangan kunlarda materiallarning kirimi va chiqimi to’g’risidagi barcha hujjatlarni qabul qilish-topshirish reyestrining birinchi nusxasi bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi. Registrning ikkinchi nusxasiga buxgalter dastlabki hujjatlarni qabul qilganligi to’g’risida imzo chekib moddiy javobgar shaxsga qaytarib beradi. Kirim-chiqim hujjatlari muomala sodir etilgan vaqtda to’ldiriladi.
Moddiy buxgalterlar tsex va omborchilarning moddiy hisobotidagi oy boshidagi qoldiqlarni buxgalteriyadagi ma’lumotlar bilan solishtrib, hisobotdagi ma’lumotlarning to’g’ri aks ettirganligini tekshiradi. Hisobotga uning to’g’riligani buxgalter tasdiqlab imzo qo’yadi. Hisobotda xatoliklar aniqlansa, to’g’rilash uchun moddiy javobgar shaxsga qaytariladi, xatoliklar bir necha marta takrorlansa, buning uchun ulardan jarima undirilishi mumkin. Yo’l xo’jaligida moddiy hisobot ustalar va yo’l ustalari tomonidan tuziladi. Yo’lning ustki qatlami materiallari kirimi va chiqimi uchun alohida moddiy hisobot tuziladi. Texnik bo’limda ustalar tomonidan tuzilgan moddiy hisobotlar tekshirilib, belgi qo’yilgandan so’ng buxgalteriyaga topshiriladi.

Yüklə 19,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə