Режа: Ishlab chiqarish zaxiralari chiqimini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 19,98 Kb.
səhifə3/5
tarix22.12.2022
ölçüsü19,98 Kb.
#97716
1   2   3   4   5
11-mavzu. Materiallarni kirimining va chiqimining buxgalteriya hisobi va auditi

Mavzu bo’yicha tayanch iboralar:
Moddiy zaxiralarni sotib olish shartnomasi, ishonchnomani ro’yhatga olish daftari, ishonchnoma, schyot-faktura, tijorat dalolatnomasi, tovar transport yuk xati, kirim orderi, talabnoma, limit zabor kartasi, yuk xati, moddiy hisobot.
2. Temir yo‘l transporti korxonalarida ishlab chiqarish
zaxiralarning chiqib ketishi

Materiallar sarflanishini buxgalteriyada hisobga olishning muhim xususiyatlari mavjud. Ishlab chiqarish zaxiralarining quyidagi holatlarda chiqim qilinadi:


1. Ombordan ishlab chiqarishga materiallarning sarflanishi
Debet 2010 “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari”
Debet 2310 “Yordamchm ishlab chiqarish xarajatlari”
Kredit 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisob varaqlar”
- Yo’llarni ta’mirlash uchun yo’lning ustki qatlami materiallari sarflandi:
Debet 2016 Yo’l xo’jaligi asosiy ishlab chiqarish xarajatlari.
Kredit 1020 “Yo’lning ustki qatlami materiallari hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
- Lokomativlarga yoqilg’i quyildi:
Kredit 2014“Lokomotiv depo shlab chiqarish xarajatlari”
Kredit 1030 “Yoqilg’ilarni hisobga oluvchi hisob varaqlar”
2. Materiallarning boshqa korxonalarga sotilishi. Moddiy boyliklardan to’g’ri foydalanish maqsadida har bir korxona zarur bo’lmagan materiallarning mavjudligini tekshirib ko’rishi lozim. Korxona uchun keraksiz nolikvid ishlab chiqarish zaxiralarning mavjudligi aniqlansa, bozor narxida, ya’ni o’z narxidan past yoki yuqori bahoda sotilishi mumkin:
1. Materiallarning haqiqiy qiymati bo’yicha materiallar qiymati
Debet 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
Kredit 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisob varaqlar”
2. Sotish (shartnomaviy) narxiga
Debet 4010 “Olinadigan hisob varaqlar”
Kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
3. QQS hisoblandi:
Debet 4010 “Olinadigan hisob varaqlar”
Kredit 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar”
“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaraq debeti va kreditini taqqoslash bilan moddiy boyliklarni sotish yoki bepul topshirishdan olingan moliyaviy natija aniqlanadi. Agar “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag’i debeti uning kreditidan kichik bo’lsa, farq korxona foydasini hosil qilib, “Boshqa aktivlarning realizasiya qilishdan va o’zgacha chiqishidan olingan foyda” hisob varag’ining kreditiga hisobdan chiqariladi. Agar “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisob varaq debeti uning kreditidan katta bo’lsa, “Boshqa operasion xarajat” hisobvarag’ining debetiga hisobdan chiqariladigan zarar paydo bo’ladi.
Misol. Korxonada haqiqiy qiymati 2 000 000 so’mlik ortiqcha material borligi aniqlandi va korxona uni 3 000 000 so’mga boshqa korxonaga sotdi. Ushbu muomalalarga hisobda quyidagicha provodka beriladi:

  1. materialning haqiqiy qiymati hisobdan chiqarildi

Debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" 2 000 000 so’m;
Kredit 1010"Xomashyo va materiallar" 2 000 000 so’m.
2) materialning sotish qiymati aks ettirildi:
Debet 4010 “Olinadigan hisob varaqlar”
Kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" 3 000 000 so’m.
3) QQS hisoblandi:
Debet 9220 "Boshqa aktivlarning sotiliishi va o’zgacha chiqib ketishi" 450 000 so’m.
Kredit 6410 "Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar" 450 000 so’m.
4) Ortiqcha materiallarni sotishdan foyda olindi (3 000 000-2 000 000-450 000)=550 000 so’m;
Debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" 450 000 so’m;
Kredit 9320 "Boshqa aktivlarning sotilishi va o’zgacha chiqib ketishidan olingan foyda" 550 000 so’m.

Yüklə 19,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə