S. F. Abdirasilov


Darsda avvalo o‘qituvchi sahro zonalarining



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Darsda avvalo o‘qituvchi sahro zonalarining
tabiati va iqlimi, hayvon va qushlari haqida to‘xtaladi. 0 ‘quvchilarga
buni choMda o‘suvchi o‘simliklardan - saksovul, tikan, sahro
jonivorlaridan tuya, echki, ilon kabilar haqida atroflicha so‘zlab beradi
va ulaming rasmlarini ko‘rsatadi. Tuyalarning hayoti haqida alohida
to'xtaladi. Tuyani sahroning kemasi deb ham ataydilar. Tuyalar juda
chidamli hayvon bo‘lib, bir oygacha suv ichmasdan va ovqatlanmasdan
yura oladi. Bunday paytlarda ular o ‘z o‘rkachlaridagi yog'laridan
foydalanadilar. Tuyalar haqida gap borganda, o‘qituvchi bolalar
e’tiborini ulaming tuzilishi, shakli, o ‘lchamlari, o‘lcham nisbatlariga
qaratadi. Buning uchun u katta o‘lchamdagi odam, eshak, tuya tasvirini,
shu mavzudagi suratlarning reproduksiyalarini ko‘rsatadi. Ana shu
xildagi tushuntirishlardan so‘ng o‘qituvchi tuyalar shaklini loydan
ishlashni amaliy tarzda bajarib ko‘rsatadi.
Tuya shakli alohida loy bo‘laklaridan ishlanadi. Buning uchun
tuyaning tanasi, orqa va old oyoqlari hamda bosh qismlari uchun loy
bo‘laklaridan tayyorlab olinadi. Ularga kerakli ko‘rinishlar berilgach,
o‘z o‘rinlariga yopishtirib chiqiladi. Odatda tuyalarning o‘rkachlari bitta
yoki ikkita bo‘lishi mumkin. 0 ‘quvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra ulami
bir yoki ikki o‘rkachli qilib ishlaydilar. Tuyaning sirtidagi mayda
detallar steklar yoki barmoqlar bilan silliqlab chiqiladi.
67
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bolalar «Tuyalar karvoni» kompozitsiyasini ishlashlari uchun
sinfda alohida 3-4 ijodiy guruh tashkil etiladi va ularga guruh boshlig'i
tayinlanadi. Bu boshliqlar guruh ishi uchun javob beradilar.
Guruh a’
2

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə