S. F. Abdirasilov


uchun avvalo bolalar yoshiga mos, qiziqarli, tarbiyaviy ahamiyatga ega



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

uchun avvalo bolalar yoshiga mos, qiziqarli, tarbiyaviy ahamiyatga ega
boigan adabiy asar tanlash lozim. Qolaversa, asar mazmunini toü q
bolalar ongiga yetkazish, undagi eng qiziqarli joylami topish, asar bilan
bogiiq yoki unga yaqin illyustratsiyalami bolalarga namoyish etish,
ulami g‘oya, mazmun, kompozitsiya, rang jihatidan tahlil qilish kerak
boiadi.
Illyustrativ rasm ishlash mashg'ulotlarida o‘qituvchi o‘z e’tiborini
bolalar rasmlarini ijodiy xarakterda boiishiga, asardagi personajlami
obrazli, o‘zlariga xos xarakterli holatda tasvirlanishiga, ularni va
tevarak-atrofdagi boshqa tasviriy detallami o‘zaro aloqadorlikda
tasvirlashlariga qaratishi 
lozim. 
Shuningdek, ular kompozitsiya
qoidalariga rioya qilish, obraz va voqealarga mos ranglar tanlash,
rasmda old va orqa ko‘rinishlami e’tibordan qochirmasliklari lozim.
Imkoni boricha yaqindagi obraz va narsalami yiriqroq, uzoqdagilami
kichikroq qilib tasvirlash lozimligini bolalar ongiga yetkazish va uni o‘z
rasmlariga tatbiq qilishlariga yordam berish muhim.
Illyustrativ rasm ishlash mashg‘ulotlarlning yana bir muhim
xususiyati 
bolalarda 
fantaziya, 
obrazli tasavvurlarni 
o‘stirishga
qaratilganligidir. Bu sifatlarni rivojlantirishga 3-4-sinflarda ko'proq
e’tibor beriladi. Illyustrativ rasm ishlash, asosan ertak, hikoya, masal
kabi adabiy asarlar bilan bogiiq boiganligi sababli bolalar asardagi
hayvonlami odamlar qiyofasida tasvirlashlariga mxsat etiladi. Ular
kiyimlar kiygan, odamlar yashay digan uy larda yashayotgan, ular o‘zaro
gaplashayotgan va mehnat qilayotgan hollarda tasvirlanishi mumkin. Bu
o‘z o'rinda bolalami hayajonlantiradi, ijodiy ishlarini faollashtiradi.

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə