S. F. Abdirasilov


Rangtasvir asarlari yana o‘zining vazifasi va ishlanish uslubiga



Yüklə 7,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/167
tarix29.11.2023
ölçüsü7,93 Mb.
#143047
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   167
Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)

Rangtasvir asarlari yana o‘zining vazifasi va ishlanish uslubiga
ko‘ra monumental, dastgohli va dekorativ turiarga bo‘linadi.
Monumental rangtasvir me’morlik bilan chambarchas bog‘liq
bo‘lib bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat
hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda
uzoq masofadan ko‘rishga mo‘ljallanadi va obrazlarni iloji boricha
umumlashtirilgan holda tasvirlanadi.
Ranglar ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u
borliq to‘g ‘risida haqqoniy tasawur berishi kerak. Monumental
rangtasvir me’morchilikda ma’lum miqdorda bezash vazifasini o ‘taydi,
shuning uchun uni ba’zan monumental-dekorativ rangtasvir deb ham
yuritiladi.
Monumental rangtasvir asarlari bajaiilish usuliga qarab o‘z
navbatida bir necha turiarga bo‘linadi. Bular: freska, mozaika va
pannodir. Freska odatda devorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri suvoq ustiga
ishlanadi. Mozaika rangli tosh, shisha, bo‘yalgan oyna, sirli sopol
parchalardan ishlanadi. Devorga ishlangan surat yoki o‘yma naqshlar
ba’zan har xil shakldagi ramkalar (kvadrat, beshburchak va hokazolar)
72
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan chegaralangan boiadi - bu pannodir. Panno dastlab alohida
yuzada (matoda, ganchda, yog‘ochda) ishlab olinib, so‘ng devorlarga
o‘rnatiladi. Ba’zi hollarda panno dastlab matoga moybo‘yoq bilan
ishlanib, keyin zarur o'ringa mahkamlanadi.
Dekorativ rangtasvir me’morchilik va amaliy san’at bilan bogiiq
boiib, asosiy bezash vazifasini oiaydi. Dekorativ rangtasvirga
naqqoshiik san’ati, teatr, kino dekoratsiyalari va qisman monumental
rassomchilik ham kiradi.
Dastgohü rangtasvir hozirgi zamon tasviriy san’atida yetakchi

Yüklə 7,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə