18
Rossiyada bu o‘simlikdan xalq orasida
uzoq vaqtdan beri revmatizm, ovqat hazm qilish
tizimining buzilishi va o‘pka va bronxlar kasalliklarida mushak va bo‘g‘imlarda og‘riqni
davolashda samarali vositasi sifatida ishlatilgan.
4
Hozirgi
vaqtda efedrin alkaloidlari
revmatizm uchun ilmiy tibbiyotda qo‘llanilmasa ham, ularning yallig‘lanishga qarshi ta’siriga
oid dalillar mavjud
5
Xitoy an’anaviy tibbiyotida
efedra bronxial astma, shamollash, bronxit kasalliklari, artrit, bosh
og‘rig‘i va arterial gipotenziyani davolashda ishlatiladi .
6
Efedra o‘tini qabul qilish ta’siri
gipertoniya, yurak qon-tomir xastaliklari, uyqusizlik va xavotirning
pasayishi kabi holatlarda
qo‘llaniladi. Efedra preparatlarini tunda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Xalq tabobatida
efedra damlamasi revmatizm, qoraqo‘tir, bezgak, oshqozon yarasi, yurak va
o‘pka kasalliklarida qo‘llaniladi.
G‘uborli efedra (Ephedra glauca Rgl.)
yo‘g‘on tanali, sershox buta, bo‘yi 1,5 metr keladi.
Tangachasimon mayda barglari
qarama-qarshi joylashadi, yosh novdasi bo‘g‘imli, yashil.
Mevalari 2 urug‘li, urug`lari elliptik shaklda 3-6 mm, to‘q jigarrangda. Bu o‘simlik Markaziy
Tyan-Shanda va Pomir-Oloyda keng tarqalgan va asosan tog‘
daryolarining konusli
yotqiziqlarida va toshloq tog‘ yon bag`irlarida o‘sadi. Yosh novdasidan efedrin va psevdo-
efedrin alkaloidlari topilgan. Ular tibbiyotda ishlatiladi. Efedraning turlari mahalliy xalq orasida
zog‘oza yoki qizilcha nomi bilan ataladi. Uning mevasidan alohida ichimlik tayyorlanadi.
Efedra yashil to‘siq uchun juda mos keladi. Ular muhim meliorativ funksiyalami bajaradi
Dostları ilə paylaş: