Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə18/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127
Fanning vazifasi Antropotsentrik paradigmaning lingvistikada paydo bo‘lishida lingvo-kulturologiyaning ahamiyatini yoritib berish, magistrlarni “lingvokulturologiya” fanining “predmeti, vazifalari, metodlari va tushunchaviy-terminologik apparatidan xabardor qilish; ularning leksik birliklarda madaniyatning namoyon bo‘lishi haqidagi bilimlarini shakllantirish; magistrlarni o‘zbek tili leksikasini lingvokulturologik tahlil qilishga, shuningdek, o‘zbek tili leksikasini qiyosiy lingvokulturologik tadqiq qilishga o‘rgatishdan iborat.Ushbu fan bp`yicha dastur asosida 26 soat ma’ruza, 20 soat amaliy mashg‘ulot, 24 soat seminar ajratilgan.


1-MAVZU
LINGVOKULTUROLOGIYANING FANI UNING TADQIQOT
OBYEKTI, ASOSIY MAQSADI VA VAZIFALARI
Reja:
1. Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti
2. Lingvokulturologiyaning predmeti
3. Lingvokulturologiyaning maqsadi va vazifalari


Tayanch so‘z va iboralar: muqobilsiz leksika va lakunalar, mifologiyalashtirilgan til birliklari, tilning paremiologik fondi, tilning frazeologik fondi, o‘xshatishlar, ramzlar, stereotiplar, metaforalar va obrazlar, tillarning stilistik qatlami, nutqiy muomala, nutq etiketi.
Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyekti. Tadqiqotning obyekti deganda borliqning ayrim sohasidagi o‘zaro aloqadagi jarayonlar, hodisalar majmuyi, tadqiqotning predmeti deganda esa o‘ziga xos xususiyatga, jarayonga va mezonlarga ega bo‘lgan obyektning ayrim qismi tushuniladi. Masalan, barcha ijtimoiy fanlar uchun umumiy obyekt inson, ularning predmeti insonning muayyan tomoni va faoliyati hisoblanadi.
Lingvokulturologiyaning obyekti – madaniyat va tilning o‘zaro aloqasi, o‘zaro ta’sirini bir butunlikda tadqiq qilishdir. Lingvokulturologiya tilni madaniyatning fenomeni, madaniyatni tashuvchisi sifatida o‘rganadi. Madaniyatni tildan foydalanuvchi inson yaratadi. Lingvokulturologiyaning obyekti lingvistiki va kulturologiya, etnografiya va psixolingvistika singari qator fundamental fanlarning kesishmasida joylashadi1. Lingvokulturologiyaning obyekti haqida ba’zi munozarali fikrlar ham yo‘q emas. Jumladan, V.N.Teliyaning fikricha, lingvokulturologiya til va madaniyatning faqat sinxron aloqasini o‘rganadi. V.A.Maslovaga ko‘ra, bu soha tilni ham sinxron, ham diaxron jihatdan o‘rganadi. Bundan tashqari, V.N.Teliya lingvokulturologiya obyekti umuminsoniy xarakterga ega bo‘lishini ta’kidlagan bo‘lsa, V.A.Maslova muayyan xalq yoki qardosh xalqlar tilining lingvokulturologik xususiyatlari alohida o‘rganilishi lozimligini uqtiradi2.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə