Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya


Lingvokulturologiyaning maqsadi va vazifalari



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə21/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127
Lingvokulturologiyaning maqsadi va vazifalari. Bir-biridan farq qiladigan turfa yo‘nalishlarning mavjud bo‘lishiga qaramay, zamonaviy lingvokulturologiyaning predmeti ikki xil kod bo‘lgan til va madaniyatning o‘zaro ta’sirida shakllanadigan lisoniy belgilarning madaniy semantikasini o‘rganishdan iborat. Chunonchi, har bir lisoniy shaxs ayni paytda madaniy shaxs hamdir. Shuning uchun lisoniy belgilar madaniyat “tili” funksiyasini bajarish imkoniyatiga ega. Madaniyat “tili” til egasining madaniy-milliy mentalligini lisoniy qobiliyatda aks etishini ifodalaydi. Bu o‘rinda barcha lisoniy me’yorlarga rioya qilingan holatlarda ham “madaniy to‘siq”ning yuzaga chiqishi ta’kidlash joiz.
A.Vejbitskoy ana shunday holatga misol tariqasida nemis orkestrini boshqarishga taklif qilingan ingliz dirijeri bilan yuz bergan hodisani keltirgan. Ishlar unchalik yaxshi ketmagan ingliz dirijeri inglizcha gapirgani uchun musiqachilar uni “o‘ziniki” sifatida qabul qilmayapti, deb o‘ylaydi. Shundan keyin u nemischa o‘rgana boshlaydi va o‘qituvchisidan “Eshitinglar, meningcha, mana bunday chalsak, yaxshiroq bo‘ladi” jumlasini nemischa qanday aytish mumkinligini so‘raydi. O‘qituvchi o‘ylanib turib, shunday javob qiladi: «Albatta, jumlani shunday tuzish mumkin, lekin mana bunday degan yaxshiroq: “Mana bunday chalish kerak”»7.
Yoki ingliz tilidagi “Can you write this scientific research in English?” savoliga bir o‘zbek “No, it’s very difficult” deb javob berishi mumkin. Biroq ingliz nutqiy muomalasi va so‘z tanlash me’yorlaridan kelib chiqqan holda, shunday javob berishi o‘rinli bo‘ladi: “It’s very difficult, but I’ll try”. Yoxud: “Bu kitob sizniki emasmi?” yoki “Ertaga band emasmisiz?” savoliga deyarli barcha madaniyatlarda “Yo‘q, meniki emas”, “Yo‘q, band emasman”, – deb inkor mazmunida javob beriladi. Koreys (yoki yapon) madaniyatida “Ne, ne cheki animnida” (“Ha, mening kitobim emas”) va “Ne, babiji ansimnida” (“Ha, band emasman”), – deb tasdiq mazmunida javob qaytariladi.
Muxtasar qilib aytganda, madaniy to‘siq nafaqat nutqiy muomala me’yorlaridagi farqlar, balki muloqotchilar tomonidan kiritiladigan turli ma’nolar bilan ham bog‘liqdir. Bir qarashda bir xil ko‘ringan so‘zlarning ma’nolarida nomutanosiblik mavjud bo‘ladi.
Yuqorida qayd qilinganlardan kelib chiqqan holda, lingvokulturologiya mustaqil fan sohasi sifatida quyidagi masalalarni hal qilishni o‘z oldiga maqsad qiladi:
1) til konseptlarini shakllanishida madaniyat qanday ishtirok etadi;
2) til belgisi ma’nosining qaysi qismiga “madaniy ma’nolar” biriktiriladi;
3) bu ma’nolar so‘zlovchi va tinglovchi tomonidan anglashiladimi va ular nutq strategiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi;
4) haqiqatan ham til egasining madaniy-lisoniy qobiliyati mavjudmi;
5) konseptosfera (muayyan madaniyatning asosiy konseptlari yig‘indisi) va bir madaniyat va ko‘p madaniyat egasi yo‘nalgan madaniyat diskursi qanday bo‘ladi;
6) mazkur fanning asosiy tushunchalarini qanday sistemalashtiriladi, ya’ni fanning asosiy tushunchaviy-terminologik apparatini qanday yaratiladi.



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə