Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya


Lingvokulturologiya maktablari



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə26/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127
Lingvokulturologiya maktablari. XX asrning oxiriga kelib Moskvada to‘rtta lingvokulturologik maktab yuzaga keldi:
1. Yu.Yu. Stepanov maktabining maqsadi madaniyatning davomiyligini diaxron nuqtayi nazardan tasvirlashdir. Yo‘nalish turli davrlarda yaratilgan matnlar yordamida, ya’ni tilning faol egasi emas, balki tashqi kuzatuvchisi sifatida ish ko‘radi.
2. N.D. Arutyunova maktabi turli xalqlar va davrlarga oid matnlardagi umummadaniy terminlarni tadqiq etadi. Mazkur madaniy terminlar ham tilning faol egasi emas, balki tashqi kuzatuvchisi nuqtayi nazaridan o‘rganiladi.
3. V.N. Teliya maktabi Rossiyada va xorijda frazeologizmlarning lingvokulturologik tahlil qilish bilan tanilgan. V.N.Teliya va uning shogirdlari lisoniy mohiyatlarni jonli til egasining refleksi nuqtayi nazaridan tadqiq qilishadi. Ya’ni bu madaniyat semantikasini bevosita til va madaniyat subyekti orqali egallashga qaratilgan yo‘nalishdir.
4. V.V. Vorobyev, V. M. Shaklein maktabi. Ular Ye.M.Vereshchagin va V.G.Kostomarovlarning ta’limotlarini rivojlantirishdi.
Shunday qilib, lingvokulturologiya jonli milliy tilda va til jarayonlarida namoyon bo‘ladigan moddiy va ma’naviy madaniyatni o‘rganadigan ijtimoiy fandir. U tilni madaniyatning yaratilish vositasi, rivojlanishi, saqlanishi va namoyon bo‘lishidek eng muhim vazifasini belgilab beradi.
Mavzu bo`yicha savollar
1. Lingvokulturologiyaning fan sifatida shakllanishi;
2. Lingvokulturologiyaning asosiy yo‘nalishlari ;
3. Lingvokulturologiya maktablari haqida sozlab bering.


3-MAVZU
LINGVOKULTUROLOGIYA METODOLOGIYASI
VA METODLARI
Reja:
1. Fanlar metodologiyasi
2. Lingvokulturologiyaning metodlari


Tayanch so‘z va iboralar: metodologiya, bilish faoliyati, falsafiy metodologiya, umumfan metodologiyasi, xususiy metodologiya, tadqiqot metodi, dialektik metod, makrokomponent model, psixosotsiokulturologik eksperiment.



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə