Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə27/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127
Fanlar metodologiyasi. Metodologiya va tadqiqot metodidan xoli birorta ilmiy asar mavjud bo‘lmaydi. Shunday ekan, fanda ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metod tushunchalari markaziy o‘rinni egallaydi.
Metodologiya bilish jarayoniga dunyoqarash tamoyillarini qo‘llashdir. Metodologiya metodlarning umumiy nazariyasi sifatida insonning bilish faoliyatida qo‘llanilgan metodlarni umumlashtirish zarurati bilan dunyoga keldi. Dialektik metod maxsus ilmiy metodlarga, ya’ni turli fanlarga oid metodlarga ta’sir qiluvchi ta’limot bo‘lgani uchun uni metodologiya, ya’ni ilmiy tadqiqot usuli bo‘lgan metodlar haqidagi ta’limot deb yuritdilar. Dastlab metodologiya muammolari falsafa doirasida ko‘rila boshlandi.
Falsafa metodologiyaga tamoyillar hamda usullarni nazariy va amaliy faoliyatlarni tashkil qilish tizimi, shuningdek, mazkur tizimni o‘rganadigan ilm sifatida qaraydi22. Metodologiya nazariyadan farqli o‘laroq, yangi bilim bermaydi, ta’limotdan farqli o‘laroq, amaliyotning asosi bo‘lib xizmat qilmaydi, biroq fanda shunday unsurlarni rivojlantiradiki, ularsiz mazkur fanning o‘zi rivojlana olmaydi.
Metodologiya – bu fanning rivojlanish ta’limoti, ta’limot – bu metodologiyaning nazariyadan amaliyotga o‘tishi. Har qanday fanning metodologiyasi (jumladan, lingvokulturologiyaning ham) uch darajani o‘z ichiga oladi:
Falsafiy metodologiya – eng oliy daraja bo‘lib, u uchun Geraklit, Platon, Kant, Fixte, Shelling va h.k. tomonidan shakllantirilgan dialektikaning qonunlari, tamoyillari va kategoriyalari muhimdir. Bular qarama-qarshilikning birligi va kurashi, inkorni inkor etish qonunlari, umumiylik, xususiylik va alohidalik hamda boshqa kategoriyalardir.
Umumfan metodologiyasi – hodisalarni o‘rganish metodlari va tamoyillarini turli fanlar tomonidan rivojlantirilishidir. Ular kuzatish, eksperiment, modellashtirish va talqindan iborat. Umumfan metodologiyasi fanlarning taraqqiy etishi bilan birga o‘zgarib boradi va natijada yangi metodlar shakllanadi, eski metodlar modifikasiya qilinadi.
Xususiy metodologiya konkret fanlarning, binobarin, lingvokulturolo-giyaning ham metodlaridir.
Metodologiya va metod o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lib, u o‘rganilayotgan hodisaga nisbatan muayyan yondashuvni, muayyan usullar majmuyini bildiradi. Shuning uchun ham metod har doim tizim hisoblanadi. Uning xususiyati tadqiqotning obyekti va predmeti bilan belgilanadi. Har qanday metod umumfalsafiy nazariyalarga bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi kunda metodologiya, ilmiy tadqiq metodologiyasi ma’lum bir fanda qo‘llaniladigan xilma-xil metodlar, tahlil usullari haqidagi ta’limot emas, balki tadqiqotchining tadqiq manbayini, obyektini qanday tushunishi va unga qanday yondashishi, tadqiqotchining dunyoqarashini nazarda tutadi.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə