Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya


Lingvokulturologiyaning metodlari



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə28/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127
Lingvokulturologiyaning metodlari. Lingvokulturologiyaning metod-lari til va madaniyatning o‘zaro aloqasini tahlil qilishda foydalanadigan tahliliy amallar va tadbirlar yig‘indisididir. Lingvokulturologiya fanning integrativ, ya’ni kulturologiya, tilshunoslik, etnolingvistika va madaniy antropologiya tadqiqotlari natijalarini o‘zida mujassamlashtirgan sohasi bo‘lgani uchun ham unda “til va madaniyat” markazi atrofida to‘plangan qator bilish metodlari va yo‘nalishlari qo‘llaniladi. Lingvokulturologik tahlil jarayonlarida kulturologiya va tilshunoslik metodlari tanlab qo‘llaniladi.
Har qanday ilmiy tadqiqotning aniq metodi o‘zining qo‘llanish chegarasiga ega. Biroq o‘zaro aloqada bo‘lgan til va madaniyat shunchalik ko‘p qirraliki, ularning tabiati, funksiyalari va genezisini bir metod vositasida bilish mumkin emas. Shuning uchun ham bu sohada bir-birini to‘ldiruvchi qator metodlarning qo‘llanilishi g‘oyat tabiiydir23.
Lingvokulturologiyada lingvistik, kulturologik, sotsiologik (kontent-tahlil, freym tahlil metodika), etnografik (tasvirlash, tasniflash va h.k.) metodlarni qo‘llash mumkin. Mazkur metodlar turli tamoyillari va tahlillari bilan bir-birini o‘zaro to‘ldirib, lingvokulturologiyaga murakkab obyekt bo‘lgan til va madaniyatning o‘zaro munosabatini tadqiq etish imkonini beradi.
Til va madaniyatning o‘zaro munosabatini o‘rganish uchun J. Lakoff metaforalarni tahlil qilish apparatini taklif qiladi. Chunonchi, metaforalarning kognitiv nazariyasi nima uchun chet tillaridagi ba’zi iboralar oson tushuniladi, hatto ular o‘zlashtiriladi, boshqalarini esa tushunish qiyin ekanligini izohlab beradi. Ushbu metod qiyoslanilayotgan tillar orasidagi kognitiv nomuvofiqlikni aniqlashga yordam beradi. Bunday farqlar tasodifiy bo‘lmaydi, ular u yoki bu xalq tomonidan dunyo hodisalarini o‘ziga xos tarzda tushunilishidan dalolat beradi.
V. N. Teliya lingvokulturologik tasvir uchun ma’noning makrokomponent modelini taklif qiladi. Mazkur model informatsiyaning quyidagi yetti blokini o‘z ichiga oladi: presuppozitsiya, denotatsiya, ratsional baho, belgining motivatsion asosi, emotsional va emotiv baholar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, belgini qo‘llash sharoitlari bahosi. Har bir blok mental strukturalarni qayta ishlash amallarini ko‘rsatuvchi kognitiv operator tomonidan kiritiladi24.
Tadqiqotchilar tomonidan lingvokulturologik tasvirda psixosotsiokul-turologik eksperimentdan keng foydalanish va matnlarni lingvokulturologik tahlil qilish ham tavsiya qilinadi.
Mavzu bo`yicha savollar
1. Fanlar metodologiyasi;
2. Lingvokulturologiyaning metodlari bo`yicha sozlab bering.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə