Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə31/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   127
Mavzu bo`yicha savjllar
1. Antroposentrik paradigm tushuchasi va uning xususiztlari haqida so`zlang.
2. Lingvokulturologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida so`zlang.
5-MAVZU
TIL, MADANIYAT, INSON VA ULARNING O`ZARO ALOQASI


Reja:
1. Til va madaniyat
2. Madaniy antropologiya va lingvokulturologiya
3. Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi
4.Olamning lisoniy manzarasi
5. “Geshtalt” tushunchasi
Tayanch so‘z va iboralar:
til, madaniyat, mentalitet, milliy xarakter, qadriyatlar yig‘indisi, milliy komponent, muloqot vositasi, antropologiya, fizik antropologiya, madaniy antropologiya, lingvokulturologiya jamiyat, milliy ruh, moddiy va ma’naviy madaniyat, madaniyatning milliyligi, tilning ichki shakli, kumulyativlik, ommaviy adresat, semiotik tizim, milliy mentallik, olam manzarasi, olamning lisoniy manzarasi, olamning konseptual manzarasi, olamning antroposentrik manzarasi, lisoniy shaxs, insonning olamga munosabati, lisoniy geshtaltlar.
Til va madaniyat.Til – madaniyatning ko‘zgusi bo‘lib, unda nafaqat
insonni o‘rab olgan real borliq, uning real yashash sharoitlari, balki xalqning ijtimoiy o‘zini o‘zi anglashi, uning mentaliteti, milliy xarakteri, hayot tarzi, an’analari, urf-odatlari, axloqi, qadriyatlar yig‘indisi va dunyoqarashi ham aks etadi.
Til – madaniyat xazinasi, sandig‘i, majmuyidir. U leksika, grammatika, iboralar, maqol va matallar, folklor, badiiy va ilmiy adabiyot, og‘zaki va yozma nutqda madaniy qadriyatlarni saqlab keladi31.
Til – madaniyat tashuvchisi bo‘lib, u ajdodlardan avlodlarga milliy madaniyat xazinasini meros qilib qoldiradi. Yosh avlod ona tili barobarida ajdodlarning boy madaniy tajribasini ham o‘zlashtiradi.
Til – madaniyatning quroli, vositasidir. U xalq madaniyati vositasida inson shaxsiyatini, til sohibini shakllantiradi.
Demak, til “bizning hayot tarzimizni tavsiflovchi ijtimoiy meros qilib olingan malaka va g‘oyalar majmuyi32 sifatida madaniyatdan tashqarida mavjud bo‘lolmaydi. Til inson faoliyatlarining biri sifatida madaniyatning tarkibiy qismi hisoblansa-da, tafakkur shakli va muloqot vositasi sifatida madaniyat bilan bir qatorda turadi.
Agar tilga uning strukturasi, vazifalari va uni o‘zlashtirish jihatidan qaraladigan bo‘lsa, u holda ijtimoiy qatlam yoki madaniyatning komponenti tilning tarkibiy qismi bo‘ladi. Ayni paytda madaniyatning komponenti til orqali xabar qilinadigan qandaydir madaniy informatsiya emas. U tilning barcha sathlariga tegishli bo‘lgan tilga xos ajralmas xususiyatdir.
Til – kishilar oqimini xalqqa aylantiradigan, mazkur nutq jamoasining o‘zini o‘zi anglashi, madaniyati, an’analarini saqlashi va ularni meros qilishi orqali millatni shakllantiradigan kuchli ijtimoiy vositadir.
“Til madaniyatning milliy komponentlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Til birinchi navbatda, madaniyatga kishilik jamiyatining ham muloqot vositasi, ham ushbu muloqotni uzib qo‘yuvchi vosita bo‘lishiga yordam beradi. Til – uning sohiblarining muayyan jamoaga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Xalqning o‘ziga xos asosiy xususiyati bo‘lgan tilga “ichki” va “tashqi” jihatdan yondashish mumkin. Tilga “ichki” jihatdan yondashilganda, u etnik integratsiyaning bosh omili sifatida namoyon bo‘lsa, “tashqi” jihatdan yondashilganda, u xalqning etnik farqlarini ko‘rsatadi. Bu ikki qarama-qarshi funksiyani o‘zida dialektik birlashtirgan til bir tomondan xalqning o‘z-o‘zini saqlash vositasi, ikkinchi tomondan uni “o‘ziniki” va “begona”ga ajratish vositasi bo‘lib xizmat qiladi”33.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə