Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya


Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə33/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127
Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi. Til ham madaniyat, ham tabiat hodisasi sifatida mavjud. Shubhasiz, til madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lib, insoniyatning ijtimoiy tarixidagi eng muhim yutuqlardan biri sanaladi. Lekin boshqa tomondan tilning materiyasida insonning biologik tabiati namoyon bo‘ladi. Bu o‘rinda ko‘p narsa nutqiy faoliyatning fiziologik va psixofiziologik imkoniyatlari bilan aniqlangan. Masalan, dunyoning barcha tillarida unli va undoshlar hamda ko‘plab tovushlar almashinuvi zanjirining mavjudligi madaniyat bilan emas, tabiat bilan bog‘liqdir. Binobarin, inson faqat unlilar yoki undoshlarning o‘zi bilan nutq hosil qila olmaydi. Tabiat til strukturasining teran xususiyatlarini hamda matnni hosil qilish va uni qabul qilish qonuniyatlarini aniqlaydi. Madaniyat esa tilning mazmun jihatini aniqlaydi 35.
Insonning nutqiy faoliyati tug‘mami yoki keyin shakllanganmi? degan savol haligacha munozarali bo‘lib qolmoqda. Insonning nutq imkoniyatini psixofizio-logik mexanizm bilan ta’minlaydigan tug‘ma lisoniy qobiliyatga egaligini barcha e’tirof etgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, bu inson miya qobiliyatining dastlabki ontogenez yillaridagi birinchidan, muayyan til belgilari tizimini, ikkinchidan, matn tuzishda kerakli belgilarni tanlash qoidalarini o‘zlashtirishini ifodalaydi. Lisoniy qobiliyatni amalga oshirish atrofdagi muayyan til eagalari bilan muloqot qilish jarayonida yuz beradi. N. Xomskiyning ta’limotiga ko‘ra, lisoniy qobiliyatning tug‘ma komponenti juda sermazmun bo‘ladi, shuning uchun ontogenezda til o‘rganish “noldan” boshlanmaydi. Lisoniy qobiliyat ayrim tug‘ma va universal bilimlarni o‘z ichiga oladi, inson ular yordamida jumlalar hosil qiladi va tushunadi. Shunday qilib, N.Xomskiy til strukturasi va semantikaning botiniy xususiyatlarini tabiiy-genetik asosga tutashtiradi36.
“Til va madaniyat” masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, unga madaniyat tarixchisi, tilshunos, faylasuf, psixolog, etnograf va adabiyotshunos turlicha yondashadi. Biroq masalaning tilshunoslikka oid tomoni ikki jihatlidir, chunki til va madaniyat o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ikkita savol tug‘iladi: 1) turli madaniy jarayonlar tilga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 2) madaniyatga til qanday ta’sir qiladi?
Mashhur rus tilshunosi G.O.Vinokurning “tilni o‘rganayotgan har qanday tilshunos, albatta, tanlagan tili uning mahsuloti bo‘lgan o‘sha madaniyatning tadqiqotchisiga aylanadi”37 degan tezisi tilshunoslikning shakllanishidan boshlab tasdiqlanib kelmoqda.
I.Gerderning 1770-yilda yozilgan “Tilning kelib chiqishi haqida talqin” asarida inson faoliyatidagi to‘rt asosiy hodisa: til, madaniyat, jamiyat va milliy ruh bir-biri bilan bog‘lagan. Til o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra madaniyat bilan bog‘liq bo‘lib, u jamiyat bilan birga takomillashadi. Tilning madaniyat bilan organik bog‘liqligi uni milliy ruhning muhim tarkibiy qismiga aylantiradi38.
Til va madaniyatning o‘zaro munosabati V. fon Gumboldtning ta’limotida (1985) batafsil yoritilgan: 1) moddiy va ma’naviy madaniyat tilda mujassamlashadi. 2) har qanday madaniyat milliydir, uning milliy xarakteri tilda dunyoni o‘ziga xos ko‘rish vositasi bilan ifodalanadi. 3) tilga har bir xalq uchun o‘ziga xos bo‘lgan ichki shakl xosdir, tilning ichki shakli – “xalq ruhi” va uning madaniyatining ifodasi. 4) til inson va uning o‘rab olgan dunyo orasidagi halqa hisoblanad:
V. fon Gumboldtning qarashlari A. Potebnyaning “Tafakkur va til”, Sh. Balli, J.Vandriyez, I.A. Boduen de Kurtene, R.O.Yakobson va boshqa tadqiqotchilarning asarlarida o‘ziga xos talqin qilingan.
Tilshunoslarning hech biri “til va madaniyat” masalalari bilan amerikalik mashhur tilshunos va madaniyatshunos Edvard Sepirchalik (1884-1939) ko‘p va samarali shug‘ullanmagan deyish mumkin. E.Sepirning “Tilshunoslik va madaniyatshunoslik bo‘yicha tanlangan asarlari” (“Избранные труды по языкознанию и культурологии” M., 1993)da “til va madaniyat” masalalariga doir qator savollar quyidagicha yoritilgan.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə