Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə36/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   127
Geshtalt nemischa so‘z bo‘lib, u “obraz, tuzilma, yaxlit shakl” ma’nolarini anglatadi51. Ilmiy adabiyotlarda geshtaltga biror obyektni qismlar yig‘indisi sifatida emas, balki yaxlit holda idrok etish jarayoni deb ta’rif beriladi52.
Umuman, geshtalt yaxlit obraz hisoblanadi, ya’ni biron bir obyektni butunicha idrok qilinishi geshtalt, deb tushuniladi. Geshtalt-psixologiya idrokning yaxlitligiga asoslanadi: ayrim shakllarning alohida bo‘laklari o‘z ma’nosini butunning (geshtaltning) tarkibida topadi. Masalan, daraxt tushunchasi olinganda, daraxtni predmet sifatida idrok etuvchi shaxs uni qismlar yig‘indisi, ya’ni tana, ildiz, shoxlar va barglardan iborat o‘simlik sifatida emas, balki shu qismlarga bo‘linuvchi yaxlit jism – daraxt sifatida idrok qilishi muhim hisoblanadi. Yoki J. Lakoffning ta’biricha, janjal va urush ayni terminlar bilan tasvirlanadi, Demak, ular bir xil tasavvur qilinadi, ya’ni ular ayni geshtalt (yaxlit obraz – Sh.Usmanova) bilan bog‘lanadi53.
Geshtaltlar botiniy mazmundor bo‘lgan alohida til birliklaridir. Geshtaltlar tilda amalga oshishi bilan birga, insonning borliqni idrok qilishi asosini tashkil qiladi, bilish jarayonlarini yo‘naltiradi, motorli aktlarning o‘ziga xos xususiyatlarini va h.k. aniqlaydi.
Tilga nisbatan geshtaltlarning botiniyligi bir necha jihatlarda namoyon bo‘ladi. Chunonchi, tilning zohiriy sathida ayni geshtalt turli fikrlarni keltirib chiqarishi mumkin va bunda faqat maxsus izlanishlar orqaligina ularning birligini aniqlash mumkin54.
Shunday qilib, geshtaltlar konseptual bog‘lanishlar bo‘lib, ular inson psixikasining botiniga tegishli bo‘lgan va tabiiy tilning kategoriyalari doirasidan tashqarida yotgan universal tasavvurlar mohiyatidir.
Mavzu bo`yicha savollar

  1. Til va madaniyat bo`yicha fikr bildiring.

  2. Antropologiya tushunchasi va uning o`rganish;

2. Madaniy antropologiya va lingvokulturologiya;
3. Til va madaniyatning o‘zaro aloqasi ;
4.Olamning lisoniy manzarasi;
5. “Geshtalt” tushunchasi kabi masalalar haqida so`lang.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə