Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya


-MAVZU JAМIYATDA INSON, TIL VA MADANIYATNING O‘RNI



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə37/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127
6-MAVZU
JAМIYATDA INSON, TIL VA MADANIYATNING O‘RNI
Reja:
1. Inson – milliy mentallik va til egasi
2. Lisoniy shaxs
Tayanch so‘z va iboralar: inson, insonning tabiati, tashqi ko‘rinish, ichki dunyo, mentalitet, milliy mentallik, mental soha, til sohibi, millat jamoasi, nutqiy faoliyat, muloqot, semiotik faoliyat, “men va sen” munosabati, insonga munosabat, lisoniy shaxs, ichki mohiyat, shaxsning shakllanishi hayot falsafasi, madaniy-antropologik prototip, ijtimoiy axloq kodlash, dekodlash, darajali model, verbal-semantik daraja, kognitiv daraja, pragmatik daraja, muloqot paradigmasi.
Inson – milliy mentallik va til egasi. Мentalitet (nem. mentalität < lot. mens, mentis – aql, idrok) – jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, madaniy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlardagi aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati. Mentalitet – xalq mentalligini, uning aqliy va ruhiy quvvatining ichki tuzilishini va differensiatsiyasini aks ettiradigan kategoriya. Mentalitetlar turli masshtablardagi lingvomadaniy jamoalarning psixolingvo-intellektlarini namoyon qiladi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusmlari, urf-odatlari, diniy e'tiqod va irimlarini ham qamrab oladi.
Mentallik – milliy xarakterning intellektual, ma’naviy va iroda xususiyatlarini o‘zida birlashtiradigan, ona tili kategoriyalari va shakllaridagi dunyoqarashning ko‘rinishi. Mentallikning birligi mazkur madaniyatning konsepti hisoblanadi.
So‘nggi yillarda falsafa, madaniyatshunoslik, tilshunoslik va lingvokulturologiyada insonning tabiatini, tashqi ko‘rinishini, ichki dunyosini, mentaliteti va h.k.ni atroflicha o‘rganishga kirishilgani kuzatilmoqda. Lingvokulturologiyaning “maqsadi – til vositasida insonni qanday qilib ko‘proq o‘rganish mumkinligini ko‘rsatishdir”.
Lingvokulturologik nuqtayi nazardan “inson muayyan milliy mentallik va til sohibi, boshqa millat jamoalari vakillari bilan o‘zaro hamkorlik faoliyatining (xususan, nutqiy faoliyatda) ishtirokchisi sifatida tushuniladi”.
Zamonaviy fanlarni endi oddiy odam emas, balki shaxsiyat, ya’ni tafakkur va til sohibi, murakkab ichki dunyoga ega bo‘lgan, narsa va hodisalar dunyosiga va o‘ziga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘lgan aniq inson qiziqtiradi. U Yerda va Koinotda alohida mavqega ega, u har doim olam bilan, o‘z-o‘zi va o‘ziga o‘xshaganlar bilan muloqotga kirishadi. Xudoning suratiga ko‘ra va Unga o‘xshab yaratilgan inson emin-erkindir55.
Inson –o‘z tabiatiga ko‘ra ijtimoiy mohiyatdir, “insonda insoniylik uning jamiyat sharoitidagi, insoniyat tomonidan yaratilgan madaniyat sharoitidagi hayoti orqali shakllanadi” (A. A. Leontev).
Lingvokulturologiyani shunchaki inson emas, balki tildagi inson qiziqtiradi. Gap shundaki, til insonning yashirin bo‘lgan mental sohasiga kirishimizga yordam beruvchi yagona vosita sanaladi, binobarin, til dunyoni u yoki bu madaniyatga ajratadi. Til inson haqida shunday narsalarni gapiradiki, insonning o‘zi ham bu narsalarni bilmagan bo‘ladi.
I.A.Goncharov Y.N.Narishkinaga yozgan xatida: “Til nutq, so‘zlashuv bo‘lib qolmasdan, u insonning butun ichki kechinmalari: ongi, qalbining obrazi, tarbiya, aqliy va axloqiy jihatlarining ifodasidir”, deb ta’kidlagan edi.
“Falsafada til faqatgina falsafiy ta’limotlarning ifoda vositasi bo‘lib qolmasdan, u dunyoni va insonni bilish vositasi hamdir. Avval boshda Kalom bor edi va aynan u bilimlarning muhim manbasi, unda dunyo va inson haqidagi butun ma’lumotlar mavjud”56.
“Boshqaning” mavjudligini taqozo qiladigan semiotik faoliyat orqali anglashiladigan inson falsafiy fikrning asosiy maqsadiga aylangan. Mashhur yahudiy faylasufi M. Buber tadqiqotning yangi obyektini kashf qilgan: “Inson men va sen munosabatida yashaydi. Bu mohiyatan dialogik munosabat bo‘lib, unda “Sen”siz “Men” mavjud bo‘lmaydi (“Odam odam bilan tirik” – ta’kid bizniki Sh.Usmanova). Insonning yo‘li har doim boshqa inson hamrohligidagi yo‘l bo‘lib, u jamoat hayotining shartidir. Dunyoni biluvchi inson – bu inson bilan insondir. M. Buber insonning hayotga bo‘lgan munosabatining uch jihatini, ya’ni olamga, insonga, Xudoga bo‘lgan munosabatini ko‘rsatib bergan. Olamga munosabat san’atda, insonga munosabat sevgida, Xudoga munosabat diniy ro‘yirostlikda tugallanadi. Inson va boshqa inson o‘rtasidagi “men va sen” munosabati nutqda shakllangan dialogda ochiladi57.
Inson tarjimayi hol, xronika, solnoma, ta’ziyanoma, va’z, epistolyar janr kabi qator adabiy janrlarning asosiy tadqiqot obyekti hisoblanadi.
E. Benvenist til insonning tabiatini qamraydi, shuning uchun u sun’iy kashfiyot bo‘lolmasligini ta’kidlab, shunday yozadi: “Borliqda tilga ega bo‘lgan, boshqa inson bilan so‘zlashadigan inson mavjud, shuning uchun til insonning tavsifiga taalluqlidir... Aynan tilda va til tufayli inson subyekt sifatida gavdalanadi, faqat tilgina insonning mavjudligiga aniqlik kiritadi58.
N.V.Ufimseva va Yu.A. Sorokinlarning milliy mentallik va tilning o‘zaro aloqasi masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlari59 madaniyatshunoslikda katta qiziqish bilan kutib olingan. Mazkur tadqiqotlarda biron bir millat vakilining o‘ziga xos xususiyatlari boshqa millat vakillarining ko‘zi bilan psixolingvistik eksperiment asosida tahlil qilingan. Masalan, ruslar amerikalik va yaponlarning ko‘zi bilan tavsiflangan. Ruslar o‘zlari haqida quyidagi tavsiflarni berishgan: mehmondo‘st (5ta javob), ochiq chehrali (5ta javob), mehribon (4ta javob), samimiy (4ta javob), sabr-toqatli (4ta javob), saxiy (3ta javob), ko‘ngli ochiq (2ta javob), ishonuvchan (2ta javob), talantli (2ta javob), kashfiyotchi (2ta javob), hozirjavob (1ta javob), o‘qimishli (1ta javob), odobsiz (1ta javob), xayolchan (1ta javob), kitob ko‘rgan, o‘qigan (1ta javob), ikkiyuzlamachi (1ta javob), aqlli (1ta javob), og‘ir-bosiq (1ta javob), yovuz (1ta javob), (1ta javob), fikri tor (1ta javob), tushkunlikka tushgan (1ta javob), xushchaqchaq (1ta javob), charchagan (1ta javob), asabi tarang (1ta javob), g‘amgin (1ta javob), baxtsiz (1ta javob), xasis (1ta javob), dono (1ta javob), buyuk (1ta javob), dangasa (1ta javob), isyonkor (1ta javob).
Amerikaliklar ruslar haqida shunday tasavvurga ega: materialist (7ta javob), do‘stona (4ta javob), isrofgar (3ta javob), qattiq gapiradi (3ta javob), o‘yin-kulgini yaxshi ko‘radi (2ta javob), erkin (2ta javob), mag‘rur (2ta javob), individualist (2ta javob), o‘z ishiga sodiq (2ta javob), ko‘p ishlaydi (1ta javob), sobitqadam (1ta javob), tajovuzkor (1ta javob), xasis (1ta javob), yoqimsiz (1ta javob), takabbur (1ta javob), qo‘pol (1ta javob), dangasa (1ta javob), kashfiyotchi (1ta javob), mehribon (1ta javob), baxtli (1ta javob) va h.k. Ko‘rinadiki, ruslarni tavsiflovchi portretlar va avtoportretlarda ziddiyatlar bo‘lishiga qaramay, mualliflar undagi bir butunlikni ajratishgan60.
Til inson shaxsini belgilovchi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun tilning to‘satdan yangilanishi lisoniy shaxsga nisbatan zo‘ravonlik sanaladi: bunday vaziyatda inson o‘z-o‘zini anglash va o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning odatiy vositasidan mahrum bo‘ladi.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə