Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə39/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127
Mavzu bo`yicha savollar
1. Mentalitet tushunchasi va inson – milliy mentallik va til egasi haqida so`lang.
2. Lisoniy shaxs va lisoniq tushunchasi hamda uning xususiyatlari haqida malumot bering.


7-MAVZU
MADANIYAT VA UNING O‘RGANILISHI, JUMLADAN,
LINGVOKULTUROLOGIYANING YUZAGA KELISHI
Reja:
1. “Madaniyat” tushunchasi
2. Madaniyatshunoslikda madaniyatning o‘rganilishi
3. Madaniyat va inson
4. Madaniyat va tamaddun
Tayanch so‘z va iboralar: til, madaniyat, inson, jamiyat, badaviy turmush, sahroiy turmush, madaniy turmush, o‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya, ma’rifat, madaniyatli shaxs, qishloq xo‘jaligi, hurmatlash, ehtirom, artefaktlar dunyosi, faoliyat, tamaddun, madaniyatlilik.
Madaniyat” tushunchasi. Madaniyat lingvokulturologiyaning asosiy tushunchalaridan biridir. Shuning uchun madaniyatning ontologiyasini, uning semiotik va boshqa xususiyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Madaniyat - jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli ko‘rinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va ma’naviy boyliklarda ifodalanadi. “Madaniyat” tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat (o‘zbek madaniyati), shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining o‘ziga xos sohalari (masalan, mehnat madaniyati, badiiy madaniyat, turmush madaniyati)ni izohlash uchun qo‘llaniladi. Tor ma’noda “madaniyat” termini kishilarning faqat ma’naviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi.
“Madaniyat” arabcha madina (shahar) so‘zidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik – ko‘chmanchi holda dashtu sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik – shaharda o‘troq holda yashab, o‘ziga xos turmush tarziga ega bo‘lgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan65.
O’zbek tilida madaniyat so‘zi (arab. – sivilizatsiya) quyidagi ma’nolarda qo‘llaniladi: 1) jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida qo‘lga kiritgan yutuqlari; 2) biror ijtimoiy guruh, sinf yoki alqning ma’lum davrda qo‘lga kiritgan shunday yutuqlari; 3) o‘qimishlilik, ta’lim-tarbiya ko‘rganlik, ziyolilik, ma’rifat; 4) madaniyatli shaxs talablariga javob beruvchi sharoit; 5) qishloq xo‘jaligida (o‘simlik yoki ekinning turlarini) yetkazish, o‘stirish, yetishtirish 66.
Yevropada “madaniyat” deyilganda, dastlab insonning tabiatga ko‘rsatadigan maqsadga muvofiq ta’siri, shuningdek, insonga ta’lim-tarbiya berish tushunilgan (lot. cultura - yerni ishlash, parvarishlash; tarbiya, rivojlanish, hurmatlash, ehtirom; ruschadagi “kultura” so‘zi ham shundan olingan).
XVIII asrdan e’tiboran kultura so‘zi bilan insonning faoliyati, uning aniq bir maqsadga yo‘nalgan fikrlashi tufayli yuzaga kelgan barcha narsalar tushunila boshlangan. Biroq mazkur so‘z dastlab “insonni tabiatga ta’siri, inson manfaatlari yo‘lida tabiatni o‘zgartirish, ya’ni yerni ishlash” ma’nosida qo‘llanilgan. Kultura – ijtimoiy-gumanitar bilishning fundamental tushunchalaridan biri sanaladi. Mazkur so‘z XVIII asrning ikkinchi yarmi (“Ma’rifat asri”)dan boshlab ilmiy termin sifatida iste’molga kirgan67. Madaniyat faqat mavjud me’yor va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas, balki ularga rioya qilish istagini rag‘batlantirishni ham o‘z ichiga olgan.
Demak, madaniyat biyologik mahsulot emas, balki ijtimoiy mahsulotdir.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə