Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə42/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127
Madaniyat va tamaddun. “Sivilizatsiya” (lot. civilis – fuqaro) termini XVII asrda vujudga kelgan. O‘sha davrda madaniyatlilik (sivilizovannost) so‘zi vahshiylik, madaniyatsizlikning ziddi, madaniyatning sinonimi sifatida tushunilgan. XIX asrning oxiriga kelib, nemis ilmiy adabiyotida bu ikki termin farqlana boshlandi. Madaniyatlilik deganda, ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida jamiyatning moddiy va ijtimoiy ne’matlar majmuyiga ega bo‘lishi tushunila boshlandi. Madaniyatga esa sivilizatsiyaning ma’naviy tarkibi sifatida qaraldi.
Nemis faylasufi O. Shpengler madaniyat haqidagi ta’limotni rivojlantirib, har bir madaniyatning o‘limi bo‘lgan o‘z tamadduni mavjudligini qayd etadi. Tamaddun har qanday ijtimoiy-madaniy dunyo rivojlanishining oxirgi bosqichidir. Madaniyat shaxsning individual betakrorligi va har xilligidan kelib chiqib turli-tumanlik yaratadi, tamaddun esa bir xil qilishga, standartlashga harakat qiladi. Madaniyat saralangan, tamaddun demokratiyalashgandir. Madaniyat milliy, tamaddun xalqarodir.
Ingliz-amerika an’analarida tamaddun boshqacha tushuniladi. XX asrning taniqli tarixchisi A.Toynbi jamiyatning turli tiplarini, ya’ni har qanday alohida ijtimoiy-madaniy dunyoni tamaddun, deb ataydi. Zamonaviy amerikalik tadqiqotchi S.Xantington tamaddunni oliy toifadagi kishilar jamoasi sifatida izohlaydi. Olim 8 ta yirik: g‘arbiy, konfutsiylik, yapon, islom, hind, pravoslav-slavyan, lotin-amerika va afrika tamaddunini ko‘rsatib o‘tadi.
Rus tilida “sivilizatsiya” so‘zi fransuz va ingliz tillaridan farqli o‘laroq, 1767-1777-yillarda paydo bo‘lgan. N. A. Berdayevning fikricha, madaniyat (kultura) ruhga, tamaddun esa faqat metodlar va vositalarga egadir.
M. K. Mamardashvilining qarashicha, madaniyat faqat shaxsiy ma’naviy sa’y-harakatlar orqali qo‘lga kiritiladi, tamaddundan esa foydalaniladi. Madaniyat yangini yaratadi, tamaddun faqat ma’lum narsani tarqatadi.
Shunday qilib, madaniyatni ikki yo‘nalishda rivojlangan deyish mumkin: 1) insonning moddiy ehtiyojlarini qondirish – bu yo‘nalish tamaddunda rivojlanadi; 2) ma’naviy ehtiyojlarni qondirish, ya’ni madaniyat ramziy xususiyat kasb etadi.
Lingvokulturologiya uchun tamaddunga nisbatan madaniyat katta qiziqish uyg‘otadi. Binobarin, tamaddun moddiydir, madaniyat esa ramziydir.



Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə