Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya


Madaniy antropologiya va lingvokulturologiya



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə32/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   127
Madaniy antropologiya va lingvokulturologiya. Inson madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi masalasi bilan madaniy antropologiya shug‘ullanadi. Antropologiya nomidan ham ko‘rinib turganidek, inson haqidagi fandir. Biroq inson haqidagi fanlar qatoriga barcha gumanitar va ayrim tabiiy fanlar (tibbiyot va qisman biologiya) ham kiradi. Inson haqidagi fanlarning ko‘p bo‘lishi tabiiy, chunki, inson murakkab, ko‘pqirrali mohiyatdir. Shuningdek, mazkur fanlarning barchasi markazida inson bo‘lgan kishilik jamiyatida rivojlanadi.
Demak, inson haqidagi qator fanlar inson hayotining turli tomonlarini, uning fizik (biologiya, tibbiyot) va ma’naviy (psixologiya, falsafa, filologiya) mohiyatini, uning faoliyatini (iqtisod, sotsiologiya), uning shakllanishi va rivojlanishini (tarix) o‘rganadi. Mazkur fanlarning barchasi o‘rganish obyekti jihatidan bir-biri bilan chambarchas bog‘langan va ular bir butun “organizm”ni tashkil qiladi.
Antropologiya qayd qilingan inson haqidagi fanlardan ajralib turadi. U insonning boshqa jihatlarini birlashtirishga harakat qilib, uning fizik va madaniy rivojlanish jarayonini global va har tomonlama o‘rganadi.
Antropologiya fizik antropologiya va madaniy antropologiyaga ajraladi. Fizik antropologiya turli irqlarga mansub bo‘lgan insonning biologik kelib chiqishi va uning fizik tuzilishining evolyutsiyasini o‘rganadi. Madaniy antropologiya inson madaniyatining shakllanishi va rivojlanishini o‘rganadi.
Shunday qilib, madaniy antropologiya insoniyat madaniy rivojlanishining umumiy muammolarini o‘rganuvchi, o‘zida barcha gumanitar fanlar bilimlarini mujassamlashtiruvchi, insonni “Inson” qiluvchi va uni hayvonot dunyosidan ajratuvchi noyob jihatlarini tadqiq etuvchi favqulodda keng fundamental fan hisoblanadi. Binobarin, hayvonlarda muayyan xatti-harakatlar tizimi mavjud bo‘lsa-da, ularda madaniyat mavjud emas.
Madaniyat madaniy antropologiyaning predmeti sifatida millat, sinf, guruhlarning muayyan davrdagi hayot tarzini tarkib toptiradigan kishilik jamiyati faoliyatining natijalari yig‘indisidir.
Madaniy antropologiya madaniyat rivojining barcha qirralarini, xususan, insonning hayot tarzi, mentaliteti, milliy xarakteri, ma’naviy, ijtimoiy va ishlab chiqarish faoliyatini tadqiq etadi. Madaniy antropologiya insonning madaniyatni muloqot orqali rivojlantirishdek nodir qobiliyatini o‘rganadi, til va madaniyatning o‘zaro aloqasiga alohida e’tibor qaratadi.
So‘nngi yillarda til va madaniyat masalalarini lingvokulturologiya fani atroflicha o‘rganishga kirishdi. V. V. Vorobevning yozishicha, “bugungi kunda lingvokulturologiyani muayyan yo‘l bilan saralangan madaniy qadriyatlar majmuyini o‘rganadigan, nutqni yaratish va uni idrok qilishdagi jonli kommunikativ jarayonlarni, lisoniy shaxs tajribasini va milliy mentalitetni tadqiq etadigan, olam manzarasining lisoniy tasvirini tizimli ravishda beradigan, ta’limning bilim olish, tarbiyaviy va intellektual vazifalarining bajarilishini ta’minlaydigan yangi filologik fan sifatida qayd qilish mumkin. Demak, lingvokulturologiya madaniyat va tilning o‘zaro aloqasi va o‘zaro ta’sirini va bu jarayonni lisoniy va nolisoniy (madaniy) birliklarning bir butun strukturasi sifatida aks ettiradigan kompleks fandir”34.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə