Samarqand davlat universiteti lingvokulturologiya



Yüklə 4,15 Mb.
səhifə30/127
tarix19.12.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#150532
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   127
Madaniyatshunoslik (kulturologiya) insonni ijtimoiy va madaniy hayotidagi uning tabiat, jamiyat, tarix, san’at va boshqa sohalarga ko‘ra o‘zini o‘zi anglashini tadqiq etsa, tilshunoslik tilda olam lisoniy manzarasining mental modellar ko‘rinishida aks etadigan va qayd qilinadigan inson dunyoqarashini o‘rganadi. Lingvokulturologiyaning predmeti o‘zaro chambarchas aloqada, muloqotda bo‘lgan til va madaniyat sanaladi.
Lingvokulturologiya madaniyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada shakllangan til tadqiqining yangi sohasidir. Lingvokulturologiya madaniyat va tilning o‘zaro aloqasini, o‘zaro ta’sirini, tilda o‘z aksini topgan xalq madaniyatining ko‘rinishlarini tadqiq etadi.
Lingvokulturologiya etnolingvistika va sotsiolingvistika bilan chambarchas aloqadadir. Hatto V.N.Teliyaga ko‘ra, lingvokulturologiya etnolingvistikaning tarkibiy qismidir. Biroq lingvokulturologiya ham, etnolingvistika ham o‘z mohiyatiga ko‘ra alohida fanlardir.
Etnolingvistika yo‘nalishining ildizlari Yevropada V.Gumboldtdan boshlanib, Amerikada F.Boas, E.Sepir va B.Uorf; Rossiyada D.K.Zelenin, Ye.F.Karskiy, A.A.Shaxmatov, A.A.Potebnya, A.N.Afanasyev, A.I.Sobolevskiy va boshqalarlarning izlanishlariga borib taqaladi. V.A.Zveginsev etnolingvistikani tilning jamiyat ijtimoiy strukturasi yoki xalqning madaniyati, an’analari, urf-odatlari bilan aloqasini o‘rganadigan yo‘nalish sifatida tavsiflagan edi. Zamonaviy etnolingvistikaning markazida tilning leksik tizimidagi faqat muayyan moddiy va madaniy-tarixiy majmualar: madaniyat shakllari, urf-odatlar, udumlar bilan o‘zaro munosabatdagi elementlari bo‘ladi. Mazkur yo‘nalishni ikki alohida tarmoqqa ajratish mumkin: 1) etnik hududlarni tilga ko‘ra rekonstruksiya qilish (R.A. Ageyeva, S.B.Bernshteyn, V.V.Ivanov, T.V.Gamkrelidzye va h.k.ning tadqiqotlari); 2) xalqning moddiy va ma’naviy madaniyatini til ma’lumotlariga ko‘ra rekonstruksiya qilish (V.V. Ivanov, V.N.Toporov, T.V.Sivyan, T.M.Sudnik, N.I.Tolstoy va uning maktabi).
Kishilik madaniyati ayni ehtiyojni har xil yo‘llar vositasida qondirishga yo‘nalgan turli etnik madaniyatlar yig‘indisidan iboratdir. Etnik o‘ziga xosliklar, jumladan, turli vaziyatlarda kishilar qanday ishlashadi, qanday dam olishadi, qanday ovqatlanishadi, qanday gaplashishadi va h.k. har joyda namoyon bo‘ladi.
N.I.Tolstoyga ko‘ra, etnolingvistikaning maqsadi dunyo xalqlarining folklor manzarasi, stereotiplarini ochib berishdir.
Sotsiolingvistika tilshunoslikning tilni va uning mavjud bo‘lgan ijtimoiy sharoitlar bilan bog‘liqligini o‘rganadigan sohasidir. Ijtimoiy sharoitlar deganda, amaldagi til rivojlanayotgan tashqi shart-sharoitlar majmuyi: mazkur tildan foydalanayotgan kishilar jamiyati, bu jamiyatning ijtimoiy strukturasi, til egalarining yoshi, ijtimoiy mavqeyi, madaniyat va bilim darajasi, yashash joyi orasidagi farqlari, shuningdek, ularning muloqot vaziyatiga bog‘liq nutqiy muomalasidagi farqlar tushuniladi. Demak, sotsiolingvistika tilning jamiyat hayotidagi roli, uning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy funksiyalari, ijtimoiy omillarning tilga bo‘lgan ta’sir mexanizmi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadigan tilshunoslik sohasidir.
Lingvokulturologiyani lingvomamlakatshunoslikdan ham ajratish lozim. Lingvomamlakatshunoslik va lingvokulturologiya o‘rganish obyektlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Lingvomamlakatshunoslik tilda o‘z aksini topgan milliy realiyalarni o‘rganadi. Ye.M.Vereshchagin va V.G.Kostomarovlarga ko‘ra, milliy realiyalar muqobilsiz til birliklari bo‘lib, ular mazkur madaniyatga xos bo‘lgan hodisalarni ifodalaydi.
Lingvokulturologiya etnopsixolingvistika bilan ham chambarchas aloqada bo‘ladi. Etnopsixolingvistika nutqiy faoliyatda muayyan an’analar bilan bog‘liq muomala elementlarining qanday paydo bo‘lishini, turli til egalarining verbal va noverbal muloqotidagi farqlarni o‘rganadi; nutqiy etiket va “dunyoning rangli manzarasi”ni, turli xalqlardagi ikki tillilik va ko‘p tillilik hodisalarini tadqiq etadi. Etnopsixolingvistikaning asosiy tadqiqot metodi assotsiativ eksperiment bo‘lsa, lingvokulturologiya o‘rniga ko‘ra tilshunoslik va madaniyatshunoslikning turli metodlaridan foydalanadi.

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə