Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Buyuk Britaniya ta’lim tizimining xususiyatlari



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə107/121
tarix31.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#121155
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Buyuk Britaniya ta’lim tizimining xususiyatlari

  • Intizom .

  • Erta ixtisoslashtirish.

  • Ta’lim olishda mustaqillik va initsiativa. Asosiy e’tibor ilmiy tadqiqot ishlarni olib borishga va esselarni tayyorlashga qaratilgan.

  • Ijtimoiy va jamoatchilik tadbirlarda qatnashish.



Belgiya ta’lim tizimining o’ziga xos xususiyatlari



Ta’lim bosqichlari

Yosh

1

Maktabgacha ta`lim

2,5-6




2

Boshlang‘ich maktab

6-12




3

O‘rta maktab

12-16




4

O‘rta kasbiy maktab

16-18




5

Oliy maktab

18-23

Maktabgacha ta’lim
Belgiyada maktabgacha ta’lim (MT) 2,5 yoshdan boshlanadi. Ushbu belgilangan yoshga etganda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga berishadi, shu sababli guruhdagi bolalar soni yil davomida o‘zgarib boradi. Maktabgacha ta’lim guruhlarining asosiy maqsadi: bolalarning bilish, bilim orttirish (kognitiv), kommunikativ va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hisoblanadi. Mashg‘ulotlar o‘yin shaklida olib boriladi. Maktabgacha ta’lim majburiy ta’lim dasturiga kiritilmagan bo‘lsada, Belgiyada taxminan 90%gacha bo‘lgan bolalar unga qatnashadi. Ko‘p hollarda maktabgacha ta’lim muassasalari boshlang‘ich maktablarga uyg‘unlashgan bo‘ladi.
Bolalar 6 yoshga etganda boshlang‘ich maktabning birinchi sinfiga o‘qishga kiradi.
Maktab ta’limi davri 2 ta-boshlang‘ich va o‘rta maktab bosqichiga bo‘linadi. Boshlang‘ich maktab, o‘z navbatida, 3 ta va 2 ta sinfli bosqichdan iborat. Bu davrda bolalar arifmetika, o‘qish, yozish, musiqa, tarix va ba’zi boshqa fanlardan ta’lim olishadi. Darslar 8.30 da boshlanib, 15.30 gacha davom etadi. Soat 12.00 dan 13.00 gacha tushlik uchun tanaffus beriladi. Chorshanba kuni tushlikdan so‘ng, shanba va yakshanba kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.
Bryusseldagi flamand maktab dasturiga birinchi yoki ikkinchi sinfdan boshlab, fransuz tilini o‘qitish kiritilgan. Qolgan flamand maktablarining ko‘p qismida bu fan boshlang‘ich maktabning 3-bosqichida o‘rgatiladi. Mamlakatning fransuz tilida so‘zlashuvchi qismida o‘quvchining hohishiga ko‘ra ingliz yoki niderland tillari ham o‘rgatiladi. German tilida so‘zlashuvchi qismida fransuz tili majburiy tarzda o‘qitiladi. Shuningdek, Belgiyada, belgilangan ijtimoiy guruh (dengizchi va diplomatlar bolalari)ga yo‘naltirilgan qator xususiy maktablar ham faoliyat ko‘rsatadi.
O‘quvchilar boshlang’ich maktabni tugatib, xuddi shunday 3 ta 2 yillik bosqichdan iborat o‘rta maktabga o‘tadilar. Bu bosqichda o‘quvchilar fanlarni ma’lum guruhlar orasidan tanlashlari shart bo‘ladi va bu tanlov ma’lum darajada ularning dars jadvalini aniqlab berishga asos bo‘ladi. Dars jadvalidan bu tanlangan fanlardan tashqari hamma uchun majburiy fanlar ham joy olgan. Masalan, davlat tili va jismoniy tarbiya fanlari va hokazo.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə