Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Universitet tipidagi o‘quv yurtlar va oliy maktablar



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə110/121
tarix31.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#121155
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Universitet tipidagi o‘quv yurtlar va oliy maktablar
1970 yil 7 iyuldagi qonunga muvofiq oliy o‘quv yurtlar universitet tipidagi o‘quv yurtlar va Oliy maktablarga bo‘linadi. Aslini olganda 7 ta Belgiya universiteti faoliyat yuritadi: Lej davlat universiteti, Monse-Enodagi universitet, Gent davlat universiteti, Bryussel’ Erkin universitet (fransuz va alohida flamand tilida), Lyuven katolik universiteti (fransuz va alohida flamand tilida). Ular qatorida bir nechta xorijiy universitet bo‘limlari (Bryussel’ va Antverpenda), hamda universitetga tenglashtirilgan qator Belgiya oliy o‘quv yurtlari (odatda ular universitet fakul’teti, markaz, birlashma yoki jamg‘arma nomlariga ega) faoliyat yuritadi.
Oliy o‘quv yurtlarning bir qismi-yuqorida nomlari qayd etilgan hamjamiyatlar hukumatlari byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat, yoki «rasmiy» o‘quv yurtlari hisoblanadi. Boshqalari shaxsiy mablag‘lar hisobidan - xususiy, shaxs yoki tashkilotlar tomonidan ochilgan va ―mustaqil, ―erkin nomlariga ega bo‘lishgan. Ularning aksariyati Belgiyada, an’anaga ko‘ra, ta’limning barcha bosqichlarini, shu jumladan oliy ta’limni, tashkil etish va moliyalashtirishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan Rim katolik cherkovi rahbarligida ochilgan. Ba’zi mustaqil o‘quv yurtlar, xususan, katolik universitetlar hamjamiyatlar hukumatlari ko‘magidan foydalanishadi.
Bryusseldagi Erkin universitet - Niderland tilida o‘qitiladigan universitet hisoblanadi. Ushbu universitetlar nomlaridagi ―erkin‖ so‘zi ularning mustaqil o‘quv yurti ekanini bildiradi.
Ular erkin ilmiy tadqiqotlar prinsipiga bo‘ysinadi va shiorlari ham bir xil: ―Qorong‘ulikni ilm bilan engish. Bryussel’ Erkin universiteti yuqorida qayd etilganidek, 1834 yili tashkil topilgan va ta’lim faqatgina fransuz tilida, 1934 yildan boshlab golland tilida ham olib boriladi. 1970 yili esa Niderland tilida o‘qitiladigan fakul’tetlar Erkin universitetlariga ajratiladi. Shunday bo‘lsada har ikkala universitet o‘zaro hamkorlik dasturini amalga oshiradi. Fakul’tetlari:
h uquq va kriminologiya;
i qtisodiy, ijtimoiy va siyosiy fanlar;
p sixologiya va pedagogika;
t abiiy fanlar;
tibbiyot va dorishunoslik;
f ilosofiya va filologiya;
t exnik (muhandislik) fanlar;
j ismoniy tarbiya;
o‘qituvchilarni tayyorlash fanlararo guruh.
S huningdek, universitetga tenglashgan o‘quv yurtlar tarkibiga Qirolning harbiy maktabi ham kiradi. Universitet diplomi mavjudligi amaldagi qonunchilikka muvofiq ma’lum davlat mansab, lavozimlarini egallash va jamoat ahamiyatiga ega (advokat, vrach va boshqa) mutaxassisliklar bo‘yicha faoliyat yuritish uchun ruxsat olish uchun kerakdir. Alohida holatlarda Belgiya universitetlari chet elliklarga Belgiyada ishlash huquqiga ega bo‘lmagan diplom berishadi. Universitetda ta’lim olish eng kam muddati 4 yildir, lekin ba’zi mutaxassisliklar bo‘yicha undan ko‘p yil tahsil olishi mumkin.
Universitetdagi o‘qishlar ko‘p pog‘onalidir: universitetda ta’lim olishning har bir davri yoki sikli universitet ilmiy darajasini olish uchun quyidagi darajalarini olishi bilan tugatiladi:

Kurs

Davomiyligi

Daraja

Tayanch-bazaviy

2 yil

Kandidat ta’limning boshqa tizimida bakalavr diplomiga mos keladi



















Kandidat darajasi-2 yoki 3 yillik tayanch ta’lim olganidan keyin beriladi. Bu 1-sikl hisoblanadi (keyin esa ta’limning 2-sikli, ya’ni ixtisos (soha) bo‘yicha tayyorlash boshlanadi;
Litsensiat‖ - bakalavr darajasiga mos keladi, mutaxassisligi bo‘yicha 2 yoki 3 yillik qo‘shimcha ta’lim olishi va ilmiy ish yozganidan keyin beriladi.
Ba’zi fanlar bo‘yicha ko‘p muddatli o‘qishdan keyingina ushbu darajaga erishish mumkin.
Doktor-magistr darajasiga to‘g‘ri keladi, mazkur darajaga ―litsensiat‖ darajasini olgandan keyingina kamida yana 1 yil tahsil olib, dissertatsiyani yozib, albatta uni yoqlash talab etiladi.
Oliy ta’lim agrejesi- ushbu ierarxiya (ketma-ketlik)ning oliy darajasi hisoblanadi va u doktorlik darajasini olib, 2 yil muddat o‘tishidan keyingina berilishi mumkin.
Universitetlarda, shuningdek universitetdan keyingi ta’lim yoki, odatda, davomiyligi 2-3 yil bo‘lgan ―3-chi sikl (bosqich) ta’limi bordir. Mazkur ta’lim turininig maqsadi insonlarga ko‘shimcha ta’lim yoki daraja olish uchun imkoniyat yaratish hisoblanadi. Ba’zi fanlardan universitet darajasiga ega bo‘lish uchun kechki yoki dam olish kunlari kurslari tashkil etilishi orqali yoshi katta bo‘lgan kishilarga imkoniyat yaratiladi. Ba’zi universitetlarda ta’limning ―almashib kelish‖i, ya’ni ta’lim olish jarayoni ishlab chiqarishdagi amaliyot bilan almashib keladi va ―tanaffusli ta’lim‖ kabi shakllari mavjud. Belgiya oliy maktab tizimi uchun ta’lim jarayoni bilan zamonaviy fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy tadqiqotlarning bog‘liqligi an’ana bo‘lib qolgan. Ilm, fanni rivojlantirish uchun universitetlarning byudjetidan 40% gacha bo‘lgan miqdordagi mablag‘ ajratiladi. Ilmiy tadqiqotlarning moliyalashtirilishi vazirlik, sanoat va qishloq xo‘jaligida ilmiy- tadqiqotlarga ko‘mak Instituti yo‘nalishlari bo‘yicha davlat mablag‘lari, ilmiy tadqiqotlar Milliy jamg‘armasi, shuningdek turli xil kompaniya, jamg‘arma va assotsiatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha xususiy (shaxsiy) manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
1995 yil 8 avgustdagi ―Oliy maktablarda ta’limni tashkil etish to‘g‘risida‖gi Dekret ―uzun va ―qisqa tipdagi ta’limni belgilab berdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, oliy o‘quv yurti nomidagi ―institut‖ yoki ―universitet so‘zlari mazkur o‘quv yurti o‘z bitiruvchilariga oliy ma’lumot beradi degani emas. Qisqa muddatli ta’lim 3 yillik (ba’zi hollarda san’at va tibbiyot sohalari bo‘yicha 4 yil) muddatli bir sikldan iborat bo‘ladi. Nazariy qismini o‘qitish navbatma-navbat laboratoriya, ustaxonalardagi amaliy mashg‘ulotlar bilan birgalikda olib boriladi.
Ko‘pincha fermer, buxgalteriya, hamshira, maktab o‘qituvchisi, mexanik, kutubxonachi, fotograf, kotiba kabi mutaxassisliklarga o‘qitish ta’limning 1-yilidan boshlanadi.
Uzoq muddatli oliy ta’lim har biri davomiyligi 2 yildan iborat 2 sikldan iborat. Belgiya oliy o‘quv yurtlari tomonidan berilgan barcha diplomlar Yevropa Ittifoqi davlatlari, shuningdek Islandiya, Norvegiya, Tursiya va Mal’ta mamlakatlarida e’tirof etiladi.
Birinchi bosqich Gradue diplom berilishi bilan yakunlanadi. Ikkinchi pog‘ona tahsilidan keyin Licencie diplomi beriladi. Institut va universitetlarning ikkinchi pog‘ona bitiruvchilari uchun yagona bo‘lib, umumiy hisoblangan uchinchi pog‘onadan keyin bitiruvchiga (Ingeneurdiplome) diplomli muhandis darajasi beriladi. Aslida, oliy ta’lim sektorlari oralig‘idagi chegaralar o‘zgalar uchun yopiq emas hamda talabalar navbatdagi ta’lim bosqichini o‘z mutaxassisligiga mos keladigan hohlagan oliy o‘quv yurtida davom ettirishi mumkin.
Oliy o‘quv yurtiga kirish imtixonlari mavjud emas: tahsil olish uchun yozilish tizimi mavjuddir. Ba’zi Oliy o‘quv yurtlarida kelajak talabalari uchun qo‘shimcha ravishda test sinovlarini o‘tkazishadi.



Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə