Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi


Ta’limdagi ustuvor yo‘nalishlar va moddiy-texnik ta’minot



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə112/121
tarix31.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#121155
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Ta’limdagi ustuvor yo‘nalishlar va moddiy-texnik ta’minot
Isroil davlatida texnologik (kasb-hunar) ta’limga juda katta etibor qaratilgan va turli -tuman ko‘rinishdagi o‘quv muassasalarida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga texnologik maktablar, kollejlar, pedagogik markazlar va boshqalar kiradi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish yoki firmalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mutaxassislik yo‘nalishlariga ega. Masalan: elektronika, kompyuter, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, kimyo, grajdan dengiz floti va boshqalar.
Ta’lim muassasalarining barcha turlari moddiy texnik bazasi, kompyuter bilan jihozlanganligi juda yuqori darajada. Barcha kompyuterlar Internetga ulangan. O‘quv jarayonida Internetdan keng foydalaniladi. Bundan tashqari Tel-Aviv universiteti bilan bir qator texnologik maktablar sputnik kanali orqali amalga oshiriladigan va online-bevosita muloqat rejimida ishlaydigan masofadan o‘qitish tizimiga ulangan.
Ta’lim tizimida o‘quvchiga juda ko‘p bilim berilmaydi, lekin o‘quvchilar, xatto bog‘cha bolasi ham, mustaqil ravishda fan mavzuga bog‘langan holda proektlar yozadi yoki tayyorlaydi va himoya qiladi. Isroil davlati pedagogikasi ta’limning barcha bosqichlarida o‘quvchiga mustaqil ishlashni o‘rgatishga qaratilgan va «Bilim olishga o‘rgatish uchun o‘qitiladi» degan shior bilan ta’lim beriladi.
Hozir Isroil davlatida joriy qilinayotgan ta’lim texnologiyasi ko‘ra sinflarda o‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasiga qarab tabaqalarga ajratib o‘qitiladi. Ta’lim barcha fanlar bo‘yicha hayot va tabiat bilan bog‘lagan holda olib boriladi. Fanlarning uzviy bog‘lanishi doimo ko‘zga tashlanib turdi.
Oliy ta’lim tizimi uch bosqichli:
1.Bakalavriatura - 4 yil,

2.

Magistratura

- 2 yil,

3.

Doktorantura

- 3 yil.

Bakalavr va magistr uchun o‘qish Isroilda, doktorantura asosan Yevropa va AQSH da amalga oshiriladi. Isroil davlatida malaka oshirishga asosan ikki guruh omillar ta’sir qiladi:
1.Ijtimoiy-madaniy omillar:

  1. jamiyatni ko‘p madaniyatliligi (turli davlatlardan kelgan repatriantlar o‘ziga xos madaniyatga ega);

  2. turli din vakillarining yirik qatlamlarining borligi (iudeylar, musulmonlar, xristianlar va ularning turli oqimlari);

turli yillardagi repatriantlarning katta oqimi (50-, 70-, va 90- yillar).
2. Pedagogik omillar:
a) texnologik ta’limga o‘tish;
b)o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishiga yo‘naltirilgan ta’lim (ayniqsa o‘rta va texnologik ta’limda);
v)o‘quv yurtlarini kompyuterlashtirish davlat dasturi va uning juda yuqori suratlarda amalga oshirilishi;
g) mutaxassislarni tayyorlashdagi ko‘p bosqichlilik.
Ushbu faktorlar malaka oshirishning mazmunini tashkil etadi va uning samaradorligini, malaka oshirish kelajagini aniqlashda hisobga olinadi. Bu dastur Vazirlik va munitsipialitetlar darajasida boshqariladi.
Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi.
Deklan Bern "blended learning" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi – ―ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan‖. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv talabani charchatmaydi va o‘qishga bo‘lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala - tanlangan uslubiyotlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi.
Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim va masofaviy ta’limning unsurlari kombinatsiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blended learning masofaviy ta’lim (Distance learning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-Fake learning) va internet orqali ta’lim (Onlin learning)dan iborat.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə