Samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafedrasi



Yüklə 1,93 Mb.
səhifə111/121
tarix31.08.2023
ölçüsü1,93 Mb.
#121155
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121
33bbee7ab93cd528deeb95ed0bec1dd8 UMUMIY PEDAGOGIKA (1)

Nazorat uchun savollar

  1. Angliya ta`lim tizimining xususityalari.

  2. Boshlang’ish va o’rta ta`lim, ularning mazmuni.

  3. Angliyada oliy ta`lim va ilmiy faoliyat.

  4. Anglayada ta`limining muammolari va rejalari.

  5. Belgiyada maktabgacha ta’lim

  6. Belgiyada oliy ta’lim



17-mavzu. Jahon mamlakatlari ta’limi taraqqiyotining ayrim masalalari
Reja:
1.Rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xosliklari.
2.Zamonaviy ta’lim va innovasion texnologiyalar sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalar: blended learning (aralash o‘qitish), mahorat darslari, vebinar, evristik metodlar va boshq. Zamonaviy ta’limda tyutor, supervizor, fasilitator, edvayzer va moderatorlik faoliyati.

Tayanch iboralar: blended learning (aralash o‘qitish), mahorat darslari, vebinar dars, evristik metodlar, tyutor, supervizor, fasilitator, edvayzer, moderatorlik faoliyati, trimestr, ―xanlar‖, dzyuku maktablari, gakuenlar, tanki-daygaku, kenkyu-sey, elementar ta’lim, yo‘nalish maktablari, asosiy maktab, real maktab, gimnaziya, umumiy maktab, fond stipendiyalari, Maks Plank jamiyati, Gelmgols jamiyati, Fraungofer jamiyati, Leybnits jamiyati, kasbiy akademiya, xagvonlar, ―fuqarolik maktabi, xangil, xancha, susen-standart testlari, chesusenlar, flamand maktab dasturi, subsidiya, ―ona maktab, differensial ta’lim, integrativ ta’lim, masofaviy ta’lim.
O‘zbekiston jahon andozalariga mos keladigan ko‘p bosqichli ta’lim tizimiga o‘tmoqda. Ta’lim texnologiyalari jahon andozalariga mos keladimi, ilg‘or tajribalar ta’lim texnologiyalariga kirib bormoqdami? - degan savol hammamiz uchun o‘ta muhimdir.
Biz foydalanadigan ta’lim texnologiyalari shaxsni rivojlanishiga, mustaqil ishlashga o‘rgatishi zarur. Chet el tajribalarini o‘rganib, ularni sharoitimizga moslab tatbiq qilish kerak. Bu borada bir qator chet el tajribalari, xususan Isroil davlati tajribalari bilan tanishish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Isroil davlatida ta’lim 5 yoshdan 18 yoshgacha davlat byudjeti hisobiga amalga oshirilib, uch bosqichdan iborat (maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi):
a).boshlang‘ich ta’lim (1-4 sinflar),
b).o‘rta ta’lim (5-9 sinflar),
Bu bosqichlar yakunida butun Isroil bo‘yicha bir kunda bitirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Natijalari asosida o‘quvchilar o‘zi tanlagan maktab yoki texnologik maktablarda o‘qishni davom ettiradi.
v) texnologik ta’lim (10-12 sinflar).
O‘quvchilar bu bosqichda kasbiy bilim oladilar va universitetlarga kirish huquqini beruvchi attestat uchun imtihon topshirib borishadi. (Attestatga imtihon topshirish juda murakkab jarayondir.) Har yili 12-sinfni tugatgan o‘quvchilarning o‘rtacha 20-40 % attestat oladilar.
Shundan keyingi barcha toifadagi ta’lim xizmatlari pullik.
O‘n sakiz yoshga kirgan o‘g‘il - qizlar majburiy armiya xizmatiga chaqiriladi.
Armiya xizmatidan keyin attestati borlarning deyarli hammasi universitetga o‘qishga kiradi. Attestat olmaganlar texnologik maktablarda o‘qishni davom ettirishi yoki olgan kasbi bo‘yicha ishlashi mumkin.
Attestati yo‘qlar texnologik maktablarning 13-14 sinflarida o‘qiydi, lekin istagan sinfdan so‘ng kichik texnik, texnik hujjati bilan o‘qishni yakunlashi mumkin. 15-16 sinflarda o‘qishni davom ettirganlar kichik injener (15-sinf) va bakalavr (16-sinf) diplomiga ega bo‘ladi. Bunday sinflarga ega bo‘lgan texnologik maktablar Isroil yoki chet el univesitetlari bilan shartnomaga ega bo‘lib, shu universitetlarning diplomlarini berishadi.

Yüklə 1,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə