Samarqand davlat universiteti raqamli texnologiyalar fakulteti optimal boshqaruv usullari kafedrasi


Toʼgarak tashkil etuvchining kamchiliklarini tahlili



Yüklə 2,57 Mb.
səhifə12/61
tarix27.06.2022
ölçüsü2,57 Mb.
#90164
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61
2 5339481197535828357

Toʼgarak tashkil etuvchining kamchiliklarini tahlili

To’garak mashg’ulotlari tahlili. To’garak mashg’uloti tahlili pedagogik faoliyatni o’rganish va tekshirish pedagog ishining ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur o’rganishga asoslangan yordamdir. Bir mashg’ulot “yaxshi yoki yomon” pedagog ishidan xulosa chiqarish mumkin bo’lmasligini bilishi kerak.
Har safar tahlildan so’ng tekshiruvchi to’garak rahbari bilan suhbat o’tkazadi, to’garak mashg’ulotini batafsil va asoslangan tahlilini tinglaydi, o’z mulohazalarini aytadi, maslahatlar va ko’rsatmalar beradi, to’garak rahbari bilan birgalikda ta’limtarbiyaviy jarayonni yanada yaxshilash yo’llarini belgilaydi.
Kuzatilgan to’garak mashg’uloti bo’yicha xulosa va takliflar aniq bo’lishi kerak. Tashkiliy-ma’muriy xarakterdagi mayda mulohazalar to’garak rahbarining o’ziga og’zaki aytilgani ma’qul. Nazoratning natijalarini ko’rib chiqib, dastavval to’garak mashg’ulotining ijobiy tomonlarini baholashdan boshlash, so’ngra to’garak mashg’ulotini o’tkazishdagi kamchiliklarni, to’garak a’zolarining bilimko’nikmalaridagi kamchiliklarni tahlil qilishga o’tish maqsadga muvofiqdir. Ayni bir vaqtda to’garak rahbariga kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha tavsiyalar beriladi.
Bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
 frontal tekshirish natijalarini ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari to’garak a’zolarini o’qitish va tarbiyalashdagi eng yaxshi tajribadan foydalanishlari uchun uslubiy kengashlarda muhokama qilish;
 to’garak a’zolari yo’l qo’yadigan odatiy xatolarni o’rganish asosida pedagogik muammoning bu muhim tomoni yuzasidan tadqiqot ishlarini olib borish.
To’garak rahbarlari mashg’ulotini kuzatish va uni tahlil qilishni maxsus daftarga yozgan holda hujjatlashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Mazkur daftarga kuzatilgan mashg’ulotni quyidagi pedagogik talablar asosida yozib borish mumkin.
1. To’garak mashg’ulotini o’tuvchi to’garak rahbari va to’garak mashg’uloti xonasi haqida umumiy ma’lumotlar:
-shu kungi sana va yil;
-to’garak rahbarining ismi va sharifi;
-uning ma’lumoti, pedagogik staji va unvoni;
-to’garak mashg’uloti nomi;
-to’garak mashg’uloti mavzusi;
-o’quv xonalarining ta’lim muassasasi gigienasi talablariga to’liq javob berish holati.
2. To’garak rahbarining mashg’ulotga tayyorgarlik holati:
-to’garak rahbarining kundalik mashg’ulot rejasi va bayoni (uning maqsadga muvofiq yoki nomuvofiq tuzilganligi);
-o’zi ishlagan va to’garak mashg’ulotiga olib kirish uchun tanlagan ko’rgazmali qurollari (diagramma, tablitsa, rasm, turli kollektsiya hamda gerbariy kabilar);
-to’garak mashg’uloti davomida kuzatish uchun tanlangan o’quv filmlar yoki diafilmlar (ularning maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi);
-mazkur to’garak mashg’ulotiga tayyorgarlik davrida to’garak rahbari tomonidan foydalanilgan ilmiy-metodik va umumiy pedagogik adabiyotlar ro’yxati.
To’garak mashg’ulotlari tahlili uchun alohida daftar ajratilmaganda quyidagi holatda to’garak mashg’ulotlari tahlili blankasidan foydalanish mumkin.
Talabani o'yin jarayoniga tortilishi, o'yin jarayonida yuz bera­digan vaziyat, emotsional hayajon, qavg'urish ularni ijodiy faoli- yatini oshiruvchi kuchli stimulator rolini o'ynaydi. Talabalarda predmetni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish ortadi.

O'yinlardan foydalanib dars o'tish turli maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan.


O‘yinning didaktik maqsadi. Talabalarni bilimlarni o'rganish, tushunish, amaliyotda olgan bilim, malaka, ko'nikmalarini qo'llash, ularni rivojlantirish, mehnat ko'nikmalarini kengaytirishga qaratil­gan.
O‘yinning tarbiyaviy maqsadi. Mustaqillikni, irodani tarbiya- lash, ma’naviy, estetik dunyoqarashni shakllantirish, jamoaga kirishib keta olish -kommunikabellikni tarbiyalash.
Modellashtiruvchi o'yinlar: shartli ravishda imitatsion, amaliy, rol ijrosiga asoslangan o'yinlarga bo'linadi.
Imitatsion o'yinlarda biron bir tashkilot, muassasa, korxona faoliyati andoza qilinadi. Voqyealar kishilarning biror faoli- yati(biznes rejasini muhokama qilish, ish majlislari) andoza qilib olinishi mumkin.
Amaliy(operatsion) o'yinlar. Bunday o'yinlarda aniq o'ziga xos voqyea-hodisa, faoliyat, operatsiyaning bajarilishi mashq qilinadi. Amaliy o'yinlar ish jarayoniga xos ravishda modellashtiriladi.
Rol ijro etish o'yinlari. Unda aniq shaxsning xulqi, xatti- harakati va majburiyatlarining bajarilish taktikasi mashq qilinadi.
Rol o'yinlari o'quvchi-talabalarning shaxsiga katta ta’sir ko'rsatadi. Bu o'yinlarda o'yinda qatnashuvchilarning o'zi muam- molarni o'ylab topishadi, ular faoliyati va qaror qabul qilishi cheklanmaydi. Ularning o'zi maqsad qo'yib, uni amalga oshirish uchun o'yin qoidasi doirasida turli vositalardan foydalanishadi.
O‘yindagi vaziyat o'yin ishtirokchilari tomonidan alohida pedogogik usul sharoitida emas, balki kundalik real hayotiy vaziyatni davomi kabi qabul qilinadi.
Rolli o'yinlar — bu yoshlami tarbiyalash va bo‘sh vaqtini o'tkazishni tashkil qilishning shakli ham. Bu o'yinlar o'rganish, tarbiyalash, dam olishda qo'llaniladi va ular katta pedagogik poten- sialga ega. O'yinlar o'quv jarayonida o'qitish, o'rganish metodi. Uni turli darajada va maqsadlarda qo'llash mumkin.
Barcha talabalarni darsga qiziqib, faol qatnashishlarini ta’minlashda -modellashtiruvchi o'yin metodining oldiga tushadigani yo'q.

Yüklə 2,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə