Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Oldingi va keyingi oyoq bog’imlarini tuzilishi mavzusidagi laboratoriya



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə19/92
tarix30.03.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#103751
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Hayvonlar anatomiyasi

Oldingi va keyingi oyoq bog’imlarini tuzilishi mavzusidagi laboratoriya
darsining (2 soat)

PASPORTI


Darsning maqsadi:
1. Bo’g’imlarning umumiy anatomik tuzilishi bilan tanishish;
2. Oldingi va keyingi oyoq suyaklarining birikishi natijasida hosil bo’ladigan bo’g’imlarni aniqlash;
3. Oldingi va keyingi oyoq bo’g’imlarining harakat xillarini o’rganish;
4. Oldingi va keyingi oyoq bo’g’imlarini hosil bo’lishida yordamlashuvchi paylarni o’rganish.
Ko’rgazmali asbob-uskunalar va jihozlar: bir tuyoqli hayvonlar, qoramol, qo’y, cho’chqalarning skeleti, oldingi va keyingi oyoq suyaklarining alohida preparatlari, tirik hayvon, rasm, ishlanmalar, slaydlar.
Mashg’ulotning o’tkazilish tartibi:
1. Bo’g’imlarni hosil bo’lishida ishtirok etadigan organlarni o’rganish.
2. Oldingi oyoqning bo’g’imlarini hosil bo’lishi va anatomik tuzilishini o’rganish.
3. Keyingi oyoq bo’g’imlarini hosil bo’lishi va anatomik tuzilishini o’rganish.
4. Oldingi va keyingi oyoq bo’g’imlari topografiyasini hayvon skeletida va tirik hayvonda o’rganish.
5.Oldingi va keyingi oyoq bo’g’imlarini rasmlarini chizib, lotin tilidagi nomlanishini yozib chiqish.


Adabiyotlar:

  1. Dilmurodov N.B. «Hayvonlar anatomiyasi» fanidan amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. Toshkent, 2014.

  2. Victoria Aspinall. Veterinary anatomy and Physiology. Textbook. New-York, 2015.

  3. H.E.Konig, H.G.Liebich. Veterinary Anatomy of Domestic Mammals. Textbook and Colour Atlas. New-York, 2007.

  4. Юдичев Ю.Ф. и др. «Анатомия домашних животных». Омск, 2003.

5.www. Ziyo.net.uz.
6.email: zooveterinariya@ mail.ru

Tuzuvchilar:
Dosent N.B.Dilmurodov
Katta o’qituvchi G’.X.Eshmatov
Assistent G.Sh. Raxmanova

Mavzu: Oldingi va keyingi oyoq bo’g’imlarini tuzilishi

Darsning mazmuni: Oldingi oyoq bo’g’imlari. Elka bo’g’imiarticulatio Humeri s. brachii – oddiy ko’p o’qli bo’g’im bo’lib, kurak va elka suyagini birikishidan hosil bo’ladi. Unda bo’g’im kapsulasi – capsula articularis mavjud. Tirsak bo’g’imiart. Cubiti – oddiy bir o’qli bo’g’im bo’lib, elka va bilak - tirsak suyaklarini birikishidan hosil bo’lgan. Unda bo’g’im kapsulasi - capsula articularis, lateral va medial kollateral paylar - lig. collaterale laterale et mediale mavjud.
1 -kapsula, 2-yon tomon payi, 3-suyaklar aro ko’ndalang pay, a-yelka suyagi, b-tirsak o’simtasi, s-tirsak suyagi, d-bilak suyagi.

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə